If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Toʻgʻri chiziqning burchak koeffitsiyenti tenglamasi mavzusini takrorlash

Toʻgʻri chiziqning burchak koeffitsiyenti tenglamasi mavzusini mustahkamlash

Chiziqli funksiya formulasi nima?

Chiziqli funksiya bu ikki nomaʼlumli chiziqli tenglamaning maxsus formulasidir:
y=mx+b
Agar tenglama ushbu koʻrinishda berilgan boʻlsa, u holda m chiziqning burchak koeffitsiyenti boʻlib, b esa y - kesishish nuqtasidir.
Chiziqli funksiya formulasi haqida batafsil oʻrganishni istaysizmi? Unda ushbu videoni koʻring.

Koʻrsatkichlari va grafigiga koʻra chiziqli funksiya tenglamasini aniqlash

1-misol: Burchak koeffitsiyenti va kesishish nuqtasidan tenglama tuzish

Burchak koeffitsiyenti 1 ga va y- kesishish nuqtasi (0,5) ga teng boʻlgan chiziqning tenglamasini topishga urinib koʻramiz. Buning uchun oddiygina m=1 va b=5 larni chiziqli funksiya tenglamasiga qoʻyib chiqamiz.
y=1x+5

2-misol: Ikki nuqtadan tenglama

(0,4) va (3,1) nuqtalardan oʻtuvchi chiziqni topishga urinib koʻramiz. Dastlab (0,4) y-kesishish nuqtasi ekaniga ahamiyat beramiz. Soʻngra ikkita nuqtani burchak koeffitsiyentini topishda ishlatamiz:
Burchak koeffitsiyenti=1(4)30 =33=1
Endi chiziqli funksiya tenglamasini yozamiz:
y=1x4
1-masala
Burchak koeffitsiyenti 5 va y-kesishish nuqtasi (0,7) boʻlgan chiziq tenglamasini yozing.
y=

Bu kabi misollarni yana oʻrganishni xohlaysizmi? Bu misollarni yechib koʻring:

Chiziqli funksiya tenglamasidan koʻrsatkichlari va grafigini topish

Agar bizda chiziqli funksiya formulasidagi chiziqli tenglama boʻlsa, osongina oʻsha chiziqqa toʻgʻri keluvchi burchak koeffitsiyentini va y-kesishish nuqtasini topishimiz mumkin. Bu, shuningdek, uning grafigini chizish imkonini beradi.
Masalan, y=2x+3 tenglamani olsak. Osongina ayta olamizki, chiziqqa mos burchak koeffitsiyenti 2 hamda uning y-kesishish nuqtasi (0,3) ga teng. Endi chiziq grafigini chiza olamiz.
1-masala
y=3x1 chiziqning burchak koeffitsiyenti nechaga teng?
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi
Chiziqning y- kesishish nuqtasi nima?
(0,
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi
)

Bu kabi misollarni yana oʻrganishni xohlaysizmi? Bu misollarni yechib koʻring: