If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 2: Qon aylanish tizimi fiziologiyasi

Boʻlim haqida

Yurak koʻkrak qafasining oʻrtasida joylashgan boʻlib, homila paydo boʻlishining 4-haftasidan boshlab toki odam vafot etguncha qonni haydaydi. Ishlashdan hech qachon toʻxtamaydigan bu kichik nasosning oʻlchami mushtimiz kattaligida boʻladi. Yurak qanday ishlashi, arteriyalar va venalardagi qon oqimi, qonbosim va limfa haqida koʻproq bilish uchun ushbu videolarni tomosha qiling.

Aʼzolar ichida faqatgina yurak muhabbatning ramziy belgisi hisoblanadi. Buning sababi, yurak bir daqiqada ~ 5 litr (1,3 gallon) qonni tomirlar orqali 100 000 kilometr (62 000 chaqirim) masofaga haydab, bizning yashashimizga yordam beradi! U buni har kuni, butun kun davomida, bir daqiqaga ham tinim olmasdan bajarishi kerak! Mana bu haqiqiy sadoqat. Yurak qanday ishlashi, qon yurakdan qanday oqib oʻtishi, qon yurakni tark etgandan keyin qayerga borishi va “Lub Dub” ovozini chiqarganda sizning yuragingiz nima qilayotgani haqida bilib oling.
Ushbu darsda bilimingizni oshirishingiz kerak boʻlgan joylarni belgilang:
Yurak tananing boshqa biron-bir joyida topilmaydigan maxsus mushak turidan tuzilgan! Ushbu noyob mushaklar tugʻilgan kuningizdan to vafotingizga qadar qonni butun tanaga haydash vazifasini bajarishga ixtisoslashgan. Yurak buni qanday amalga oshirayotganini hujayra darajasida batafsil koʻrib chiqamiz va bitta mushak tolasining qisqarishini hosil qilish uchun bir-biri bilan hamohang ishlaydigan aktin va miozin oqsillari haqida ham bilib olamiz. Siz yurak urishi juda murakkab jarayon ekanini anglab yetasiz!
Siz bosim-hajm halqasi haqida bilganingizdan soʻng, tabiiy bir savol tugʻiladi: uning shakli oʻzgaradimi? Koʻrinib turibdiki, halqa shaklini oʻzgartiradigan uchta koʻrsatkich bor: 1) yurakkacha boʻlgan yuklama; 2) yurakdan keyingi yuklama; 3) qisqaruvchanlik. Shu xolos! Qiyin tomoni shuki, siz bir koʻrsatkichni oʻzgartirsangiz, tabiiy ravishda tanangiz qolgan ikkita koʻrsatkichni ham oʻzgartira boshlaganini anglaysiz. Soddalashtirish uchun bosim-hajm halqalari baʼzan bosim-hajm qutilari deb nomlanganini koʻrishingiz mumkin. Ushbu qoʻllanmada siz bosim-hajm halqalari yoki bosim-hajm qutilari haqida bilib olasiz va ularni oʻzingiz oʻzgartirib koʻrishingiz ham mumkin!