Maqsadimiz — bepul va sifatli taʼlimning har joyda va hamma uchun boʻlishini taʼminlash.
Barcha yoshdagilar uchun moslashtirilgan oʻquv resursi
Khan Academy oʻzi xohlagan paytda va sinfdan tashqari taʼlim olish imkonini beruvchi amaliy mashgʻulotlar, videodarslar va individual boshqaruv panelini taklif qiladi. Biz matematika, tabiiy fanlar, dasturlash, tarix, sanʼatshunoslik, iqtisod va boshqa fanlarni oʻrganishga yordam beramiz. Matematika boʻyicha missiyamiz taʼlim olayotgan oʻquvchilarning ham kuchli taraflarini, ham taʼlimdagi boʻshliqlarini aniqlab beruvchi ajoyib texnologiya orqali maktabgacha taʼlimdan matematik analiz darajasigacha olib chiqadi. Shuningdek, biz maxsus materiallar tayyorlashda NASA, Zamonaviy sanʼat muzeyi, Kaliforniya taʼlim akademiyasi va Massachusets texnologiyalar instituti singari tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz.








Ota-ona va oʻqituvchilar uchun bepul vositalar
Biz Khan Academy oʻqituvchilarga oʻz oʻquvchilari yoki farzandlari nimani istayotgani va ularga qanday yordam berish mumkinligini oʻrganishga koʻmaklashishi uchun astoydil ishlaymiz. Oʻquvchingiz yoki farzandingiz maktab dasturini qanday oʻzlashtirayotganini bittada bilib oling. Boshqaruv panelimiz oʻqituvchiga sinfning toʻliq maʼlumoti bilan bir qatorda har bir oʻquvchining alohida oʻzlashtirish darajasini koʻrib chiqish imkonini beradi.










Siz global sinfxonaga qoʻshilmoqdasiz
Dunyoda millionlab odamlar har kuni Khan Academyʼdan yangi narsalar oʻrganishadi. Bizning platforma 36 dan ortiq tilga toʻliq yoki qisman tarjima qilindi. Jumladan, saytimizning ispan, fransuz hamda portugalcha variantlari mavjud.
Saytingizni hozirgina topdim. Men 72 yoshdaman. Sayt orqali oʻqishni tashlagan joyimdan boshlab qayta davom ettirishim mumkin ekan. Zalvarli ishingiz uchun juda minnatdorman.
BarbaraDoimiy saʼy-harakatlaringiz uchun rahmat! Men Angliya shimolida joylashgan boshlangʻich maktab oʻqituvchisiman. Anʼanaviy taʼlim tizimiga asablarim dosh bermay qolgan edi, shu sababli Khan Academyʼni sinab koʻra boshladim. Endi taʼlim kelajagiga ishonchim oshib bormoqda.
KimberlyHurmatli Khan Academy, men videolaringiz uchun juda minnatdorman! Oʻtgan yili matematika imtihonlarimdan 96% natijaga erishganim u yoqda tursin, matematika fanini sevib qoldim. Oldinlari matematikani qiyin va tushunib boʻlmas fan deb hisoblardim, endi unday emas!
Matt
Kamtarona boshlangʻich darajadan jahon klassidagi jamoagacha
Jiyaniga dars bergan bir odamdan boshlangan bu ish 150 dan ortiq xodimga ega tashkilotga aylandi. Biz barcha uchun har joyda, dunyo standartidagi bepul taʼlimni taʼminlash maqsadida yigʻilgan jamoamiz. Biz dunyo aholisini taʼlim olish uchun ilhomlantirishga chin dildan ishonuvchi dasturchilar, oʻqituvchilar, dizaynerlar, loyihalashtiruvchilar, olimlar va kontent mutaxassislarimiz. Bir nechta buyuk inson katta oʻzgarishlar qilishga qodir.
Istalgan odam istalgan narsasini oʻrganishi mumkin. Mutlaqo bepul.
Taʼlim olish – barchaning huquqi. Biz notijorat tashkilotmiz, biz barcha har yerda bepul dunyo standartlari darajasida taʼlim olishiga ishonamiz. Hech qanday reklamalar, pulli obunalar boʻlmaydi. Biz faqat siz singari saxiy insonlar koʻmagi bilan rivojlanamiz. Iltimos, bizga qoʻshiling!