If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Mutaxassislarimiz Tarkibi bilan tanishing.

Ish joylari

Faxriylar fakulteti

Steven

Stiven sanʼatshunos, “Smarthistory” loyihasi asoschilaridan biri. Khan Academy faxriy fakultetida sanʼatshunoslik kontentini tuzib, nashr qiladi.

Beth

Bet sanʼatshunos hamda “Smarthistory” loyihasi asoschilaridan biri. Khan Academy faxriy fakultetida sanʼatshunoslik kontentini yaratadi, nashr qiladi va tahrirlaydi.

Jay

Jey Khan Academyʼda kimyoga oid koʻplab videolar tayyorlagan va saytda shu yoʻnalishga yetakchilik qiladi. Biokimyo yoʻnalishida bakalavr hamda tibbiyot yoʻnalishida magistr diplomiga ega. Jey sanʼatga ham oshno. U poʻlat va misdan portretlar yaratadi. Organik molekulalarning suratlarini chizish uning badiiy va ilmiy qiziqishlari uygʻunligidan darak.

Matematika

Mike

Mayk oʻrta maktabni tamomlagan, magistr darajasiga ega. Internetga qiziqib qolmasidan avval, 11 yil davomida Arkanzas va Massachusets shtatlarida teatr va aloqa darslaridan taʼlim bergan. U tadbirkorlik, elektron tijorat va qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO) boʻyicha tajribaga ega. U janubiy usulga moslashgan “Bourbon & amp; Boots” qidiruv tizimlari marketingi kompaniyasi va e-tijorat saytini tashkil etgan.

Boʻsh vaqtida yuguradi, suzadi, oʻqiydi, 3 ta bola, 3 ta it va 7 ta tovuqqa qaraydi. U hozirda Rafiqasi Syuzan bilan shahar tashqarisidagi chiroyli fermada baxtli yashamoqda.

Lisa

Liza Florida shtati Aventura shahridagi matematikadan K-8 mutaxassisi boʻlib, bolalar va kattalarga matematikani oʻrganishga yordam beradi. U ayni paytda Milliy matematika oʻqituvchilari kengashi tahririyatining “Bolalarga matematikani oʻqitish” jurnalida matematik misollar eʼlon qilib boradi hamda misol ishlashda vizual modellardan foydalanish boʻyicha ilmiy ish qilmoqda.

Liza, shuningdek, Common Core Math va Singapur matematikasida mathspot.net blogini yuritadi hamda Common Core Math uchun mobil ilovalar yaratadi.

Per

Per Chikago jamoat maktabining yuqori sinf oʻquvchilariga matematikadan dars bergan.

Hozir matematik mashqlar yozishdan tashqari Berkeli kollejida oʻquvchilarga koʻpaytirish nazariyasidan dars bermoqda.

Rhonda

Ronda – Brin Mour kollejining faxriy professori. Ronda bu kollejda 31 yil matematikadan dars berib, ilmiy tadqiqot oʻtkazgan.

U, shuningdek, EDGE dasturini tuzdi, bu dastur matematik fanlarda ayollarning doktorlik ishlari davom ettirilishini qoʻllab-quvvatlaydi. 1998–2011-yillar mobaynida direktor vazifasini bajargan.

Sandy

Sendi turli darajadagi oʻquvchilar, ota-onalar, umuman, har kimga matematikani sevib oʻrgatadi.

U Eynshteynning “Agar biror narsani sodda tasvirlab bera olmasang, demak, oʻzing ham buni yaxshi tushunmagansan”, degan iqtibosini yaxshi koʻradi. Khan Academyʼda ishlashidan oldin u elektr muhandisi, yuqori maktabda matematika oʻqituvchisi hamda repetitor boʻlib ishlagan.

Sharon

Bolalar, oʻsmirlar, Bay Areaʼda dars beruvchi yoshlarga oʻqituvchilik qilayotgan Sharonning tomirlarida murabbiylik oqadi. U matematikada goʻzallik va nafislikni koʻrish uchun zarur barcha ishni qilishga tayyor.

Sharon Khan Academyʼga oʻzida taʼlim kelajagi uchun kurashishga potensial harakat topgandan soʻng jalb qilindi.

Tara

Tara Nyu-Orleandagi Ben Franklin oʻrta maktabida matematikadan dars beradi.

Bundan oldin u Filadelfiyada yashab, oʻqigan va oʻqitgan. Magistirlik unvonini Drekselda matematika yoʻnalishida olgan.

Liat

Liat Aventurada (Florida) oʻqituvchi bo'lib ishlaydi. San'atga boʻlgan ishtiyoqi tufayli u bolalarni matematik fikrlashga jalb qilib, bilim olishga muhabbatini oshirishga yordam beradi. Liat bolalar matematikasini oʻrgatish jurnalida </ em> bir nechta misollar majmuasini nashr ettirdi. Shuningdek, u litsenziyalangan Zumba oʻqituvchisi hisoblanadi.

Gail

Gail Massachusets shtatida 3-sinf oʻqituvchisi sifatida faoliyat boshlagan. Soʻngra bolalar bogʻchasida ishlagan, 1-sinflarga dars bergan. Bundan tashqari, K-4 bosqichidagi bolalarga ESL oʻqituvchisi boʻlib ishlagan, asosan bogʻcha bolalarini oʻqitgan.

Gail ingliz tili va oʻspirin bolalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr, tahsil berish yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasiga ega. U matematika mashqlarining yanada qiziqarliroq boʻlishini va bolalarni matematika dunyosiga jalb qilishni istaydi. Ayniqsa, ikki qiziga matematikani oʻrgatishdan nihoyatda xursand.

Brad

Bred oʻqituvchi boʻlish bilan bir vaqtda Hillside Student Communityʼning matematika kafedrasi yetakchisi ham hisoblanadi. Bred Wooster kollejida fizikadan dars bermoqda, ammo uning mutaxassisligi matematika va informatika fanlarini oʻqitish. Salmonxon va ochiq dasturiy taʼminot harakatlaridan ilhomlanib, Bred oʻz intro dasturini yaratdi hamda hisoblash boʻyicha darslarini video-tasvirga tushirdi. U, shuningdek, alpinizmga va Courseraʼda yangi narsalarni oʻrganishga qiziqadi.

Casey

Keysi yuzlab bolalar musiqadan saboq oladigan “Atlantaʼs Electic Music” musiqa maktabi asoschisi. U oʻrta maktabda oʻqiyotgan kezlari matematikaga qiziqa boshladi. Isteʼdod haqidagi afsonalar musiqa va matematika talabalari orasida bir xil. Keysi esa musiqani ham, matematikani ham yaxshi ustoz va zoʻr platforma orqali hamma oʻrganishi mumkin deb hisoblaydi. U Khan Academyʼdagi millionlab kishilarga sifatli taʼlim berish borasidagi harakatlarning bir qismi boʻlishdan faxrlanadi.

Ben C.

Ben asli virjiniyalik, u 2010-yilda Amsterdam universitetini tamomlagan. Oliygohni tamomlagach, velosipedda butun mamlakatni sayr qilib chiqdi; Gondurasda bolalarga ingliz tilidan dars berdi; qoyaga tirmashib chiqishni oʻrgatdi. Keyinchalik yuqori maktabda, keyin yana bir yil oʻrta maktabda matematikadan dars berdi. Ben olti marta yozgi lagerda yetakchi boʻlgan; koʻcha mashqlari va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni yaxshi koʻradi. Kun kelib oʻzining yozgi lageri boʻlishini orzu qiladi.

Sarah

Sara oʻquvchilarga matematikani oʻrganishda yordam berishni, ularda fanga muhabbatni rivojlantirishni maqsad qilgan. U koʻp yillar oldin Nevada shtatining Reno hamda Las-Vegas shaharlarda tahsil olgan. Reno shahridagi Nevada universitetida boshlangʻich va maxsus taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr, Las-Vegasdagi Nevada universitetining oʻquv rejalari va koʻrsatmalari yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan.

Teri

Teri oʻquvchilarni jalb qiladigan matematik oʻyinlar oʻylab topish, matematikani his qilishga yordam berishdan zavqlanadi. Yuqori hamda oʻrta maktabda matematikadan dars berayotgan paytlari, oʻrta maktablar va kollej matematika kurslari uchun bosma va raqamli mahsulotlarni ishlab chiqqan. Matematikadan dars bergungacha u ionosferani tadqiq qiluvchi guruh uchun radar va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini qabul qiluvchi dasturni ishlab chiqqan edi.

Ben L.

Ben oʻzining sevimli mashgʻuloti matematika ekanligini Kolumbiya universitetining kinoshunoslik fakultetini tamomlagach anglab yetdi. Shundan soʻng, Nyu-York shahridagi oʻqituvchilar assotsiatsiyasiga aʼzo boʻldi. Assotsiatsiya uni Bruklindagi telekommunikatsiya sanʼati va texnologiyasi yuqori maktabiga ishga joʻnatdi. Ben mana 8 yildirki, shu maktabda matematikadan dars berib kelmoqda.

Ben matematik boʻlishiga qaramay, sayohat, oʻqish va futboldan zavqlanadi.

Lori

Lori Luiziana universiteti oʻqituvchisi. Soʻnggi 5 yil davomida u universitetning birinchi bosqich talabalariga algebra va hisoblash fanlaridan dars berib kelmoqda.

U bakalavr bosqichini Urbana-Champaign shahridagi Illinois universitetining matematika fakultetida tamomlagan. Magistraturani esa Karbondal shahridagi Janubiy Illinoys universitetining matematika fakultetida oʻqigan.

Chris

Kris Kaliforniyaning Oakland shahrida oʻquvchilarni testga tayyorlaydi. 2010-yilda Kaliforniya universiteti Berkeleyda kognitiv fanlar boʻyicha magistr darajasini olgan. Shuningdek, oʻzining taʼlim blogini yuritadi, kapella musiqa guruhlarida qoʻshiq aytadi.

Repetitor sifatida Kris nafaqat boy, balki har qanday yashash sharoitidagi oila farzandlari uchun ham dars berishni istaydi. Shu sababli u Khan Academy loyihasining bir boʻlagi ekanidan juda mamnun.

Brenda

Brenda uzoq yillardan beri Janubiy Illinois shtatidagi jamoat maktabi hamda kommuna kollejida dars berib keladi. Brenda Khan Academy kurslaridan foydalanayotganidan minnatdor.

U Karbondale shahridagi Janubiy Illinoys universitetida bakalavriat va magistraturani oʻqigan.

Duane

Duena Ayovadagi soʻlim fermada oʻsgan. Ulgʻaygach, Kolorado davlat universitetida matematika fanlari nomzodi boʻldi. Duane Loras kolleji va Loyola Marymount universitetining matematika fakultetini tamomlagan. 28 yildan buyon Kaliforniya shtatidagi Davis universitetining matematika kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.

Duane – hushyor velosipedchi, u sayohat qilishni, dunyo kezishni yaxshi koʻradi. Basketbolni zoʻr oʻynaydi. Kaliforniya shtati Davis universitetining basketbol jamoasiga 18 yil murabbiylik qilgan.

Ivan

Ivan McGill universitetining bakalavr bosqichini elektr muhandislik yoʻnalishida, magistr bosqichini fizika va doktorlikni informatika yoʻnalishida tamomlagan.

Uning ilmiy qiziqishlari orasida axborot nazariyasi (kvantli jismlar) hamda avtomatlashtirilgan taʼlim (data maʼlumotlari) mavjud. Ivan 12 yildan koʻproq vaqt davomida xususiy matematika va fizika oʻqituvchisi sifatida dars berib kelmoqda. Yaqinda matematika darsligini chop ettirdi. Shuningdek, nashriyot kompaniyasiga asos soldi.

Ryan

Rayan Shimoliy Karolina shtatida tugʻilgan. Bakalavr bosqichini Reed kollejida tamomlagan.

Boʻsh vaqtida video-oʻyinlar hamda tennis oʻynashni yoqtiradi.

Cloud

Klot Los-Anjeles shahrida oʻsgan. Minnesota, Minneapolisda quyosh energiyasi ustida tadqiqot olib borgach, u yerlar sovib ketdi deb, issiqlik izlab joʻnab ketdi! Khan Academyʼda oʻqib-oʻrgangach, hamma har yerda sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega ekanligini tushunib yetdi.

Klot ochiq havoda sayr qilish, balandlikka tirmashib chiqishni xush koʻradi. Shuningdek, kashfiyotlar qilishni, Scratchʼda dasturlar yaratishni xohlaydi.

Katie

Keti 9 yildan buyon xususiy va davlat maktablarida matematikadan dars berib kelmoqda. Shuningdek, u “Matematikani oʻrganish va yetakchilikni rejalashtirish” kitobining hammuallifi hisoblanadi.

Keti matematika oʻqituvchilari uchun interfaol professional oʻquv seminarlari tashkillashtiradi. Unda rahbar oʻqituvchilarga hamkasblar bilan yaxshi aloqa oʻrnatishni oʻrgatadi.

Keti matematikani juda sevadi. Hozirda u oʻquv rejasi va qoʻllanmalar ustida tadqiqot olib borayotgan doktorant.

Kathy

Keti 20 yildan beri oʻrta va yuqori bosqich oʻquvchilariga matematika fanidan dars berish borasida yetakchilikni qoʻldan bermayapti. U bor kuchini talabalarga matematikadan mukammal taʼlim berishga bagʻishlagan. Keti Loyola Marymount universitetining Matematika yetakchilik korpusi asoschisi hamda direktori hisoblanadi. Bundan tashqari, Keti “Matematikani oʻrganish hamda yetakchilikni rejalashtirish” qoʻllanmasiga hammualliflik qilgan. Muallimlarga oʻz sohasini yaxshi tomonga oʻzgartira oladigan yetakchi boʻlishni hamda betartiblik hukm surgan yerda ham rivojlanish mumkinligini oʻrgatadi.

Bundan tashqari, hozirda Keti Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahridagi yuqori maktabda dars beradi.

RB

Ryan Benjamin

Pennda bakalavr bosqichi uchun yozayotgan tezisida Rayan Gʻarbiy Filadelfiyadagi oʻrta maktabni tamomlashda duch keladigan kurashlar va toʻsiqlar, kollejdagi qiyinchiliklar haqida fikr yuritar ekan, keyinchalik oʻzida oʻqish, oʻrganishga nisbatan ishtiyoqni saqlab qolishga qaror qildi. Kolumbiya tumanidagi “DC Teaching Fellow 2009” loyihasida ishtirok etish davomida u Anakostiyadagi oʻrta maktabda 3 yil matematikadan dars berdi. Hozirda u Vashingtondagi Latin jamoat xususiy maktabining “Maʼlumotlar hamda baholash” boʻyicha direktori. Tumandagi yozgi maktabda direktor, geometriya va algebra II dan dars beradi, Quiz Bowl jamosining murabbiysi, Jazz Bandning karnaychisi.

Rayan Pensilvaniyada shaharshunoslik va ispan tillari yoʻnalishida oʻqiyotgan kezlari talabalar hukumatida xizmat qilgan. U magistrlik darajasini 2011-yilda Amerika universiteti oʻquv dasturi hamda qoʻllanmalar yoʻnalishi boʻyicha olgan. U koʻp sohalarda xususiy oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.

Jared Nakamura

Jared Michigan texnologiyalar universitetining amaliy matematika yoʻnalishida bakalavr bosqichini tamomlagan. U ilmiy daraja olayotgan bir paytda oʻquvchilarga fizika hamda amaliy hisoblash kurslaridan dars bergan. Hozirda sud xizmatchisi boʻlish uchun oʻqiyotgan Jared chizish, yozish va pianino chalishni xush koʻradi.

Stacy Beaudoin

Steysi matematikani oʻqitish boʻyicha 11 yillik tajribaga ega. Pedagogik faoliyati mobaynida u taʼlim faoliyati va baholashga boʻlgan muhabbatni rivojlantirdi. U yaqinda ishtiyoq bilan harakat qilib karyerasini oʻzgartirdi. Hozirda u nashriyotda muharrir oʻrinbosari boʻlib ishlaydi. Khan Academyʼning SAT loyihalari uchun kontent yaratayotganidan juda ham mamnun. Steysi bakalavr bosqichini Bovdoin kollejida, magistr darajasini esa New Hempshir oliygohida matematika yoʻnalishida olgan. Boʻsh vaqtlarida oʻqishni, kuchugi bilan sayr qilish hamda qoʻshnilari bilan suhbatlashishni yaxshi koʻradi.

Matthew Lancellotti

Met oʻzini oʻzi matematik deb eʼlon qilgan. Khan Academyʼda SAT boʻyicha savollar tuzadi, JavaScriptʼda kundalik muammolarga yechim topadi.

Met Rutgers universitetining matematika va musiqa yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Met tennis oʻynashni, violanchel hamda pianino chalishni yoqtiradi.

Kevin Glynn

Kaliforniya universiteti Devisʼda doktorlik ishini yoqlayotgan payti Kevinning fikri oʻzgarib qoldi. U magistr darajasi uchun hujjat topshirdi va oldi ham. Keyin Karverdagi oʻrta maktabda fizika va matematikadan dars bera boshladi. Kevin Khan Academyʼga ancha paytdan beri ishqiboz. U “Yagona dunyo sinfi”da boʻlajak muhandislar, oʻqituvchilar va fiziklarga dars berayotganidan juda mamnun. Kevin rafiqasi hamda 6 nafar oʻgʻlidan ilhom oladi. Hozirda ular Massachusetsda baxtli hayot kechirmoqda.

Tian Yu Yen

Tian Yu matematikaga maktab davrida qiziqib qolgan. Denverda oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan paytlarida u oʻquvchilarga matematika aslida sodda, qiziqarli va ajoyib fan ekanligini tushuntiradi. Matematikadan tashqari Tian Yu raqs tushishni va kopeyra jang sanʼati bilan shugʻullanishni yaxshi koʻradi. “Berimbau tocou na capoeira. Berimbau tocou, eu vou jogar!”

Fred Chapman

Fred – matematika va informatika fanlari professori. Doktorlik ishini matematika yoʻnalishi boʻyicha Ontariodagi Vaterlo universitetida Keys Geddes rahbarligida olib borgan (Keys Geddes Maple kompyuter algebra tizimining hammuallifi hisoblanadi). Fred doktorlik tezisi orqali cheksiz seriyali kengaytirishning yangi oilasini ixtiro qildi. Ixtironi ilmiy rahbari sharafiga “Geddes seriyasi” deya nomladi. Fred matematik dasturlar boʻyicha mutaxassis va taʼlimda texnologiyalarning faol qoʻllanishi tarafdori sanaladi. Fred Khan Academyʼda matematika boʻyicha savollarni tahrirlashga ishqiboz.

Charlotte Auen

Charlotte is an advocate of individually-paced learning and has applied that principal in her own life and throughout her teaching. She majored in puzzles and games for her first degree (although her Mary Baldwin College transcript calls it mathematics and computer science), and focused her M.Ed on mathematics and language arts for middle school students.When she is not writing content for KA, Charlotte is an active member of her local Deaf community (although she is hearing,herself) and discusses theology or practices Spanish with her husband.

Sid

Sid oʻn yildan ziyod vaqt davomida ikki mamlakatda koʻplab mavzular boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. U barcha insonlar uchun bepul yuqori sifatli, innovativ uslubdagi darslar yaratayotgani sababli Khan Academyʼda ishlayotganidan baxtiyor.

Sid bakalavr bosqichini Chikago universitetining matematika yoʻnalishini tamomlagan, rus tilini ham yaxshi biladi. U kuchli dasturchi va shaxmat oʻyinchisi, kinoya qilishni va stol tennisini yaxshi koʻradi.

Sulinya

Suliniya uchala ilmiy darajani Massachusest texnologiyalar universitetining muhandislik va fizika yoʻnalishi boʻyicha olgan. Suliniya bolaligidan jumboqlarini, matematik misollarni yechishni, matematikada musobaqalashishni juda yaxshi koʻradi. Uning vazifasi matematikani yanada quvnoqroq qilish, oʻquvchilarda matematikaga boʻlgan qiziqishni uygʻotish.

Fizika fanlari

Brittany Enzmann

Biologiya

Britani – taʼlim va ilmiy ishlarda gʻayratli biolog. Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida “Ijtimoiy hasharotlar evolyutsiyasi va ekologiya” mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Arizona davlat universitetida postdoktorlik ishini “Chumolilarning kimyoviy retseptorlari va ularning xatti-harakatlariga epigenetik taʼsiri” mavzusida qilgan. U biologiya va ekologiya fanlari uchun innovatsion oʻquv materiallari tayyorlash va rivojlantirishni yaxshi koʻradi. Britani suratga olishni, sayohatlar va latte choyini juda ham yaxshi koʻradi.

Becky Anderson

Biologiya

Bekki hozirda Rod Island universitetida neyrologiya fani boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlamoqda. U Rod Island oliygohiga kirishdan oldin biologiya yoʻnalishida Dortmund kolleji hamda Playmunt davlat universitetining bakalavr va magistr bosqichlarini tamomlagan. Bekki, ayniqsa, hayvonlarning xatti-harakatlariga qiziqadi; ilgari taqa qisqichbaqasining biologik ritmlarni oʻrganib chiqdi va hozirgi kunda tajovuzkor dengiz qisqichbaqasining neyrobiologiyasini oʻrganmoqda.

Paul King

Kimyo

Paul King frilans yozuvchi, Nyu-York shahrida repetitorlik qiladi. 2009-yilda u Magna Cum Laudaning Delaver universitetini faxriy diplom bilan tamomlab, kimyo boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻldi. 2015-yilda oʻzining “Paul King Prep LLC” repetitorlik kompaniyasiga asos soldi. Paul Khan Academyʼda yuqori darajadagi kimyo darslari uchun maqola va darsliklar yozadi. Paul bilan aloqa oʻrnatish yoki koʻproq maʼlumot olish uchun uning saytiga tashrif buyuring: PaulKingPrep.com.

Richard Graham

Fizika

Doktor Graham – lazer va atom fizikasiga ixtisoslashgan eksperimental fizik. Yangi zelandiyalik. Kanterburi universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan, yerning ogʻish burchagini aniqlovchi ring-lazer giraskop uskunasi joylashgan laboratoriyada ishlagan. Hozir Vashington universitetida alohida olingan ionlarni kvant kompyuterlarining bir boʻlagi sifatida qoʻllash ustida ish olib bormoqda.

Gumanitar fanlar

Melissa Graeber

Melissa San Fransisko davlat universitetining ingliz adabiyoti yoʻnalishida oʻqiydi. U oʻrta maktabda Ingliz tili sinflari dizaynini loyihalashtirish bilan bir paytda oʻquvchilarga dars ham beradi. Shu bilan bir qatorda oʻrta maktabda ingliz tili boʻlimi mudiri sifatida u ingliz tilini mukammal oʻrganish dasturini ishlab chiqmoqda. Melissa, talabalar va oʻqituvchilar bilan birgalikda kollejda insho yozish dasturi va yuqori saviyali loyihalar oʻtkazishda hamkorlik qildi. Shuningdek, Kaliforniya Universiteti Prezidentlar kengashida Oʻrta maktab taʼlimi tahlilchisi sifatida ishlagan. Melissa, maktablarda ingliz tilini oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishga yordam bergan.

Tamra Andrews

Tamra 20 yildan koʻproq vaqt davomida taʼlim kontentini yaratishda tajribaga ega boʻlgan mustaqil ilmiy yozuvchi va kollej kutubxonachisi. U Texas shtatidagi Ostindan tashqarida joylashgan Spicewood shahrida yashaydi. Tamra K-12 baholash tizimini ishlab chiquvchi bir qator noshirlar va test ishlab chiqaruvchilar bilan doimiy hamkorlik qiladi.Tamra Ostin shahridagi Texas universitetining ingliz tili yoʻnlishida bakalavriat hamda kutubxona va informatika yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini tamomlagan. Koʻp yillar davomida radioda astronomiya boʻyicha senarylar yozgan, astronomiya tarixi va samo afsonalariga oid kitoblarni chop etgan. Uning biografiyasi va oldingi ishlari haqida “Something About the Author Volume 129 (and) Contemporary Authors Online (Gale 2002)” nomli kitobi chop etilgan.

Ali Hedberg

Ali bakalavr bosqichini Braun universitetining tarix fakultetida tamomlagan. Karyerasini Bostondagi oʻrta maktabda boshlagan. U 6 - 8-sinflarga ingliz tili va tarix, maxsus taʼlim, ESL va sogʻliqni saqlash fanlaridan dars bergan. Shuningdek, u oʻquv amaliyoti boʻyicha birinchi kurs oʻqituvchilariga tajriba mashgʻulotilari ham oʻtkazadi. Oʻqitish, tarix va adabiyotni yoqtirishdan tashqari, Ali faol boʻlishni, oʻgʻli bilan oʻynashni va sayohat qilishni yaxshi koʻradi. U AQSHning har bitta milliy parkiga tashrif buyurmoqchi va “Appalachian Trail” alpinistlar guruhi bilan sayr qilmoqchi.

Rosie Friedland

Rozi 2011-yil Irvin shahridagi Kaliforniya universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Rozi muhtojlarga arzon uy-joy izlab topuvchi notijorat tashkilotining hududiy direktori. Ular bu tashkilot yordamida uyga muhtojlarga uy-joy topadilar.

Laura

Laura New Saint Andrews kollejining erkin san'at va ilohiyotshunoslik fakultetida bakalavr hamda magistr bosqichlarini tamomlagan. Oliygohda bir qancha mukofotlar (ISI Honors Fellow), mahalliy munozara klublariga murabbiylik qilgan. Keyinchalik, Shreveport shtatidagi Luyiziana davlat universitetining biologiya fakultetida ilmiy ish qilish bilan bir qatorda, qoʻlyozmalar, grantlar va boshqa texnik hujjatlarni tahrirlash boʻyicha tadqiqotchi sifatida ishlagan. Ish va oʻqishdan tashqari, Laura sport bilan shuʻullanishni, xor musiqasini, qahva ichishni va uxlashni yaxshi koʻradi.

Aaron LaDuke

Aaron oʻz karyerasini "Amerika uchun oʻqit" loyihasi doirasida shimoliy Karolina shtatidagi oʻrta maktabda Ingliz tilidan dars berib boshlagan. Keyin esa bir qancha xususiy va davlat maktablarida ona tili va adabiyot fanlaridan oʻquvchilarga universitet darajasida dars bergan. U doktorlik dessertatsiyasini Amerika adabiyoti boʻyicha Ogayo Universitetida himoya qilgan. Hozirgi vaqtda “Texas A & M Kingsville” universitetining til va adabiyot kafedrasida oʻqituvchilik qilmoqda. Aaron yaqinda oʻzi tugʻilib oʻsgan Shimoliy Dakota shtatida bir yil yashadi. Bakken shil tuzilmasining neft konida ishladi va yaqinda sodir boʻlgan energiya portlashi haqida kitob yozdi.

Michelle Getchell

AQSH tarixi

Mishel Getchel Austin shahridagi Texas universitetining tarix fakultetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Uning ishlari Amerika Tashqi Aloqalar Tarixchilari jamiyati hamda Amerikaning Xalqaro taʼlim Konsulligi tomonidan moliyalashtirilgan. Uning gʻoyalari Sovuq Urushni oʻrganish jurnali, Janubiy Kaliforniya chorakligi, Burgut soyasi ortida: sovuq urushning lotin Amerikasidagi yangi tarixi kabilarda oʻz aksini topadi. Mishel Getchelning postdoktorlik ishi Xalqaro xavfsizlik va AQSHning tashqi siyosati mavzusida Dortmunt Kollejida boʻlib oʻtgan. Vudro Vilson xalqaro olimlar markazining Kennan institutida faxriy mehmon boʻlgan. Hozir kunda u Shimoliy Karolina shtatidagi Shale universitetida tarix fanidan dars berish bilan bir qatorda, oʻzining “Sovuq urush davrida AQSH-SSSR-Lotin Amerikasi munosabatlari” mavzusidagi birinchi monografiyasini yozmoqda.

John Louis Recchiuti

AQSH tarixi

Jon Kolumbia universitetining Tarix fakultetida doktorlik dessertatsiyasi yoqlamasdan oldin, Britaniyada Vesleyn hamda Uorik universitetlarini tamomlagan. U Mount Union universitetining tarix fakultetiga rahbarlik qiladi. Michigan universitetida, Kolumbiya Universitetida, CCNY va Nyu York universitetlarida dars bergan. Jon Tarix fanlari milliy kengashining aʼzosi. 2007-yilda yozilgan "Civic Engagement" kitobi Bancroft va Parkman mukofotlariga nomzod boʻlgan.

Testga tayyorgarlik

Anh-Chi Furey

Anh-Chi 2008-yildan buyon LSATni oʻqitgan. Endi barcha oʻquvchilar uchun adolat va inklyuzivlikni ragʻbatlantirish maqsadida notijorat taʼlim sohasida ishlaydi. U San-Diegodagi turmush oʻrtogʻi va uchta it bilan yashaydi (Bu roʻyxatga Anh-Chi ishlaydigan Doggie kunduzgi davolash markaziga tashrif buyuradigan itlar kirmaydi).

Danny Coleman

Denni olti yil davomida Montreal, Toronto, Nyu York va Saudiya Arabistonda1500 dan ortiq talabalarni testlarga tayyorlagan. Uning GRE, GMAT va LSAT testlari boʻyicha 99 foizlik natijani qoʻlga kiritgan. Hozirgi vaqtda Illinoys shtatidagi Carbondale shahrida yashaydi. Janubiy Illinoys universitetida badiiy asar janrlari hamda tuzilishidan dars beradi.

Jess Hendel

Jess Hendel - Los-Anjeleslik ijodkor. Amherst kollejida Sotsiologiya yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat va Janubiy Kaliforniya universitetining kinomotagrafiya sanʼati maktabi “Sahna va televideniya uchun yozish” yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan. U koʻp yillar davomida tarbiyachi va taʼlim kontenti yozuvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Annie Hollister

Enni Hollister Garvard universitetida yuridik fanlar nomzodi. U bakalavr mutaxassisligini falsafa, siyosat va iqtisodiyot boʻyicha, magistrlik darajasini esa Sotsiologiya boʻyicha Oxford universitetida tamomlagan. U Nyu Yorkda oʻsgan. U Oksford, London va San-Fransiskoga boʻlgan 10 yillik safarlardan soʻng, ona yurti boʻlmish Sharqiy qirgʻoq sohillariga qaytganidan xursand.

Sogʻliqni saqlash va tibbiyot

Carole Yue

Kaliforniya universiteti, Los Anjeles

Doktor Kerol Yue Jorjiya shtatining Lookout Mountain shahrida joylashgan Kovent kollejida psixologiya boʻyicha yordamchi professor. U Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universitetining Psixologiya fakultetida doktorlik dessertatsiyasini yoqladi. Uning taʼlim va tadqiqotga qiziqishlari orasida multimediyali oʻqitish, metakogniziya (boshqalarning fikrlarini oʻqish) hamda kognitiv psixologiyaning oʻquv qoʻllanmalarini yaratish bor.

Jasmine Rana

Garvard tibbiyot maktabi

Jasmin Rana - Boston shahridagi Garvard tibbiyot maktabida doktorlik dessertatsiyasini yoqlamoqda. U Vellesley kollejining Kimyo fakultetida bakalavr bosqichini tamomlagan. Jasmin tibbiy savodxonlikka alohida qiziqish bildirib kelmoqda.

Jeffrey Walsh

Jorj Vashington Universiteti Tibbiyot maktabi

Doktor Jefri P. Uolsh 2014-yilda Jorj Vashington Universitetining tibbiyot va salomatlik maktabida doktorlik dessertatsiyasini yoqlgan. Hozirda doktor Jefri Janubiy Kaliforniya shtatidagi Kaiser Permanente klinikasida psixiatriya boʻyicha tadqiqotlarini tugatish arafasida turibdi.

Matthew Barry Jensen

Viskonsin universiteti

Doktor Metyu B. Jensen Viskonsin universitetining tibbiyot va sogʻliqni saqlash maktabi Nevrologiya fakultetining yordamchi professori. Doktor Metyu magistr darajasini Viskonsin universitetining klinik tadqiqotilar boʻlimida tamomlagan. Tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini esa Ayova Universitetida olgan. Doktor Metyu Ayova Universitetida nevrologiya boʻyicha tadqiqotlarini tamomladi. San-Diegodagi Kaliforniya universiteti bilan qontomirlar nevrologiyasi boʻyicha hamkorlik qiladi.

Patrick van Nieuwenhuizen

Kolumbiya universitetining shifokorlar va jarrohlar kolleji

Patrik Prinstonda fizika boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik esa Zimbabveda notijorat tibbiy tashkilotini tuzib, ikki yil ishlagan. Hozirda u Kolumbiya Universitetining tibbiyot yoʻnalishida tahsil oladi.

Raja Narayan

Kaliforniya universitetining, Irvine tibbiyot maktabi

Raja R. Narayan 2009-yil Berkeley-Kaliforniya universitetining Kimyo fakultetini tamomlagan. 2014-yil Yele universitetining Salomatlik maktabida amaliy biostatistika va epidemalogiya yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini tamomlagan. Raja hozirda Irvin-Kaliforniya universitetining tibbiyot maktabida Umumiy jarrohlik boʻyicha tadqiqot olib bormoqda.

Ronald Sahyouni

Kaliforniya universitetining, Irvine tibbiyot maktabi

Ronald Sahyouni Kaliforniya universiteti Irvine tibbiyot maktabining tibbiyot olimlarini tayyorlash oʻquv dasturi(MD / PhD)ni tamomlagan. Ron Berkli-Kaliforniya universitetining Molekulyar va hujayra biologiyasi hamda psixologiya yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Ronald Jon Hopkins neyroxirurgiya boʻlimida Glioblastoma (miya shishi) ildiz hujayrasi tadqiqotini oʻtkazgan. Hozirda uning qiziqishlari neyro-degenerativ kasalliklarni ildiz hujayra asosida terapiya bilan davolash boʻyicha.

Ross Firestone

Albert Eynshteyn tibbiyot kolleji

Ross Firestone Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning tadqiqotlari enzimologiya(fermentlarning tuzilish strukturasi)ga qaratilgan.

Ryan Scott Patton

Arkanzas universiteti

Ryan - Patton Emory Universitetining tibbiyot fakulteti talabasi. Tibbiy maktabga kirishdan oldin Arkanzas Universitetining davolash ishi fakultetini tamomlgan. Bir necha yillar tibbiy-jarrohlik intensiv davolash boʻlimida ishlagan. Shuningdek, u Alberta universitetida klinik aylanishni favqulodda davolash dasturidan dars bergan. U sogʻliqni saqlash va taʼlimni oʻzaro bogʻlashga harakat qiladi. Ryan Khan Academyʼda har ikki yoʻnalish birga olib borilishidan mamnun.

Shreena Desai

Jorjtaun universiteti

Shreena J. Desay 2013-yil Konnektikut universitetining bakalavr bosqichini biotibbiy muhandislik yoʻnalishi boʻyicha, 2014-yilda Jorjtaun universitetining magistrlik bosqichini fiziologiyagik qoʻshimchalar va muqobil tibbiyot yoʻnalishida tamomlagan. Shreena shuningdek, Milliy saraton instituti va Sogʻliqni saqlash milliy institutlarida, Saraton kasalligini davolash va tashxislash boʻlimida ilmiy-tadqiqot amaliyotini oʻtamoqda.

Sydney Brown

Pomona universiteti

Sidney Braun - Angliyadagi London kolleji universitetida nevrologiya boʻyicha tahsil olmoqda. Bakalavr darajasini esa Pomona universitetining nevrologiya fakultetida tamomlagan. Ayni paytda u shifokor yordamchisi boʻlishni oʻrganmoqda.

Tracy Kim Kovach

Virjiniya tibbiyot maktabi

Tracy Kovach Van Amsterdam universitetining tibbiyot yoʻnalishi 4-bosqich talabasi. Hozirda u Ortopedik Jarrohlik markazida tadqiqot oʻtkazmoqda

Jay Skipper

Khan Academy

Doktor Jey Skipper Khan Academyʼning Kimyo fani boʻyicha hissador muharriri. U 2006-yilda Janubiy Florida Universitetida aspiranturani tamomlagan. Hozirgi paytda u rafiqasi bilan vaqt oʻtkazishni va portret chizishni yaxshi koʻradigan oʻqituvchi. Jey boʻsh vaqtida repetitorlik bilan shugʻullanadi. U boshqa oʻquvchilarga ham Khan Academy orqali yordam berayotganidan juda ham xursand.

Joshua Cohen

Mayami Universiteti

Yoshua Koen Mayami-Miller tibbiyot maktabi talabasi. U Michigan universitetida bakalavr, Jorjtaun universitetining fiziologiya va biofizika fanlari boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Uning tadqiqotlari va tibbiy qiziqishlari kardiologiya sohasi boʻyicha.

Amy Fan

Virjiniya universiteti

Amy Uilyam Fan soʻnggi yillarda pediatriya boʻyicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda. San-Diegodagi Kaliforniya Universitetining ijtimoiy-madaniy antropologiya yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasiga ega.

A. J. Grieco

Albert Eynshteyn tibbiyot kolleji

A.J. hozirda Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida biotibbiyot fanlari boʻyicha magistrlikni tugatib, doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Ian Mannarino

Kaliforniya universiteti, Irvin

Ian Mannarino 2015-yil Kaliforniya universitetining qoʻshaloq MD/MBA darajalarini tamomlagan. Bitirganidan soʻng, u oʻz tibbiy tayyorgarligini anesteziologiya va perioperatsiv yordam boʻyicha davom ettirdi. Ian, sogʻliqni saqlash hamda taʼlimni baravar olib borish siyosatiga katta qiziqish bildrimoqda.

Lisa Miklush

Gonzaga universiteti

Doktor Lisa Miklush San-Diego universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozir kunda Gonzaga universitetida yordamchi professor boʻlib ishlaydi.

Nauroz Syed

Sharqiy Virjiniya tibbiyot maktabi

Nauroz Syed Sharqiy Virjiniya tibbiyot maktabida tibbiyot fanlari doktori. U bakalavr bosqichini Johns Hopkins Universitetining nevrologiya yoʻnalishida tamomlagan. Magistraturani esa shu universitetning molekulyar mikrobiologiya va Immunologiya sohasida bitirgan. U keyingi bosqichda ichki kasalliklar boʻyicha oʻqishni rejalashtirmoqda.

BY

Bianca Yoo

Vermont universitetining tibbiyot kolleji

Doktor Bianca Yoo, Chapel Hill shahridagi Shimoliy Karolina universitetining ichki kasalliklar yoʻnalishi tadqiqotchisi. U kardiologiya boʻyicha hamkorlik qilishni rejalashtirgan.

Jeff Otjen

Sietl bolalar kasalxonasi

Doktor Jeffrey Otjen Sietldagi bolalar shifoxonasida pediatriya radiologiyasi shifokori, Vashington universitetning radialogiya boʻyicha yordamchi professori. U magistraturani Baylor tibbiyot kollejida umumiy pediatriya hamda umumiy radiologiya fanlari mutaxasssisligi boʻyicha tamomlagan. Oʻqish davomida Pediatrik Radiologiya hamkorlik dasturini tamomlagan. Doktor Vashington universiteti hamda Sietl bolalar shifoxonasida shifokor-talabalarga, tadqiqotchilarga hamda hamkorlarga dars beradi.

Vishal Punwani

Sent-Vinsent kasalxonasi Melburn

Vishal Punvani - Melburn Tibbiyot Institutid biologiya va oziqlanishi fanlari boʻyicha doktorlik dessertatsiyasi yoqlayotgan nomzod. Victoria, Britan Kolumbiyasi va Melburn Universitetlarida biologiya va inson anatomiyasi boʻyicha laboratoriya mashgʻulotlarini olib boruvchi oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Vish tibbiyot hamda inson fiziologiyasiga qiziqadi. Ammo barcha kanadaliklar singari muz ustida hokkey va cheksiz xushmuomalalikni hamma narsadan afzal koʻradi.

Jimmy Howick

Jeksonvil universiteti

Jimmy Howick beysbol boʻyicha stipendiya sohibi boʻlgach Jeksonvil universitetiga oʻqishga kirgan, ammo 2011-yil MLB kubogida toʻp suruvchi Hyuston Astros jamoasiga qabul qilingach oʻqishni tark etgan. Beysbol karyerasini tugatgach, Jimmiy Jeksonvil oliygohining Devis Biznes kollejini bitirdi. Ayni damda u Jorjtavn universiteti Tibbiyot yoʻnalishining bakalavriatgacha boʻlgan bosqichini tamomlash arafasida. Kelasi yil universitetning tibbiyot maktabiga oʻqishga kirmoqchi.

Matthew McPheeters

Minnisota universitetining tibbiyot maktabi

Metyu Minnesota universitetining tibbiyot maktabi va ʼCarlson School of Managementʼning magistratura bosqichlarini tamomlagan. Hozirgi kunda u biznes boshqaruv yoʻnalishida olgan bilimlarini tibbiy-sanoatga joriy qilmoqda. Bitirgandan soʻng, u neyroxirurgiya sohasida ishlashni rejalashtirmoqda.

Brooke Miller

Texas universiteti, Ostin shahri

Bruk Ostindagi Texas universitetining Rivojlanish Psixologiyasi yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini yoqlamoqda. Uning tadqiqotlari bolalarda haqiqiylik nazariyasi tushunchalarini rivojlantirishga va haqiqiylik nazariyasini taʼlimda qanday rol oʻynashiga qaratilgan. P.S Haqiqiylik nazariyasi - falsafa fanining yoʻnalishlaridan biri

DSP

David Santo Pietro

Kaliforniya universiteti, Davis

Deyvid - fizika fanidan kontent mutaxassisi. 2006-yil Devis shahridagi Kaliforniya universiteti fizika fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan. Deyvid hozirda Las-Vegasdagi Meadovs oʻrta maktabida fizika fanidan dars beradi. Shuningdek, u fizika fanini oʻqitishda turli pedagogik yondashuvlarning samaradorligini oʻrganib chiqmoqda. Deyvid uglerod nanotublari boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqqan. Hozirda esa til cheklovlarining ilmiy nazariyaga boʻlgan taʼsiri ustida tadqiqot olib bormoqda.

Arshya Vahabzadeh

Garvard tibbiyot maktabi

Arshya Massachusets shtatidagi umumiy kasalxonada va Garvard tibbiyot maktabida bolalar va oʻsmirlar psixiateropevti boʻlib ishlaydi. U Birmingem universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. Royal General Practitioners kollejining aʼzosi hisoblanadi. U autizmni davolash boʻyicha federal grant sovrindori va autizm spektrli kasalliklarining neyroimmun mexanizmlari bilan juda qiziqadi. Arshya Amerika Tibbiy Assotsiatsiyasi va oʻgir tomonidan yetakchilik mukofoti bilan taqdirlangan.

Efrat Bruck

Kolumbiya universiteti tibbiyot markazi

Efrat hozirda Kolumbiya Universitet tibbiyot markazida nevrologiya va klinik genetika boʻyicha tadqiqot olib bormoqda. U gemoxromatozli bemorlarga yordam berish uchun buyrak oqsilidan (NGAL) foydalanish mumkinligini tavsiflovchi ilmiy ishga hammualliflik qilgan. Ilgari u Nyu York shahridagi oʻrta maktabda biologiya, ibroniy tili, va musiqadan dars bergan. Touro kolleji biologiya fakultetining magistratura bosqichini bitirgan. Endi esa tibbiyot maktabida oʻqishni davom ettirmoqchi.

DB

David Bridge

Redvuds kolleji

Dovud biologik fiziologiya yoʻnalishida oʻqiydi va shuningdek u jazz musiqasini ham oʻrganadi. U olib borayotgan tadqiqot “eʼtibor, koʻp sensorli integratsiya, hislar va hissiyotdagi tartibsiz xatti-harakatlar, ijtimoiy idrok va qarorlar qabul qilish jarayoniga taʼsiri” mavzusida.

CS

Chris Su

Massachusetts texnologiya instituti

Kris 2011-yil Massachusets Texnologiyalar Institutining Biologiya va tarix fakultetini bitirgan. Hozirgi kunda Nyu Yorkdagi shahri Mont Sinay mavzesida joylashgan Ixan tibbiyot maktabining 4-kurs talabasi. Oʻqishni tugatgandan soʻng u ichki kasalliklar boʻyicha tibbiy izlanishlarini davom ettirish umidida.

John Luckoski

Toledo tibbiyot kolleji

Jon Toledo Universitetining Tibbiyot kollejida 2017-yilda tahsil olagan. U bakalavr bosqichini Mayami Universitetining ijodiy yozish va falsafa fakultetida tamomlagan. Undan soʻng esa Toledo tibbiyot kollejida oʻqituvchi sifatida ishlagan.

AD

Aleksandra Degtyar

Kaliforniya universiteti, Los Anjeles

Aleksandra Los Anjesldagi Kaliforniya universitetining Davron Geffen tibbiyot maktabida tahsil oladi. Berkeley - Kaliforniya universiteti 2013-yilda molekulalar va hujayra biologiyasi fakultetining bakalavr bosqichini tamomlagan.

SN

Sruti Nadimpalli

Kolumbiya tibbiyot markazi

Sruti Nadimpalli yaqinda Kolumbiya tibbiyot markazida bolalar yuqumli kasalliklari boʻyicha tadqiqot ishini tugatdi. Suriti ushbu tibbiyot markazi tomonidan “Trasher Pediatric Research Foundation Early Career Award grantini olgan. U bolalarda uchrovchi immunitet tanqisligi va immunitet buzilishi kasalligini davolashga juda ham qiziqadi.

HD

Humberto Dutra

Life universiteti

Umberto Jorjiya shtati, Mariette shahrida joylashgan Life universitetining dotsenti. Braziliyadagi Kampinas Davlat universitetini tamomlagan. Keyinchalik St-Louisdagi Missuri universitetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Umberto soʻnggi 5 yil davomida anatomiya va fiziologiya oʻqitib kelmoqda. Biologiya boʻyicha oʻz youtube kanalini yuritadi.

EZS

Edward Zed Sanchez

Markaziy Florida universiteti

Edvard yaqinda Florida shtatining Orlando shahridagi Markaziy Florida universitetidan doktorlik darajasini oldi. Ayni paytda u Orlando mintaqaviy tibbiyot markazida ichki kasalliklar boʻyicha amaliyotni tugatdi. Kelgusida Massachusets shtatining Boston shahridagi Massachusets umumiy kasalxonasida diagnostik radiologiyada ilmiy tadqiqot oʻtkazmoqchi.

CL

Clement Lin

DePaul Universiteti

Kleman DePaul universitetida informatika fakultetining magistratura bosqichi talabasi. Tayvanning Chang Gung tibbiyot kollejida sogʻliqni saqlash, tibbiyot va ijtimoiy fanlaring axborotini boshqarishga ixtisoslashgan fakultetini tamomlagan.

Theodore Roth

Kaliforniya universiteti, San-Fransisko

Teodor San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlamoqda. Alabama shtati, Birmingem shahrida joylashgan Stenford universitetining biologiya va biomedikal informatika yoʻnalishini tamomlagan.Hozirda Kaliforniya universitetida tibbiy va immunologik tadqiqotlar ustida ishlamoqda.

GT

Garrick Trapp

Kolumbiya universiteti tibbiyot markazi

Garik hozirgi kunda Kolumbiya Universiteti Tibbiyot Markazida oshqozon osti bezi hamda oshqozon saratoni kasalliklari ustida tadqiqot olib bormoqda. Bundan avval, Garik Nyu York shahri hamda San-Fransisko koʻrfazi hududida joylashgan oʻquv markazlarida darsliklar dizayni va kontent yaratuvchisi sifatida ishlagan. Garrik, Berklidagi Kaliforniya universitetining Astrofizika, qiyosiy adabiyot va musiqa yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan. Keyin esa oʻzi oʻqigan universitetda fizika va astronomiya fanlaridan dars bergan.

WT

William Tsai

Nyu York tibbiyot maktabi

Uilyam Los Anjelsdagi Kaliforniya davlat universitetining biokimyo yoʻnalishi boʻyicha bakalavr, Nyu Yorkda joylashgan Umumrespublika Taʼlim Maktabining ikkinchi darajali fanlar yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasiga ega. Nyu York shahrining Bronx mavzesida 2012-2014 yillari "Amerika Korpusi uchun taʼlim" aʼzosi boʻlib oʻrta maktabda kimyo va fizika fanlarini oʻqitdi. Hozirgi kunda u Nyu York Universitetida Tibbiyot fakultetining talabasi.

KM

Kelly MacKenzie

Amerika universiteti

Kelli 2012-yilda Vashingtondagi Amerika Universitetining Psixologiya fakultetida magistrlik darajasini oldi. Keyingi ikki yil davomida u NIMH tomonidan moliyalashtiriladigan "Ayol atlet tanasi loyihasi"ning hamkor tadqiqotchisi boʻlib ishladi. Yaqin kelajakda Salomatlik Psixologiyasi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasi yoqlamoqchi.

AZ

Allen Zheng

Kaliforniya universiteti, Berkli

Oʻtgan ikki yil davomida Los-Anjelesdagi kam daromadli mahallalardan chiqqan oʻrta maktab oʻquvchilarini kollejga kirish boʻyicha maslahatchisi sifatida ishladim. Ushbu oʻquvchilar uchun ayniqsa tibbiy maʼlumot olishni istaganlar uchun raqobat maydonini tenglashtirish imkoniyati meni ishlashga ilhomlantirdi.

LP

Lucas Philipp

Emory universiteti tibbiyot maktabi

Lukas, Jorjiya shtatining Atlanta shahrida joyalshagan Emory universitetining tibbiyot fanlari doktori. Kanzas Universitetining Inson Biologiyasi va boshlangʻich musiqa yoʻnalishi boʻyicha bakalvr bosqichini bitirgan. Lukas bir necha yil Kanzas universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan va taʼlim va ilm-fan sohasiga uzoq vaqtdan buyon qiziqib kelmoqda.

RH

Rabee Haq

Merilend universiteti, Kollej Park

Rabi yaqinda Kollej Parkda joylashgan Merilend universitetinig ijobiy psixologiya, falsafa va baxt yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichini tamomladi. Ayni paytda u klinik amalyotchi hamda yordamchi oʻqituvchi boʻlib ishlamoqda. Kampusdagi psixologik tadqiqotlar boʻyicha birinchi tadqiqotchi.

JC

Jeff Collins

Vestminster kolleji

Jeff Yuta shtatining Salt Lake Cityʼda tahsil olayotgan tibbiyot fakulteti talabasi. U dastlab Vestminster kollejining biologiya va ekologiya fanlari boʻyicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Uning ilmiy tadqiqot ishi “Buyuk Tuzli koʻlda simobli bioakkumulyatsiya va mikrobialogik xilmaxillik” mavzusi doirasida olib borilyapti. Hozirda u Americorps VISTA bepul klinikasida koʻngillilar koordinatori sifatida xizmat qilmoqda.

BK

Bradley Kolb

Michigan universiteti

Bradley Michigan universitetining Neyroxirurgiya boʻlimida “Saraton va immun tizimi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar” mavzusi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Michiganga kelishidan oldin Ogayo davlat universitetining falsafa va matematika yoʻnalishni tamomlagan. U 2015-yilning kuzidan boshlab tibbiyot maktabida tahsil olmoqda.

JB

Jason Batten

Stenford universiteti tibbiyot maktabi

Jeyson Batten Stenford Universitetining tibbiyot fakultetida tahsil oladi. Tibbiyot maktabida oʻqishdan oldin, Los-Anjelesning janubiy markazida kimyo va fizikadan dars bergan, dastlab 2008-yilda Amerika uchun oʻqit korpusi aʼzosi boʻlgan. Maktab va tuman darajasidagi oʻqituvchi rahbari sifatida bir necha bor xizmat qilgan. 2012-yilda Jeyson bioetika boʻyicha magistr darajasini oldi va jamoat shifoxonasining bioetika boʻlimida ishlay boshladi. U fanni oʻqitish va klinik etika tadqiqotlarida faol ishtirok etishni davom ettirmoqda.

Jordan Weil

Minnesota universiteti, Tuin Sitiys

Iordan 2017-yildan buyon Minesota universitetining Tuin Sitiys kempusining tibbiyot yoʻnalishi talabasi. U Chikago Universitetining matematika va fizika mutaxassisligi boʻyicha bakalavr hamda magistr bosqichlarini tamomlagan. Chikagodagi Loyola Universitetining birinchi tibbiy yordam yoʻnalishi boʻyicha post-bakalavr bosqichini bitirgan.

SY

Sze Yan

Chikago universiteti

Sze bakalavr bosqichini Chikago universitetida tamomlagan. Hozirda Nyu York mintaqasida taʼlim boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlaydi. Soʻnggi oʻn yil ichida u turli tashkilotlarda kontent yaratish va talabalarni MCATga tayyorlash, etnik ozchilik va noan'anaviy boʻlgan talabalar bilan ishlashga bor eʼtiborini qaratdi.

William Gilpin

Stenford universiteti

Uilyam Gilpin bakalavr bosqichini Prinston universitetining fizika fakultetida tamomlagan. U yerda u kvant fotonikasidan tortib biomexanikaga qadar tadqiqotlar olib borgan. Hozir Stenford universitetida amaliy fizika fanlari boʻyicha “Hayot paydo boʻlishining nazariy modellari” mavzusida doktorlik dessertatsiyasi yoqlamoqda.

Emma Giles

Boston bolalar kasalxonasi

Emma Boston bolalar shifoxonasida pediatriya ustida tadqiqot olib bormoqda. Florey nevrologiya instituti (Melburn) nevrologiya yoʻnalishi boʻyicha magistr bosqichini, Victoria Universitetida (Kanada) biologiya va psixologiya boʻyicha bakalavr bosqichini tamomlagan. Emmaning sevimli mashgʻulotlari hokkey oʻynash, yugurish va sayr qilish.

San'at tarixi va tarixi

AC

Dr. Amy Calvert

Doktor Emi Kalvert Qadimgi Misr san'ati kontentini yaratuvchi yordamchi muharriri. Emi Nyu York Universitetining Tasviriy Sanʼat fakultetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Doktor Emi Italiyada, Misrda va AQSHda koʻplab qazish ishlarini olib borgan. U Pensilvaniyadagi Yele universiteti bilan hamkorlikda Osiris ibodatxonasi loyihasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida, Nyu York Universitetining Abydosdagi ekspeditsiyasida, Britaniya muzeyida, Bostondagi Tasviriy Sanʼat muzeylarida ishlagan.

EC

Dr. Esperança Camara

Doktor Esperancha Kamara Uygʻonish davri va Barokko san'ati kontentini yaratuvchi muharrir yordamchisi. U bakalavr bosqichini Reed kollejida tamomlagan. Jon Hopkins universitetda “Italiyada uygʻonish davri hamda borokko sanʼati, XIX asr Fransiya sanʼati” mavzularida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Uning tadqiqotlari Italiyadagi post-Tridentin(Katolik cherkovini isloh etish davri) davridagi cherkov san'atiga bagʻishlangan. 2006-yilda Indiana shtatining Fort Ueyn shahrida joylashgan Sent-Frensis Universitetida oʻqitish va kampus boʻyicha yetakchilik mukofotiga sazovor boʻlgan. Hozirda ayni shu oliygohning san'at tarixi boʻyicha professori hamda Sanʼat studiyasi dasturi boʻyicha magistratura bosqichi direktori lavozimlarida ishlamoqda.

SH

Dr. Sally Hickson

Doktor Sally Hikson Shimoliy Italiya Uygʻonish davri san'ati uchun muharrir yordamchisi. Guelph universitetida Uygʻonish davri san'ati tarixining dotsenti. Sally Yale Universitetidagi Beinecke kutubxonasi tomonidan qadimgi kitoblar hamda qoʻyozmalar boʻyicha H.P.Kross stipendiyasini qoʻlga kiritigan (2009); Uygʻonish va Reformatsiya davri jurnali tomonidan Natali Zemon Davis mukofotiga sazovor boʻlgan (2010). Shuningdek, u “Women, Art and Architectural Patronage in Renaissance Mantua: Matrons, Mystics and Monasteries” (2012) kitobining muallifi. “The Art of Deception” asariga hammualliflik qilgan.

RJE

Dr. Rebecca Jeffrey Easby

Doktor Rebeka Jefri Easby XIX asrda san'ati tahrirlovchisi boʻlib, Vashingtondagi Trinity Vashington Universitetining San'at tarixi va Tasviriy sanʼat kafedrasining dotsenti hisoblanadi. Uning tadqiqotlarini "Burlington" jurnali va "Tarix va jamoatchilik: Viktoriya Oʻrta asrlaridagi insholar" (Garland Press) nashrlaridan topish mumkin. U doktorlik dessertatsiyasini London universiteti tarkibidagi Kortol sanʼat institutida yoqlagan.

SF

Dr. Steven Fine

Doktor Steven Fine yahudiy san'ati kontentining muharrir yordamchisi. U yahudiy tarixi boʻyicha doktorlik ishini Quddusdagi Ibroniy universitetida yoqlagan. Magistraturani esa Sanʼat tarixi boʻyicha Janubiy Kaliforniya universitetida tamomlagan. Uning “ine’s Art and Judaism in the Greco-Roman World: Toward a New Jewish Archaeology” nomli kitobi 2009-yilda Yahudiy fanlari asotsatsiyasining Iordan Schnayzer kitob mukofotini qoʻlga kiritgan. Hozirda u Yeshiva universitetining Yahudiy tarixi boʻyicha professori, Titus arkini raqamli restavratsiya qilish loyihasining direktori boʻlib ishlamoqda.

LGKE

Dr. Lauren G. Kilroy-Ewbank

Doktor Lauren G. Kilroy-Ewbank Lotin Amerikasi mustamlakachilik davri san'ati kontentining yordamchi muharriri. U Los-Anjelesdagi, Kaliforniya Universitetining Sanʼat tarixi yoʻnalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2013-yilda Mrs.Giles Whiting fondining stipendiyasiga sazovor boʻlgan. Hozirda Nyu York shahar universitetining Sanʼat tarixi yoʻnalishi boʻyicha dotsenti.

EML

Dr. Elizabeth Macaulay-Lewis

Doktor Elizabet Makulay-Levis Islom dunyosi san'ati boʻlimining muharrir yordamchisi. U arxeolog va arxitektura tarixchisi. Hozirgi kunda Nyu York shahar universitetining Bitiruvchilar Markazida dotsent lavozimida ishlaydi. Shuningdek, Amerika Arxeologiya Institutining boshqaruv kengashiga xizmat qiladi. Oksford Universitetining klassik arxeologiyasida Doktorlik ishini yoqlagan.

JM

Dr. Joanna Milk Mac Farland

Doktor Joanna Milk Maks Farland XIV-XV asr Toskana san'ati boʻlimining muharrir yordamchisi. Yaqinda London universitetiga qarashli Kortauld Sanʼat institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Hozirgi vaqtda u Italiyaning dastlabki uygʻonish davrini vizual tasvirlashga bagʻishlangan kitob loyihasi ustida ishlamoqda.

NR

Dr. Nancy Ross

Doktor Nensi Ross Oʻrta asr san'ati boʻlimining muharrir yordamchisi. 2007-yilda Kembrij universitetining San'at tarixi fakultetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Uning ixtisosligi oʻrta asrlar qoʻlyozmalarga ixtisoslashgan va hozirda Yuta shtati Dixie kollejida san'at tarix fanidan dars beradi.

AY

Allison Young

Allison Young global zamonaviy va hozirgi davr san'ati boʻyicha kontent muharriri yordamchisi. Nyu York universitetiga qarashli Tasviriy san'at institutida San'at tarixi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. U Boʻston San'at muzeyida, Brandeis universitetidagi Rose Art Muzeyida va Metropolitan Art muzeyida ishlagan. Hozirda Allison Nyu York Universitetining Londondagi Global Tadqiqot Markazida aspirant hisoblanadi.

BJZ

Dr. Bryan J. Zygmont

Doktor Bryan J. Zygmont Amerika san'ati boʻliming kontent boʻyicha muharrir yordamchisi. U 2006-yilda Meriylend universitetining Sanʼat tarixi hamda Arxiologiya fakultetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Hozirda u Ayova shtatiDubuk shahridagi Klark universitetida san'at tarixi boʻyicha dotsent. Zygmunt “Nyu York shahri: Portret va Siyosat” kitobining, Milliy portret galereyasiga tashrif buyurgan olimdan yozib olingan “ 1790-1825: Gilbert Stuart, John Vanderlyn, John Trumbull, and John Welsey Jarvis” kitobining muallifi hisoblanadi. Zygmunt 2013-yil Fulbryat mukofotini olgan.

KBA

Dr. Kris Belden-Adams

Doktor Kris Belden-Adams Missisipi universitetida San'at tarixi fanidan dars beruvchi professor. Uning sanʼat ishlari Afterimage, Cabinet va Metropolitan Art Museum of 2012 ning "Faking it: Manipulated Photography before Photoshop" kitobidan joy olgan.

WA

Dr. William Allen

Doktor Uilyam Allen Arkanzas shtat universitetida san'at tarixidan dars beradi. Uilyam Jon Hopkins universitetida “Vizantiya san'ati va arxitekturasi” mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. U juda koʻp mamlakatlarga sayohat qilgan. Bir necha yil Turkiya va Afgʻonistonda yashagan.

JA

Dr. Jessica L. Ambler

Jessika L. Ambler Santa Barbaradagi Kaliforniya universitetida Rim arxitekturasi mavzusida doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan. Santa Barbaradagi Kaliforniya universitetida ilmiy xodim, keyinchalik esa Santa Barbara Sanʼat muzeyida yordamchi boʻlib ishlagan. Hozirda Janubiy Nyu-Hempshir Universitetida Gumanitar fanlardan online dars beradi.

CA

Dr. Colette Apelian

Doktor Kollet Apelian Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universitetida Islom sanʼati hamda meʼmoriy tarix yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Doktor Apelyan Marokashda yashaydi va tadqiqotlar olib boradi. Hozirgi paytda fransuz mustamlakasi Fezida elektr va avtomobil tarixi haqida qoʻlyozma yozmoqda. Bundan tashqari Shimoliy Afrikaning vizual madaniyatiga bagʻishlangan boshqa loyihalarni amalga oshirmoqda. Doktor Apelyan Berkli shahar kollejida online dars bermoqda.

RDA

Roger D. Arnold

Rojer D. Arnold hozirda Bruklin muzeyida Afrika, Tinch okeani orollari, Osiyo va islom dunyosi san'ati boʻyicha murabbiy yordamchisi boʻlib ishlaydi. U Nyu York shahridagi muzeylar, kutubxonalar va arxivlarda professional uchrashuvlar oʻtkazgan. Uning ilmiy qiziqishlari G'arbiy va Markaziy Afrika matolari hamda Amerika muzeylarida namoyish etilayotgan Afrika san'ati naʼmunalari bilan bogʻliq. U Nyu York shahr Universitetining Shahr kollejida va Xobart Vilyam Smit kollejida Sanʼat tarixi va Afrika madaniyati boʻyicha tahsil olgan.

DAH

Dr. Darius Arya He

Doktor Darius Arya 2002-yil Ostin shahridagi Texas universitetida klassik arxiologiya mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. U Fulbrayt va Rimdagi Amerika Akademiyasi tomonidan taqdim etilgan stipendiyalar sohibi boʻlgan. ning aʼzosi. Darius Amerikadagi Rim madaniyati institutiga asos solgan. Koʻpgina joylarda, jumladan Rim forumida va Ostia Anticaʼda qazishma ishlari olib borgan. Uning ilmiy ishlari “Historiy”, “National Geographic”, “Discovery Channel” kabilarda namoyish etilgan.

JAB

Dr. Jeffrey A. Becker

Doktor Jeffrey A. Becker Italiyan-Rim arxitekturasi va urbanizatsiyasiga bagʻishlab tadqiqotlar oʻtkazdi. Oʻrta yer dengizi havzasida shaharsozlik, qurilish texnikasi, shaharni rejalashtirish, Rim villasi va arxeologiya nazariyasi kabilar unda katta qiziqish uygʻotdi. Becker Shimoliy Karolina Universitetida klassika boʻyichatahsil olgan. Rim va uning atrofida bir necha yil ishlagan, professor hamda arxeolog sifatida katta tajribaga ega.

JBdD

Dr. Javier Berzal de Dios

Xaver Berzal de Dios oʻzining doktorlik dissertatsiyasini Ogayo davlat universitetida himoya qilgan. G'arbiy Vashington universitetida boshlangʻich zamonaviy san'at va tanqidiy nazariya boʻyicha dotsent boʻlib ishlaydi. Uning tadqiqotlari va asarlari makon va zamon tushunchilariga moslashtirilgan holda san'at, arxitektura va nazariyaga ixtisoslashtirilgan.

CB

Christine Bolli

Kristina Bolli Santa Barbara shahridagi Kaliforniya Universitetida Roman uslubidagi Provans va Sistersian meʼmorchiligi mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Kristina Santa Barbaradagi brooks institutida, Venturadagi Chennel Aylend Kaliforniya universitetlarida ishlaydi. “Art Fix Daily” jurnalida maqolalari chiqib turadi.

DB

Doris Bravo

Doris Bravo Ostin shahridagi Texas universitetida San'at tarixi yoʻnalishi “Yigirmanchi asr Lotin Amerikasi san'ati” mavzusida doktorlik dessertatsiyasi yoqlagan. Ayni paytda u Chilida Xalqaro Taʼlim Magistrantlarining Xalqaro Tadqiqot Instituti koʻmagida oʻz dissertatsiya ishini yakunlamoqda.

AB

Alexander Brey

Aleksandr Brey Bryn-Mavr Kollejida San'at tarixi yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy ishlari ilk oʻrta asrlardagi trichxon obidalari va Mushatta nomi bilan tanilgan ilk Islom saroyiga bagʻishlangan. Dissertatsiya mavzusi esa Umaviylar imperiyasi davrida yaratilgan meʼmoriy bezaklaridagi ov tasvirlari haqida boʻlgan.

KTB

Dr. Katherine T. Brown

Doktor Katerin T. Brown Ogayo shtati, Shimoliy Kanton shahridagi Uvolsh universitetining San'at tarixi professori va muzeyshunoslik boʻlimi direktori. U magistratura va fan nomzodi darajalarini Blomingtondagi Indiana universitetida tamomlagan. Tadqiqot ishlari Oʻrta asrlar va Uygʻonish davri san'atidagi Madonna della Misericordia rasmlari, Uygʻonish davri Venetsiyadagi portret va Luka Signorelli qasidasi mavzularida boʻlgan.

CB

Dr. Catherine Burdick

Doktor Ketrin Burdik Chikagodagi Illinois universitetida Sanʼat tarixi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy ishi: “Kolumbgacha boʻlgan Mezoamerika va Maya klassik ierogliflari” mavzusida boʻlgan. U bir qancha muassasalarda, jumladan Miluokidagi San'at va Dizayn Institutida va Chikagodagi Ilinois universitetida san'at tarixidan dars bergan.

EC

Emily Casden

Emili Casden 2011-yil Hunter kollejining san'at tarixi fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan. U XX asr modernizmi mutaxassisi boʻlib, Germaniya ekspressionizmi, futurizm, urushlar va urushdan keyingi san'at, san'at nazariyasi va estetikasi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan.

MC

Matt Collins

Matt Collins Garvard universitetida oʻrta asrlar va zamonaviy madaniy tarixga oid Italiya tadqiqotlari ixtisosligi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasi yoqlamoqda. U Nyu York universitetiga qarashli tasviriy sanʼat institutida magistr bosqichini tamomlagan. Uning tezisi fashist tuzumi ostida propaganda quroliga aylangan adabiyot, san'at va meʼmorchilik haqida. Shuningdek, desseratsiyasida Dantening "Ilohiy komediya"si tasvirlari alohida oʻrganiladi.

CC

Dr. Christina Connett

Doktor Kristina Konnet Massachusets shtatining Nyu Bedford shahridagi Uoling muzeyidagi koʻrgazmalar va toʻplamlarni tadqiq qiluvchi muzey xodimi. Yangi Zelandiyadagi Oukland universitetining magistratura bosqichi tamomlagan. Ispaniyadagi Valensiya universitetida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Konnet Rud Ayland Dizayn maktabi hamda Dortmunddagi Massachusest universitetida Sanʼat tarixi va Kartografiya tarixidan dars beradi.

PC

Pippa Couch

Pippa Couch Londondagi Courtauld san'at institutining San'at tarixi boʻyicha magistraturasini tamomlagan. Uning ixtisosligi Vizantiyada antik davr sanʼati mavzusi. Hozirda u Courtauld Institut Galereyasida va Londondagi Dulwich Rasm galereyasida galeriya yetakchisi boʻlib ishlaydi.

JD

Dr. Joseph Dauben

Doktor Jozef Dauben - Gerbert H. Lehman kolleji va Nyu York shahar universitetining atoqli tarix fani professori. U fanlar tarixi, matematika tarixi, ilmiy inqilob, fan sotsiologiyasi va intellektual tarix kabi mavzularda ilmiy asarlar nashr ettirgan. Garvard Universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

RD

Dr. Radha Dalal

Doktor Radha Dalal, Qatardagi Doxa shahrida joylashgan Virjiniya Hamdoʻstligi Universitetida islom san'ati va arxitekturasi yoʻnalishining dotsenti. U XIX va XX asr boshlarida Usmonli imperiyasining meʼmorchiligi va shahar muhiti hamda imperiyaning boshqa Evropa va Osiyo davlatlari bilan ijtimoiy-siyosiy aloqalarini oʻrganib kelmoqda.

LD

Linda Downs

Linda Dauns san'ati kolleji assotsiatsiyasining bosh ijrochi direktori. Bundan oldin Figge San'at muzeyi direktori; Milliy san'at galereyasida Taʼlim direktori; Detroyt San'at Institutida taʼlim boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Michigan universiteti san'at tarixining magistratura bosqichini tamomlagan. Amerika universitetida tarix fanidan aspirantura bosqichini, Ueyn Davlat Universitetining Monteit kollejida falsafa-bakalavri bosqichini tamomlagan.

KK

Dr. David Drogin

Doktor Devid Drogin 2004 yildan buyon Texnologiya institutining SUNY Moda fakultetida San'at tarixi fanidan professori boʻlib ishlaydi. Ilgari Uesliyan, Garvard va Yale universitetlarida dars bergan. Italiya Uygʻonish davri san'ati mutaxassisi. Magistraturani ham doktorlik darajasini ham Garvard universitetida tamomlagan.

KK

Dr. Davor Džalto

Doktor Davor Zalto - Rimning Amerika universiteti san'at tarixi, san'at nazariyasi va dinshunoslik kafedrasining dotsenti. Freyburg universitetida doktorlik dessertatsiyasini “Rassomning oʻz-oʻzini boshqarish san'atidagi oʻrni” mavzusida yoqlagan. U 5 ta kitob 30 dan ortiq ilmiy maqola va esseylar muallifi.

NEM

Dr. Nausikaä El-Mecky

Doktor Nausikaa El-Makki Berlindagi Gumboldt universitetida “Bildakt va Verkörperung” fanlararo tadqiqotlar guruhining xodimi. BUnda tashqari Berlin Freie universiteti va Niderlandiyadagi Utrex universiteti maruzachisi boʻlib ishlaydi. U 2013-yil Garvard universitetida sanʼat tarixi boʻyicha “Xavfli san'at: Yevropa san'atiga uyushtirilgan huquqiy xurujlar nazariyasi sari” mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan.

AF

Dr. Allen Farber

Doktor Allen Farber 1981-yildan buyon Oneonta shtatidagi Nyu York universitetida dasr berib keladi. U qadimiy davr , oʻrta asrlar va Uygʻonish davri san'ati kurslarini oʻqitishga mas'ul. 1980-yil Kornell universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

AF

Dr. Abram Fox

Doktor Abram Fox Merilend universitetida “XVII asrda ingliz va amerika suratlari” mavzusida tarixshunoslik va arxeologiya fanlari boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Dissertatsiyasiga qoʻshimcha ravishda Benjamin Uest ustaxonasida transatlant orqali badiiy va taʼlim almashinuvi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, Abram XIX ga tegishli Chex markalari va komikslarini ham toʻplam shaklida chop ettirgan.

BF

Dr. Bernard Frischer

Doktor Bernard Frischer “Virtual meros hamda mumtoz dunyo va uning saqlanib qolishi” toʻgʻrisida oltita kitob va juda koʻplab ilmiy maqolalarga mualliflik qilgan. U Blomingtondagi Indiana universitetining Informatika fani professori. Avvalroq Virginiya universitetida Sanʼat tarixi va klassikasi boʻlimining professori, Virtual dunyo merosi laboratoriyasining direktori lavozimida ishlagan. Doktor Frischerning “Rimning qayta tugʻilishi”, “Aurelian devorlari orasidagi Rim”ning virtual qayta tiklanishi singari koʻplab loyihalari mavjud. U doktorlik dessertatsiyasini Geydelberg universitetida himoya qilgan.

JF

Dr. Julia Fischer

Doktor Yuliya Fischer Janubiy Jorjiya universitetida San'at tarixi boʻyicha maʼruzachisi. Shuningdek, u Kolumbos Sanʼat va dizayn kolleji, Denison universiteti, Ogayo davlat universitetida ham talabalarga dars beradi. Uning dissertatsiyasi “Faqat sizning koʻzingiz uchun: Rim Imperial Kameosidagi shaxsiy targʻibot” mavzusida boʻlgan. U Rim imperiyasi kameolarining ikonografiyasini tadqiqot qiladi.

MF

Meg Floryan

Meg Floryan magistrlik darajasini Tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha Nyu Yorkdagi Soteby institutida tamomlagan.

JF

Jennifer Freeman

Jennifer Freeman oʻrta asrlar san'ati va ilohiyoti oʻrtasidagi munosabatlarga qiziqadi. 2009-yil Yele Divinitiy maktabining Ilohiyatda sanʼat yoʻnalishi boʻyicha magistr bosqichini tamomlagan. Hozirda Vanderbilt Universitetida doktorlik ishi yozmoqda.

SGL

Dr. Shana Gallagher-Lindsay

Doktor Shana Gallagher-Lindsay 1994-yildan buyon Nyu York shtat universitetiga qarashli Texnologiya institutining Moda fakultetida Gʻarb sanʼati tarixi fanidan dars berib keladi. Uning mutaxassisligi zamonaviy hamda bugungi davr sanʼati va fotografiya. U doktorlik ishini 2003-yil Nyu York shahar universitetida, “Montaj boʻyicha sanʼatkor Marsel Broodthaers” mavzusida himoya qilgan.

SG

Dr. Senta German

Doktor Senta German, hozirgi paytda Oksford Universiteti Ashmolean San'at va Arxeologiya muzeyida ishlaydi. Egeydagi Kolumbiya universitetida Yunon va qadimgi Yaqin Sharq arxeologiyasi va san'ati mavzusida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. U sanʼat hamda qadimgi Yunon jamiyatining oʻzaro kesishmasiga ishlash sharoiti, jinsi, noqonuniy antikvarlar savdosi va qalbakilashtirishning taʼsirini juda katta qiziqish bilan oʻrganadi. U Kolumbiya universiteti, Nyu York universiteti, Rutjers universiteti hamda Montkler shtat universitetlarida dars bergan.

BSGN

Dr. Beth S. Gersh-Nesic

Doktor Bet S. Gersh-Nesik Nyu York shtat universitetida Sanʼat tarixi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda Parcheyz kollejida Sanʼat tarixidan dars bermoqda. U Pikasso ijodi va kubizm janriga ixtisoslashgan zamonaviy san'at turlarini oʻrganadi.

PG

Dr. Parme Giuntini

Doktor Parme Giuntini Los Anjelsdagi Kaliforniya universitetida “XVIII asr Britan rassomchiligi va mahalliy idealning zamonaviy rivojlanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Doktor hozirgi kunda Otis san'at va dizayn kollejida "San'at tarixi" dasturiga rahbarlik qiladi. Doktor inson portretidan tashqari moda sohasiga ham ilmiy qiziqish bildirgan.

AKH

Dr. Amy K. Hamlin

Doktor Amy K.Kamlin XX asr boshida nemis san'ati, xususan Maks Bekman asarlari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. U Nyu Yorkdagi Tasviriy San'at Institutida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda St.Ketrin universitetida sanʼat tarixi fanidan dars bermoqda.

KMH

Dr. Kristen M. Harkness

Doktor Kristen M. Xarkness XIX asr oxirlarida rus san'ati va uning butun Yevropada rivojlanib borayotgan turli xil san'at va hunarmandchilik turlariga aloqadorligini oʻrganuvchi mutaxassis. Doktor Harknes hozirda Gʻarbiy Virjiniya universitetida maruzachi, oʻzi doktorlik yoqlagan Pitsburg universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi.

SH

Sophie Harland

Sofi Xarland Courtauld sanʼat instutining magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirgi kunda “XVIII asr Britaniya qadimiy haykaltaroshligini restovratsiya qilish” mavzusida dessertatsiya yozmoqda. Oʻqishi davomida u bir qator galereya nashrlarida ilmiy maqolalar eʼlon qilgan. Shuningdek, Courtauld Galereyasida oʻtkazilgan konferensiyalarda nutq soʻzlagan.

JH

Dr. Jessica Hammerman

Doktor Jessika Hammerman Oregon shtati, Bend shahridagi Markaziy Oregon Kommuna kollejida Jahon va Yevropa tarixi fanidan dars beradi. Hozirgi kunda “1950-60 - yillarda Jazoirni yakson qilishda yahudiylar, musulmonlar va nasroniylarning oʻzaro taʼsiri” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

SH

Dr. Shaina Hammerman

Doktor Shayna Hammerman “Yahudiy tarixi va madaniyati” mavzusi boʻyicha Kaliforniya shtatidagi Berkely ilohiyot boʻyicha aspirantlar uyushmasida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Uning mutaxassisligi yahudiy madaniyatining Fransuz va Amerika kino sanʼati hamda adabiyotida tutgan oʻrni boʻyicha. Doktor Shayna Ilohiyot boʻyicha aspirantlar uyushmasida, Devisdagi Kaliforniya universitetida, Mills kollejida dars bergan.

LAH

Leila Anne Harris

Leyla Anna Xarris, Nyu York Siti Universitetining aspirantlar markazida fotografiya tarixi ixtisosligi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasi yozmoqda. Uning ilmiy tadqiqoti XIX asr fotosuratlarida inson tasviri va ijtimoiy hayot mavzularini qamrab olgan.

SLH

Dr. Shawnya L. Harris

Doktor Shavna L.Harris Elizabeth Siti Davlat Universitetida San'at Tarixi boʻyicha professor boʻlib ishlaydi. Chapel Hill shahridagi Shimoliy Karolina universitetida san'at tarixi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy tadqiqoti hozirgi va zamonaviy sanʼatning Afrika diasporasi va sanʼat kolleksiyalari hamda homiylik muammolariga bagʻishlangan.

BH

Dr. Benjamin Harvey

Benjamin Harvey, Missisipi shtat universitetining sanʼat tarixi fakultetining dotsenti, Ben aspiranturani Britaniyaning Birmingem universitetida tamomlagan. Shuningdek, Chapel Hilldagi Shimoliy Karolina universitetida ham tahsil olgan. Uning ilmiy tadqiqoti XIX asr Fransiya va XX asr boshida Britaniyada soʻz va tasvir muammolariga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari koʻplab joylarda nashr etilgan, jumladan Kornel va Edinburg universitetlarining matbuotida, MacMillan poligrafiya bosmaxonasida.

MH

Dr. Margaret Herman

Margaret Xerman Nyu York City universitetining aspirantura markazida “XIX asr boshlarida arxitektura va shaharsozlik” mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. U hozirda Parsonsda joylashgan shahar kollejida va Montkleyr shtat universitetida sanʼat va arxitektura boʻyicha dars beradi.

HAH

Dr. Heather A. Horton

Doktor Hezer A. Hortonning ixtisosligi Oʻrta asrlar va Uygʻonish davri san'ati va meʼmorchilik tarixi mavzusi boʻyicha. Doktor ayniqsa yozuvchi va meʼmor Leon Battista Alberti asarlarini katta qiziqish bilan oʻrganadi. Horton tasviriy sanʼat institutida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan.

RK

Roshna Kapadia

Roshna Kapadia Pensilvaniya universitetida Janubiy Osiyo tadqiqotlari boʻyicha magistratura bosqichini bir necha yillar oldin tamomlagan boʻlishiga qaramay, yaqinda Jorj Mason universitetining San'at tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini ham tamomladi. Uning diqqat markazi Janubiy Osiyo sanʼati(Buddizm haykaltaroshligi, Hind arxitekturasi, Moʻgullar davrida islom musavvirligi)ni oʻrganishga qaratilgan.

FK

Farisa Khalid

Farisa Xalid Tasviriy sanʼat instituti sanʼat tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. Uning asosiy qiziqish doirasiga - XIX - XX asr Amerika san'ati va tasviriy madaniyati hamda Janubiy Osiyo san'atida oʻziga xos ixtisoslik mavzulari kiradi.

KK

Katrina Klaasmeyer

Katrina Klaasmeyer "Kapitalistik realizm: Gerxard Rixter, Sigmar Polke va Konrad Lyuegning asarlari, 1962-67 yillar" nomli tezislari bilan Oregon shtatining San'at tarixi yoʻnalishida magistr darajasini oldi. Katrin Iordan Shintzer sanʼat muzeyida 1940-50-yillarda urush va muhabbat mavzularini yoritgan Yapon manga sanʼatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilgan.

JK

Dr. Juliana Kreinik

Julian Kreinik Nyu York tasviriy sanʼat institutida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Bir necha yillar Nyu York shahar universiteti, New Platz, Pace universiteti, Pratt institutida fotografiya tarixi fanidan dars bergan, Veymar Respublikasi davri nemis sanʼati mavzularida maruzalar soʻzlagan.

CL

Chad Laird

Chad Laird 2005-yildan buyon Moda texnologiyalari Institutining San'at tarixi boʻlimida dars berib kelmoqda. 2000-yilda Stoni Brook universitetining San'at tarixi va tanqidchiligi fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirgi kunda esa rejissiorlik, musiqa hamda ovoz berish sanʼatini oʻrganmoqda.

JL

Julia Langley

Yuliya Langli Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetining antik yunon san'ati tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, Jorj Vashington Universitetida muzeyshunoslik boʻyicha aspirantura bosqichini tamomlagan. Ilmiy ishi “National Mill”dagi urush yodgorliklarini oʻrganish mavzusida boʻlgan.

AL

Dr. Ayla Lepine

Doktor Ayla Lepin Britaniyaning XIX sardagi sanʼati va meʼmoriy tarixining asl mutaxassisi. 2011-yilda Courtauld sanʼat institutida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Unda oldin esa sanʼat tarixi hamda ilohiyot yoʻnalishi boʻyicha Victoria va Oksford universitetlarida tahsil olgan. Uning dissertatsiyasi gotik uygʻonish, anglikanizm, Oksford va Kembrij meʼmorchiligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganishga qaratilgan edi.

DM

Dana Martin

Dana Martin 2012-yil Long Beach State Universityning san'at tarixi yoʻnalishida magistratura bosqichini tamomladi. Uning dissertatsiyasi amerika san'atida qahramonlarcha oʻlimni tasvirlashga bagʻishlangan. Ayni paytda janubiy Kaliforniyada san'at tarixi va gumanitar fanlardan dars bermoqda.

AM

Dr. Anne McClanan

Doktor Anna MakKlanan Portlend davlat universitetida dars beradi. U Vizantiya imperatorlari tahliliga doir, Ikonoklazm antalogiyasi (xitoy tilida ham nashr etilgan), Jinsiy hayot nikoh va naslning moddiy madaniyatiga doir antalogiyalarni nashr ettirgan.

JM

Dr. Jennifer N. McIntire

Doktor Jennifer N. MakIntayr Dortmuntdagi Massachusets universitetida san'at tarixidan dars beradi. Uzoq Sharq san'ati tarixi boʻyicha Printstaun universitetida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Eng katta maqsadi Xitoy sanʼatini barcha uchun ochiq va tushunarli qilishga erishish.

JM

Jp McMahon

Jp MakMahon Irlandiyaning kollej Kork universitetida San'at tarixidan doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda u oʻsha universitetning kattalar taʼlimi boʻlimida Yevropa san'ati tarixidan dars beradi, shuningdek, diplom boʻyicha akademik koordinator hisoblanadi. 1945-yildan buyon Amerika san'atiga bagʻishlab esseylar eʼlon qilib turadi.

JM

Jeremy Miller

Jeremi Miller 2006-yildan buyon San-Frantsiskoda joylashgan Dizayn va savdo-sotiq moda institutida sanʼat tarixidan dars beradi. 2007-yil San Fransisko davlat universitetining Sanʼat tarixi fakultetida Venetsiya sanʼati mavzusi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan.

SM

Shadieh Mirmobiny

Professor Shadieh Mirmobiny Folsom Leyk kollejida san'at tarixidan dars beradi. Bundan tashqari Sierra va Amerika River kollejlarida Gʻarb va Gʻarbga xos boʻlmagan sanʼat fanidan dars beradi. U bor eʼtiborini sanʼat tarixining tanqidiy nazariyasini oʻrganishga qaratgan.

BJN

Dr. Bonnie J. Noble

Doktor Bonni J.Noble Shimoliy Uygʻonish davri kontenti uchun masʼul muharrir. Professor Charlotte shahrining Shimoliy Karolina universitetida San'at tarixidan dars beradi. Shimoliy-G'arbiy Universitetning sanʼat tarixi yoʻnalishida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Pensilvaniya universitetida magistratura bosqichini tamomlagan. Ixtisosligi boʻyicha Shimoliy uygʻonish davri sanʼati hamda XVI asr nemis rassomchiligi mavzularini oʻrganadi.

NCP

Dr. Noelle C. Paulson

Doktor Noelle C.Paulson St.Luisdagi Vashington universitetining magistratura va doktorlik bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha XIX asr Yevropa sanʼat tarixini oʻrganadi. 2009-yilda Shvedsariyaga koʻchib kelganda buyon mustaqil sanʼat tarixchisi, tandqiqotchi, bir qator mamlakatlarning muzeylari uchun maqola va ilmiy ishlar yozadigan erkin ishchi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

IP

Isaac Peterson

Isak Peterson rassom, yozuvchi va oʻqituvchi. Uning asarlari asosan "Flash Art" jurnalida chop etiladi. Odatda studiyadagi ishida u rasm chizish va animatsiya bilan shugʻullanadi, lekin doimiy ravishda yogʻli moʻyqalam bilan rasm chizishni mashq qilib boradi.

DP

Dianne Pierce

Dianne Pirs Nyu York davlat universitetida dekorativ san'atlar tarixi, zamonaviy dizayn, muzeyshunoslik va Nyu York shahrining meʼmorchiligi tarixidan dars beradi. Bundan tashqari, Dianne Nyu Yorkdagi Dizayn yangi maktabining ruhoniylar fakultetida dekorativ san'at va boshqa kurslardan dars beradi.

BP

Ben Pollitt

Ben Pollitt Edinburg universitetida San'at tarixi va ingliz adabiyoti fanidan dars beradi. U Hampstead tasviriy sanʼat kolleji va Kensingtondagi Ashbourne Kollejida San'at tarixi fanidan dars beradi. U sanʼat tarixi boʻyicha A darajali imtihonchi.

CP

Dr. Chloe Portugeis

Doktor Xlo Portugeis 2014-yilda Yele Universitetida Viktoriya san'ati boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. U Nyu York shahar universiteti va Vanderbilt universitetlarida ilmiy kitoblar nashr ettirgan. Yale markazida Britaniya san'atini tadqiq qiluvchi xodim boʻlib, Venesiya Guggenheim va San-Fransisko de Young muzeylarida amaliyotchi boʻlib ishlaydi.

MP

Dr. Matthew Postal

Doktor Metyu Postal XX asr meʼmorchiligi va urbanizatsiya boʻyicha mutaxassis tarixchi. Vassar kolleji va Nyu York tasviriy san'at institutlarini tamomlagan. 1998-yilda City University Graduate markazida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U oʻz dissertatsiyasida modernizm, muzeylar va ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrgangan.

SP

Dr. Shannon Pritchard

Doktor Shannon Pritchard Indiana shatati Evansvil shahrida joylashgan Janubiy Indiana universitetining San'at tarixi boʻyicha professori. U Jorjiya universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy izlanishlarning davomiy yoʻnalishlari orasida XVI asrning oxirida Florensiya, Karavaggi va uning qoʻlyozmalaridan foydalanish hamda Florensiyadagi ʼAccademia del Disegnoʻdagi Giambolognaning roli mavzulari katta ahamiyat kasb etadi.

SR

Stephanie Roberts

Stefani Roberts, London shahridagi Courtauld sanʼat Institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Uning ilmiy qiziqishlari orasida XIX asr Britaniya san'ati, Uels san'ati tarixi, Tudorlar hamda Stuartlar sulolasiga ishlangan portretlar majmuasi bor.

LR

Lynn Robinson

Linn Robinson Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti sanʼat tarixi fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan. Shuningdek, u Jon F. Kennedi universitetining muzeyshunoslik fakultetini ham tamomlagan. Hozirgi kunda Kaliforniyadagi San'at kollejida Visual tadqiqotlar fanidan dars beradi.

EOR

Emmanuel Ortega Rodríguez

Emmanuel Ortega Rodriguez Nyu-Meksiko Universitetida Ibero-Amerika mustamlakachilik san'ati tarixi mavzusida doktorlik dessertatsiyasini yoqlagan. Uning ilmiy izlanishlari “Lotin Amerikasining mustamlaka sharoitida yaratilgan zoʻravonlik va oʻlim tasvirlarining oʻziga xos tabiati” mavzusida boʻlgan.

SR

Shawn Roggenkamp

Shon Roggenkamp Courtauld sanʼat institutida Sanʼat tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. U “XX asrning boshlarida nemis san'ati va madaniyati, urushdan keyingi Amerikaning tasviriy va ijrochilik san'atining bir maromda rivojlanish bosqichlari”ni ilmiy oʻrgangan.

RSR

Rachel S. Ropeik

Rachel S.Ropeik Bruklin muzeyida muzey yoʻl boshchisi hamda oʻqituvchilarga xizmat koʻrsatish kordinatori. XIX asr sanʼati hamda liboslar tarixidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganuvchi mutaxassis. U Courtauld sanʼat institutining sanʼat tarixi yoʻnalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

JR

Josh Rose

Josh Rose 2003-yili Shimoliy Texas universitetining San'at tarixi fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. Shundan beri u muzeyshunoslikdan dars beradi. Nasher haykaltaroshlik markazida hamda Dallas sanʼat muzeyida ishlaydi. U Syurrealizm hamda syurrealistik fotografiyaga katta qiziqish bildirgan.

ER

Elisabeth Rowney

Professor Elisabet Rovney - Florida shtati Winter Park shahrida joylashgan Full Sail universitetining Sanʼat tarixi fakultetida dars beradi. U Janubiy Florida universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. U urushda halok boʻlgan ayollar konsepsiyasiga katta qiziqish bildirgan.

JMS

Dr. Jordana Moore Saggese

Doktor Yordana Mur Saggese Kaliforniya San'at kolleji Vizual tadqiqotlar kafedrasining dotsenti. Sanʼat tarixidan dars beradi. Professsor qorongʻilikning ifodalari va nazariyalariga urgʻu beruvchi zamonaviy va bugungi kun sanʼati mavzusiga qiziqish bildirgan.

WS

Dr. Wendy Schaller

Doktor Wendy Schaller Ashland Universitetida San'at Tarixi professori. U Tennessee universitetining bakalavr bosqichini tamomlagan. Doktorlik hamda magistratura bosqichlarini Ogayo shtati universitetining san'at tarixi fakultetida tamomlgan. Uning tadqiqotlari asosan XVII asr Gollandiyada bolalar portretlar, oʻlim, qaygʻu va tasalli mavzusiga qaratilgan.

KS

Karen Schifman

Karen Schifman ayol sanʼatkorlar ijodini va vizual madaniyatda ayollarning oʻrnini oʻrganuvchi san'atshunos olim. Nortrijdagi Kaliforniya universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

KS

Dr. Karen Shelby

Professor Karen Shelby Nyu York shahridagi City University of Baruch kollejida san'at tarixidan dars beradi. Uning tadqiqotlari Buyuk urush davrida Flemish millatchiligining vizual madaniyatiga qaratilgan. “Flemish Nationalism and the Great War: The Politics of Memory, Visual Culture and Commemoration” nomli kitobi 2014-yil bahorda nashr qilingan.

VS

Valerie Spanswick

Valerie Spanswick Sietldagi Vashington universitetida san'at tarixi fakultetining bakalavr bosqichini tamomlagan. U yerda, Rimdagi klassik va barok san'ati va meʼmorchiligini oʻrgangan. York Universitetining magistratura bosqichida XVIII va XIX asr Britaniya sanʼati va arxitekturasini mukammal oʻrgangan.

VBS

Dr. Virginia B. Spivey

Virjiniya B. Spivey - XX va XXI asr sanʼat tarixi va nazariyasiga ixtisoslashgan badiiy yozuvchi. U "Case Western Reserve" universitetining san'at tarixi fakultetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Xozirda Vashingtonda yashaydi. U oʻzining ilmiy ishiga qoʻshimcha ravishda san'at tarixi boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqmoqda.

RS

Dr. Robert Summers

Doktor Robert Summers Los Anjelsdagi kaliforniya universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Otis kollejida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. 2010-2011-yillarda “Excellence in Teaching award” mukofotini qoʻlga kiritigan. Uning ilmiy ishlari “Dead Historiy”, “Live Art and Art Shame” antalogiyalarida hamda koʻplab akademik jurnallarda nashr etilgan.

LT

Dr. Laurel Taylor

Doktor Laurel Teylor Oʻrta yerning sanʼat va arxeologiyasi yoʻnalishi boʻyicha Pensilvaniya universitetida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Ashvildagi Shimoliy Karolina universitetida Klassik sanʼat fanidan dars beradi. Uning ilmiy izlanishlari qadimgi Italiyadagi dafn marosimi shuningdek, Etrusk va Rim tasviriy sanʼati orqali oʻlimning ijtimoiy maʼnosini oʻrganishga qaratilgan. Hozirda u Etrusk hamda Rim madaniyatini oʻrganish uchun Italiyaning Cetamura del Chianti shahrida yashayapti.

RT

Rebecca Taylor

Rebekka Teylor Nyu Yorkda zamonaviy sanʼat boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan. U sanʼat kommunikatsiyasi boʻyicha 10 yillik tajribaga ega. “FITZ CO”ga qoʻshilishdan oldin bir nechta jahonga mashhur muzeylar bilan hamkorlik qilgan.

ST

Dr. Susanna Throop

Doktor Suzanna Throop XII va XIII asrda Yevropada din, zoʻravonlik, mafkura va tuygʻularning madaniy chorrahasini, ayniqsa salibchilar yurishi davri sanʼatini oʻrganmoqda. Kembrij univeristetining tarix fakultetida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Toronto universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Professor hozirda Ursinus kollejida tarixdan dars beradi.

VV

Victoria Valdes

Viktoriya Valdes Virjiniya universitetida San'at va arxitektura tarixi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilyapti. U asosan Otton davriga ixtisoslashgan ilk oʻrta asrlar qoʻlyozmalari bilan ishlaydi.

RW

Rachel Warriner

Hozirgi kunda Reychel Warriner Irlandiyaning Kollej Kork universitetida Sanʼat tarixi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini yoqlamoqda. Uning tadqiqotlari urushdan keyingi feministik amaliyotga qaratilgan. 2002-yilda Dartington sanʼat kollejining (Devon, Buyuk Britaniya) bakalavr bosqichini tamomlagan. Keyinchalik DEFAULT jurnalida yordamchi muharriri boʻlib ishlagan. Urush va san'at boʻyicha bir qancha maqolalar va sharhlar chop etgan.

JW

Jessica Watson

Jessica Watson Parijdagi “École du Luvr”ning San'at tarixi fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. SSSRda propagandistik fotomontaj mavzusi haqida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

KW

Kendra Weisbin

Kendra Weisbin Islomiy sanʼat va arxitektura mavzusi boʻyicha Amherst shahridagi Massachusets universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Uning soʻnggi loyihalari orasida Metropolitan san'at muzeyidagi oʻqituvchilarning Islomiy toʻplamlari uchun qoʻllanmalarini oʻrganish mavjud.

CW

Charles Wiebe

Professor Charlz Wiebe Pitsburg san'at institutida San'at va arxitektura tarixi boʻyicha dars beradi. Pensilvaniya davlat universitetining sanʼat tarixi va arxitektura fakultetining magistratura bosqichini tamomlagan. Pittsburg va Point Park universitetlarida maruzachilik qilgan. Feonix universitetda kino sanʼatidan dars berish bilan bir qatorda fanlar boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlaydi.

KW

Dr. Kathryn Wolford

Katriyn Volford Klaremont universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy qiziqishi XVI-XVII asrlarda Yevropa hamda Atlantik okeani dunyosida roʻy bergan siyosiy inqiloblar, Protestant cherkovi reformatsiyasi hamda ilmiy inqilob mavzularini qamrab olgan. U tez-tez Hantington kutubxonasiga borib turadi. Hozirgi kunda Kaliforniya universiteti hamda Harvey Mud kollejida dars beradi.

LW

Louisa Woodville

Professor Luiza Vudvil Jorj Mason universitetida oʻrta asrlar va Uygʻonish davri san'ati tarixidan dars beradi. Oʻsha davr rassomlari yaratgan asarlarda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy nuqtayi nazarni oʻrganadi. Virjiniya universitetining Uygʻonish davri fanlari yoʻnalishining hamda Nyu York universitetining Stern Biznes maktabining magistratura bosqichini tamomlagan. Luiza Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyida hamda Manhattendagi Uiliyam Doyle auksion galereyalarida ishlagan.

CZ

Christine Zappella

Kristina Zappella Chikago universitetida San'at tarixi yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini yoqlamoqda. U Nyu York Shahar universitetining Sanʼat tarixi yoʻnalishi hamda Pace universitetining matematka yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. Kristina XVI asr Italiya rassomchilik sanʼatini katta qiziqish bilan oʻrganmoqda.

FA

Faris Al Ahmad

Faris Al Ahmad Nyu York shahar Universitetining aspirantura Markazida Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻyicha magistr darajasini olgan. Uning ilmiy qiziqishlari islom tarixi va madaniyati, zamonaviy Islomiy fikrlarni oʻrganish mavzulariga qaratilgan. Nyu York shahar Universitetining Hunter kollejida arab tili oʻqituvchisi boʻlib ishliydi.

KC

Dr. Kristen Chiem

Kristen Sharqiy Osiyo san'ati boʻyicha muharrir boʻlib ishlaydi. U magistraturani Garvard universitetida tamomlagan. Doktorlik dessertatsiyasini esa Los Anjelsdagi Kaliforniya universitetida himoya qilgan. Ilmiy qiziqishlari ilk Xitoy imperatorligi davrida rassomchilik mavzusini qamrab oladi. Professor hozirgi kunda Pepperdina universitetida sanʼat tarixidan dars beradi.

EF

Dr. Elisa Foster

Eliza ilk oʻrta asrlar hamda boshlangʻich Fransuz zamonaviy sanʼati va arxitekturasi mutaxassisi. Doktorlik dessertatsiyasini Bravn universitetida himoya qilgan. Keyinchalik Parij sanʼat kolleji, Janubiy Metodist universiteti hamda Arlingtondagi Texas universitetlarida dars bergan. Yanvar oyida Texas Xristian universitetida dars berish uchun joʻnab ketadi.

EH

Dr. Ellen Hurst

Ellen Nyu York shahar universitetining aspirantura markazida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy izlanishi ilk zamonaviy davrlardagi madaniy aloqalarni oʻrganish, ayniqsa XVI asrda Muskovy hamda Italiya oʻrtasidagi madaniy almashinuvlarni qamrab olgan. Professor Oʻrta Gʻarb hamda Sharqiy qirgʻoqlarda sanʼat tarixidan dars bergan. Hozirgi kunda esa Metropoltan sanʼat muzeyi hamda AQSH Davlat Departamentining Elchixonalardagi san'ati loyihalarida yozuvchi, muharrir, tadqiqotchi boʻlib ishlaydi.

RK

Dr. Rex Koontz

Reks Koontz Mesoamerika Kolumbgacha boʻlgan davr Mezoamerika san'ati boʻyicha muharrirlik qiladi. Reks Mexikoning arxeologik shaharlari hamda muzey kolleksialarini oʻrganuvchi sanʼat tarixshunosi. U Meksika tarixiga doir bir qancha muhim asarlar yozgan. Jumladan “Lightning Gods and Feathered Serpents: The Public Sculpture of El Tajin (2009, University of Texas Press)”, “Mexico: From the Olmecs to the Aztecs”. U Mexiko milliy antropologiya va tarix muzeyida Meksikaning ikki yuz yilligini nishonlashga hissa qoʻshgan Shimoliy Amerikalik uch kishidan biri. Hozirgi kunda Hyuston universitetining Sanʼat maktabining sanʼat tarixi fakultetiga direktorlik qiladi.

CBM

Dr. Claire Black McCoy

Kler Kolumbus Davlat universitetining ustoz-murabbiylar kafedrasida San'at tarixi fakultetida ishlaydi. U ilgari Virjiniya shtatining Longwood universitetida San'at tarixi kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan, u yerda Kler “Maria Bristow Starke Faculty Excellence Award” mukofotiga sazovor boʻlgan. Dr.McKoy Virjiniya kommonvelz universitetida “XIX asr Uygʻonish davri rassomlari hamda ularning Fransiya haykaltaroshlik sanʼatida tutgan oʻrni” mavzusida doktorlik dessertatsiyasi yoqlagan.

OM

Olivia Miller

Olivia Oregon universitetining magistratura bosqichida oʻqiyotgan kezlari Ispaniya qirolligida ovchilik portretini chizish anʼanasini oʻrgangan. Hozirgi kunda Arizona muzey sanʼati universitetida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilmoqda. Bundan tashqari u Oregon va Arizona shtatlarida kollej hamda oʻrta maktab bolalari uchun sanʼat tarixidan dars beradi.

EN

Erika Nelson

Erika Nelson Bruklin kollejida San'at tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. Hozirda Nyu York shahar universitetning aspirantura markazida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilmoqda. Uning mutaxassisligi Lotin Amerikasining zamonaviy va hozirgi davr sanʼatida XIX asr Meksikada chizilgan mashhur asarlarning oʻrni mavzusi boʻyicha. Erika hozirda Nyu Jersi shtatidagi Montkler davlat universitetida dars beradi.

MP

Melissa Palermo

Melisa Rays universitetining san'at tarixi boʻlimida doktorlik darajasini olgan. San-Antoniodagi Texas universiteti va Rays universitetining san'at tarixi yoʻnalishining magistratura bosqichini tamomlagan. Melissa Barok muqaddas san'ati va ilohiyoti, ruhiyati hamda tasavvuf oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganishga qiziqadi. Uning ilmiy ishi 1550-1750-yillarda chizilgan ikoalarda Isoning muqaddas yuragi, hayriya fazilati, hamda ilohiy birlik (muqaddas ruh, ota va oʻgʻil)ning oʻzaro bogʻliqligini oʻrganish mavzusida.

AP

Andreas Petzold

Andreas Manchester universitetida tahsil olgan. Courtauld san'at institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Viktoriya va Alberta muzeylarida Oʻrta asrlar hamda Uygʻonish davri sanʼati boʻlimida mutaxassis boʻlib ishlagan. Andreas “Everyman Art” loyihasida Rim sanʼati kontentiga mualliflik qilgan. Hozirgi kunda MPW London kurslarida hamda Open Universitetida maruzachi boʻlib ishlamoqda. U 2016-yil Oʻrta asrlar sanʼatida ikonagrafiyada boʻyoqlarning ishlatilishi mavzusida kitob yozgan.

MR

Dr. Melody Rod-ari

Melodi - Sharqiy Osiyo san'ati kontentini toʻldiruvchi muharrir. Los-Anjelesdagi Kaliforniya Universitetida doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Magistratura bosqichini Boston universitetida tamomlagan. Uning ilmiy tadqiqot mavzusi “Zamonaviy va hozirgi davr Tay Buddizmida vizual madaniyat”. Hozirgi kunda Norton Simon muzeyida Osiyo sanʼati boʻyicha mutaxassis hamda Janubiy Osiyo sanʼati uchun Amerika konsuligida muharrir boʻlib ishlaydi. Avgust oyidan boshlab Layola Merymunt universitetining sanʼat tarixi fakulteti jamoasiga qoʻshildi.

SS

Sarahh Scher

Sara Kolumbgacha boʻlgan davr Janubiy Amerika san'ati kontentini toʻldiruvchi muharrir. Doktorlik desserrtatsiyasini Emory universitetida yoqlagan. Magistratura bosqichini esa Yangi Mexiko davlat universitetida tamomlagan. Uning tadqiqotlari And mintaqasidagi jins, shaxsiyat va liboslar namoyishi bilan bogʻliq masalalarga qaratilgan. U Salem davlat universitetida ham dars beradi.

MS

Malka Simon

Malka Simon Nyu York Universitetning tasviriy san'at fakultetida doktorlik darajasini olgan. Malka XIX-XX asr AQSH arxitektura va shaharsozligi boʻyicha mutaxassis. Uning soʻnggi ishlari shahar landshaftini shakllantirishda sanoat arxitekturasining roliga bagʻishlangan. U Bruklin kollejining sanʼat departamentida maʼruzachi boʻlib ishlaydi.

FW

Dr. Fanny Wonu Veys

Doktor Fanny Von Veys doktorlik dissertatsiyasini Sharqiy Angliyadagi Norvich (Angliya) universitetida moddiy madaniyat antropologiyasi yoʻnalishida tamomladi. Nyu York shahridagi Metropolitan Art Museum (AQSH) va Musée du quai Branly, Parij (Fransiya)da ilmiy tadqiqot oʻtkazgan. Hozirgi kunda Niderlandiyadagi Jahon madaniyati milliy muzeyida Okeaniya boʻlimi rahbari boʻlib ishlaydi. U Avstraliyadagi tadqiqot kengashining fotografik loyihasi hamda Okeaniya tarixini toʻplovchi Yevropa tadqiqot kengashi bilan hamkorlik qiladi. Von Tinch okeani san'ati va moddiy madaniyati, muzeylar va kolleksionerlik madaniyati, Tinch okeani musiqa asboblari, Tinch okeani toʻqimalari va tarixiy buyumlarning zamonaviy sharoitdagi ahamiyatiga ilmiy qiziqish bildirgan.

NH

Nathalie N. Hager

Natali N. Hager hozirgi kunda Britaniya Kolumbiyasiga qarashli Okanagan universitetida doktorlik dessertatsiyasini yozmoqda. Uning ilmiy izlanishlari Dunyo sanʼati tarixi, uning qay tarzda makon va zamon chegaralarini buzib oʻtishi hamda shu sohada faoliyat olib boradigan olimlar, muzeylar va oʻqituvchilar faoliyatini yoritish bilan bogʻliq.

HS

Hung Sheng

Hung Sheng hozirda Gongkong shahridagi Lingnan Universitetining Visual tadqiqotlar boʻlimida doktorlik dissertatsiyasi yozmoqda. Uning ilmiy izlanishlari XX asr Xitoy va Gongkong san'atining tarixi va estetikasi, shuningdek, turli xil sharoitlarda san'at taʼlimi mavzularini oʻz ichiga qamrab oladi. Lingnan universitetida Visual tadqiqotlar boʻyicha bakalavr bosqichini ham (2011) magistratura bosqichini ham (2013) tamomlagan. U magistratura bosqichida Irene Chouning Gongkong siyohli rasm sanʼatini tadqiqot qilgan.