If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 1: Odam anatomiyasi va fiziologiyasi

900 possible mastery points

Boʻlim haqida

Inson tanasidagi asosiy aʼzolar tizimi bilan tanishing! Siz umumiy anatomiyani (tana tuzilishi), bilak suyagi yelka suyagiga qanday birikkanligi va turli aʼzolar sizning hayot faoliyatingizni taʼminlash uchun qanday qilib birgalikda ishlashini bilib olasiz. Bir qancha videolarni tomosha qiling, baʼzi maqolalarni oʻqing, flesh-kartalarni sinab koʻring va oʻz bilimingizni sinovdan oʻtkazing!

Aʼzolar ichida faqatgina yurak muhabbatning ramziy belgisi hisoblanadi. Buning sababi, yurak bir daqiqada ~ 5 litr (1,3 gallon) qonni tomirlar orqali 100 000 kilometr (62 000 chaqirim) masofaga haydab, bizning yashashimizga yordam beradi! U buni har kuni, butun kun davomida, bir daqiqaga ham tinim olmasdan bajarishi kerak! Mana bu haqiqiy sadoqat. Yurak qanday ishlashi, qon yurakdan qanday oqib oʻtishi, qon yurakni tark etgandan keyin qayerga borishi va “Lub Dub” ovozini chiqarganda sizning yuragingiz nima qilayotgani haqida bilib oling.

Oʻrganish

  • Ushbu darsda video yoki maqola yoʻq

Mashq qiling

Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Oʻng oʻpkangiz chapdagisidan kattaroq ekanini bilasizmi? Chunki yuragingizning aksariyat qismi tananing chap tomonida joylashadi, shuning uchun chap oʻpkamiz biroz kichikroq boʻladi. Oʻpkalar kislorodni qabul qilib, karbonat angidridni ajratish orqali nafas olishga yordam beradi. Odamlar murakkab nafas olish tizimiga ega boʻlib, undagi alveolalar deb ataluvchi yuz millionlab mayda havo qopchalarida barcha moʻjizaviy jarayonlar sodir boʻladi. Ushbu videolar sizni oʻpkangiz bilan tanishtiradi va u qanday qilib sizga hayot bagʻishlayotganini tushuntirib beradi.

Mashq qiling

Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Agar siz buyrak tizimi haqida koʻproq bilishni istasangiz, unda hojatxona odobiga rioya qiling! (Shoshmang, buyraklar siydik hosil qilishdan koʻra koʻproq vazifa bajaradi). Har oʻttiz daqiqada buyraklar butun tanadagi foydalanilgan qonni filtrlaydi. Begona suvoʻtlar bilan toʻldirilgan iflos hovuzni tasavvur qiling. Ushbu hovuzga begona suvoʻtlardan xoli boʻlish uchun filtr joylashtiramiz va birmuncha vaqt oʻtgach siz toza va shaffof koʻk hovuzdan zavqlanasiz. Hovuzdagi filtr singari buyraklar qonni filtrlaydi va zaharli chiqindilarni ajratib beradi. Ushbu juft aʼzo tanadagi elektrolitlar va suv gomeostazini saqlashning kalitidir.
Arteriyalar, venalar, kapillyarlar va venulalardagi qonning taxminiy hajmi 5 litr. U butun tana boʻylab hujayralarning nafas olishi uchun kerak boʻlgan kislorodni tashishdan tashqari lipidlar va gormonlarni ham tashiydi. Qon yoʻqotish holatlarida, masalan, shikastlanishlarda shifokor qon guruhlariga eʼtiborliroq boʻlishi kerak. Gematologik tizimning nozik tomonlarini bu yerda koʻrib chiqamiz.
Siz hayotingizda hech boʻlmaganda bir marta boʻlsa ham isitma yoki tumovni boshdan kechirgandirsiz (agar siz kapsula ichida yashamasangiz, bu holda siz koʻp tashqariga chiqqan boʻlishingiz kerak!). Tanamiz nima uchun bunday javob qaytarishini oʻylab koʻrganmisiz? Tanamizda bakteriyalar va viruslardan tortib sodda jonivorlar va zamburugʻlargacha boʻlgan barcha mikroblarga qarshi nobud qila oluvchi qurollar mavjud. Organizmimizda maxsus hujayralar mavjud boʻlib, ular yot moddalarni yutish, parchalash va suvsizlantirish kabi mexanizmlar yordamida halok qiladi. Siz tanangiz armiyasidagi askarlarning oʻzaro qanday aloqa qilishi va ular qanday qilib salomatligingizni saqlashi bilan tanishasiz!
Siz ovqatlanish uchun yashaysizmi yoki yashash uchun ovqatlanasizmi? Insonlar bu savolning ikkalasiga ham mos tushadi, ammo oziq-ovqat va suvning hayotimizdagi rolini hech kim rad eta olmaydi. Agar biz mashina boʻlganimizda edi, benzin oziq-ovqat va suv hisoblanardi. Ovqatlanish tufayli biz harakatlanamiz, kulamiz, oʻynaymiz va oʻrganamiz. Oziq-ovqatdan energiya olishimiz uchun u yutish, parchalash va soʻrilish kabi jarayonlardan oʻtishi kerak. Bu jarayonning amalga oshishi uchun bizga bir juft muhim aʼzolar (jigar, oshqozon osti bezi), soʻngida chiqindi mahsulot tashqariga chiqib ketishi uchun bitta uzun (juda uzun!) nay kerak boʻladi. Mavzuni boshlashimizdan oldin biroz tamaddi qilib oling.
Neyronlar bir-biriga maʼlumotlarni elektrokimyoviy signallar orqali yuboradi. Neyronlar bizga insho yozishga imkon beruvchi motoneyronlar, momiq itni sezish imkonini beradigan sezgi nervlari va ushbu modelni eslab qolishimizga imkon beruvchi miyani tashkil etadi. Neyronlarning ishlashida astrositlar, mikrogliya va ependimal kabi yordamchi hujayralar koʻmaklashadi. Nerv tizimining optimal ishlashini taʼminlovchi neyronlar bilan yordamchi hujayralarning tuzilishi va vazifasi bilan tanishib borar ekansiz, ularning murakkab va mukammalligini tushunib yetasiz.
Mushaklar uzluksiz ishlaydi. Misol tariqasida har nafas olinganda koʻkrak qafasida manfiy bosim hosil qilib, oʻpkaga havo kirishiga imkon beruvchi diafragma muskuli qisqaradi. Qanday qilib ayrim ogʻir atletlar 325 kg yukni hech qanday qiyinchiliksiz koʻtara oladi? Qiziqarli maʼlumot: odam tanasidagi eng katta mushak – gluteus maximus (dumba mushagi), eng kichik mushak esa stapedius (u oʻrta quloqda joylashgan eng kichik suyak – uzangining muvozanatini taʼminlaydi).
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
Agar suyaklarimiz boʻlmaganida, barchamiz shunchaki mushakdan iborat qopga aylanib qolar edik. Suyaklar mushaklar bilan birgalikda tanamizga tayanch boʻlib, unga shakl berishini tushunib olasiz. Biz ularning endokrin vazifasi, ayniqsa, kalsiy va fosfor muvozanatidagi rolini ham oʻrganamiz. Qiziqarli maʼlumot: eng koʻp sinadigan suyak oʻmrov suyagidir.
Terida koʻzga koʻringandan koʻra koʻproq elementlar bor. U bizni suyak, mushak va aʼzolardan iborat tuzilmadan koʻra chiroyliroq qilib koʻrsatadi. Bundan tashqari, teri organizmni yuqumli kasalliklardan saqlash, sezgi va vitamin D sintez qilish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi. Ushbu qoʻllanmada biz terining tuzilishi va vazifasini makroskopik darajadan mikroskopik darajagacha oʻrganib chiqamiz.
Genlar doimiy yashab qoluvchilardir. Inson vafot etgandan soʻng ham uning genlari keyingi avlodlarga, soʻngra undan keyingi avlodlarga oʻtadi... Baʼzi genlar buvingizning buvisiniki bilan bir xil! Shunga qaramasdan, egizaklardan tashqari oila aʼzolarimizning barchasi irsiy jihatdan farqlanib turadi. Jinsiy reproduksiya va chaqaloqning rivojlanishidan boshlab, biz mikroskopik daraja bilan boshlanib, toʻliq shakllangan chaqaloqning dunyoga kelishi bilan yakunlanadigan sayohatga chiqamiz.
Keyingisi:

Oraliq test

Ushbu boʻlimdagi barcha mahoratingizni oshiring va 900 gacha mohirlik ballarini toʻplang!