If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Nafas olish sistemasi. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaMazmuni
Nafas tizimiTana va tashqi muhit orasidagi gaz almashinuviga javobgar tizim
Halqum (tomoq)Ogʻiz/burunni qiziloʻngachga tutashtiruvchi nay
Hiqildoq (ovoz apparati)Halqum va kekirdak (traxeya) orasida yoʻl hosil qiluvchi nay
TraxeyaHiqildoqni oʻpka bronxlariga tutashtiruvchi nay
BronxlarTraxeyadan ajraladigan toʻqima shoxlari
BronxiolaBronxdan hosil boʻluvchi havo yoʻli
AlveolalarOʻpkaning gaz almashinuvi sodir boʻluvchi tuzilmalari
DiafragmaOʻpkalar ostida yotgan, nafas olish/chiqarishda ishtirok etuvchi koʻkrak muskuli

Nafas olish tizimi

Fiziologik nafas olish jarayoni ikkita yirik qismdan: tashqi nafas olish va ichki nafas olishdan iborat. Tashqi nafas olish oʻpkaga havoni soʻrib olish (nafas olish) va havoni tashqariga chiqarish (nafas chiqarish)ni oʻz ichiga oladi. Ichki nafas olish davomida qontomirlar va hujayralar orasida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi yuz beradi.
Nafas olish jarayonida kislorodga boy havo burun yoki ogʻizdan boshlanib, halqum, hiqildoq va traxeyaga oʻtkaziladi. Traxeya oʻpka ichida shoxlanadigan ikkita bronxga boʻlinib ketadi. Har bir bronx maydaroq bronxlarga va yanada kichikroq naychalar – bronxiolalarga shoxlanadi. Bronxiolalar oxirida alveolalar deb nomlangan havo xaltachalari bor. Ularda gaz almashinadi.
Nafas olish tizimining asosiy tuzilmalarini koʻrsatuvchi diagramma
Rasm olingan manba: Tana arteriyalari va venalari OpenStax, CC BY 4.0
Nafas tizimining muhim tuzilmasi – bu diafragma. Diafragma qisqarganda u tekislanadi va oʻpkalar kengayib, ularning ichiga havo kiradi. U boʻshashganida havo sizib chiqadi, oʻpkalar puchayadi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Fiziologik nafas va hujayra nafasi bir xil emas. Baʼzan “nafas olish” atamasi uglevodlar energiyaga aylantiriladigan hujayra nafasiga nisbatan qoʻllanadi. Bu ikkala jarayon bir-biriga aloqador, ammo ular boshqa-boshqa tushunchalar.
  • Biz faqatgina kislorodni yutmaymiz yoki faqatgina uglerod dioksidni ajratib chiqarmaymiz. Baʼzida “kislorod” va “havo” atamalari bir-birining oʻrnida qoʻllanadi. Shunisi maʼlumki, biz nafas oladigan havodagi kislorod biz chiqaradigan havodagi kisloroddan koʻproq boʻladi, karbonat angidridda teskarisi: nafas bilan chiqarilgan havoda uning miqdori olingan havodagidan koʻproq. Biroq biz nafas oladigan havoda kislorod aniqlangan gazlardan bittasi, xolos. (Aslida havoda kisloroddan koʻra azot koʻproq!)
  • Nafas olish tizimi kislorodning tana boʻylab tashilishida yolgʻiz oʻzi faoliyat yuritmaydi. Nafas olish tizimi tanani kislorod bilan taʼminlashda qon aylanish tizimi bilan bevosita bogʻliqlikda ishlaydi. Nafas tizimidan olingan kislorod kislorodga boy qontomirlarda toʻqima va hujayralarga yetkaziladi.