If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Qon aylanish tizimi. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaMazmuni
Qon aylanish tizimiQon, oziq moddalar va qoldiq mahsulotlarni tana boʻylab tashuvchi tana sistemasi
KardialYurakka oid
PulmonalOʻpkaga oid
ArteriyaYurakdan qonni olib ketuvchi qontomir
VenaYurakka qon olib keluvchi qontomir
AortaKatta qon aylanish doirasiga qonni yetkazib beruvchi yirik arteriya
KapillyarOziq moddalar almashinuvini amalga oshiruvchi kichik qontomir
BoʻlmachaYurakning yuqorigi kamerasi
QorinchaYurakning pastki kamerasi

Qon aylanish tizimi

Qon aylanish tizimi – qon, qontomirlar va yurakdan tashkil topgan tarmoq. Bu tarmoq tanadagi toʻqimalarni kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlaydi, gormonlarni tashiydi va keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlaydi.

Yurak

Yurak maxsus yurak mushak toʻqimasidan tuzilgan boʻlib, u yurakning qon aylanish tizimida nasos kabi ishlashiga imkon beradi.
Inson yuragi toʻrtta kameraga boʻlingan. Yurakning har ikkala tomonida bittadan boʻlmacha va qorincha joylashgan. Boʻlmachalar qonni qabul qiladi, qorinchalar esa qonni haydab chiqaradi.
Odam qon aylanish tizimiga quyidagi doiralar kiradi:
  • Kichik qon aylanish doirasi yurak va oʻpkalar orasidagi qon oqimini vujudga keltiradi.
  • Katta qon aylanish doirasi odam tanasining barcha qismiga qonning borishini va yurakka qaytib kelishini taʼminlaydi.
  • Koronar (tojsimon) doira qatʼiy ravishda yurakni qon bilan taʼminlaydi (quyidagi chizmada koʻrsatilmagan).
Yurakdan tananing turli qismlariga ketayotgan qon oqimini tasvirlovchi chizma.
Rasm manbasi: Blood flow from the heart by OpenStax, CC BY 4.0

Qon va qontomirlar

Yurakdan chiqqan qon butun tanaga qontomirlar orqali tarqatiladi. Arteriyalar qonni yurakdan olib chiqib, kapillyarlarga yetkazadi, shu yoʻl bilan ular toʻqima va hujayralarni kislorod (va boshqa oziq moddalar) bilan taʼminlaydi. Kislorodni yoʻqotgandan soʻng, qon oʻpkaga qaytadi, u yerda kislorodga toʻyinadi va venalar orqali yurakka quyiladi.
Odam tanasidagi yirik arteriyalar (qizilda) va venalarni (koʻkda) koʻrsatuvchi chizma.
Rasm olingan manba: Tana arteriyalari va venalari OpenStax, CC BY 4.0
Katta qon aylanish doirasining birlamchi arteriyasi aorta boʻlib, u boshqa arteriyalarga shoxlanadi va qonni tananing turli sohalariga yetkazib beradi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Arteriyalar doimo kislorodga boy qonni va venalar doimo kislorodga toʻyinmagan qonni tashiydi. Bu koʻp holatlarda toʻgʻri. Ammo oʻpka arteriyalari va venalari bu qoidadan mustasno. Oʻpka venalari kislorodga toʻyingan qonni yurakka olib boradi, oʻpka arteriyalari esa, aksincha, kislorodga toʻyinmagan qonni yurakdan olib ketadi.
  • Qon har doim qizil rangda. Teri orqali qaraganimizda venalar koʻk rangda koʻrinishi mumkin va bunga asoslanib baʼzi kishilar kislorodga toʻyinmagan qon koʻk rangda boʻladi deb oʻylaydi. Biroq bu toʻgʻri emas. Qon faqatgina koʻk rangda koʻrinadi, negaki toʻqimalar yorugʻlikni yutib, bizga ranglarni namoyon etadi. Garchi kislorod qonning yorqinligiga taʼsir koʻrsatsa ham (koʻproq kislorod qon rangi toʻqligini kamaytirib, yorqinroq qizil rangni beradi), qon aslida koʻk rangda emas.