If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Tezlikning vaqtga bogʻliqlik grafigi nima?

Tezlik-vaqt grafigining tezlanish hamda koʻchishga aloqador ekanini tahlil qilish.

Tezlik grafigida vertikal oʻq nimani ifodalaydi?

Vertikal oʻq jism tezligini ifodalaydi. Bu sodda koʻrinishi mumkin, ammo ogohlantirilishi kerak – tezlik grafigini sharhlash qiyin. Odamlar burchak koeffitsiyentini aniqlash orqali tezlikni topishga shunchalik odatlanib qolishganki (masalan, koordinata grafigida), ular tezlik grafigida vertikal oʻq tezlikning qiymati ekanini unutishadi.
Nuqtani gorizontal siljitish orqali grafikda tezlik qanday oʻzgarishini kuzating.
Tushunchani tekshirish: yuqoridagi grafikka koʻra, t=4 sekundda jismning tezligi nimaga teng?

Tezlik grafigida burchak koeffitsiyenti nimani ifodalaydi?

Tezlik grafigining burchak koeffitsiyenti tezlanishni bildiradi. Demak, burchak koeffitsiyentining qiymati maʼlum bir vaqtda jismning tezlanishini ifodalaydi.
Tezlik grafigida burchak koeffitsiyenti quyidagi formula orqali topiladi:
burchak koeffitsiyenti=vertikal proyeksiyagorizontal proyeksiya=v2v1t2t1=ΔvΔt
ΔvΔt tezlanishning ifodasi boʻlgani uchun tezlik grafigida burchak koeffitsiyenti tezlanishga teng.
burchak koeffitsiyenti=tezlanish
Bu shuni anglatadiki, qiyalik tik boʻlganida jism katta tezlanish bilan tezlikni oʻzgartiradi. Burchak kichik boʻlganda jism oʻz tezligini unchalik tez oʻzgartirmaydi. Bu, shuningdek, agar burchak koeffitsiyenti manfiy boʻlsa – pastga yoʻnalgan boʻlsa, tezlanish manfiy boʻlishini va burchak koeffitsiyenti musbat boʻlsa – yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa, tezlanish musbat boʻlishini anglatadi.
Biror vaqt momentida tezlikning qiymatini koʻrish uchun nuqtani gorizontal siljiting.
t=0 s va t=2 s vaqt oraligʻida chiziqning burchak koeffitsiyenti musbat, chunki u yuqoriga yoʻnalgan. Demak, tezlanish ham musbat.
t=2 s va t=8 s vaqt oraligʻida chiziqning burchak koeffitsiyenti manfiy, chunki u pastga yoʻnalgan. Demak, tezlanish ham manfiy.
t=2 s da burchak koeffitsiyenti nolga teng, chunki urinma chiziq gorizontal. Shunga koʻra, shu nuqtada tezlanish nol ekanini bilish mumkin.
Qoidani tekshirish: yuqorida harakatining grafigi koʻrsatilgan jism t=4 s da tezlashyaptimi yoki sekinlashyaptimi?

Tezlik grafigida chiziq ostidagi yuza nimani bildiradi?

Tezlik grafigida yuza koʻchishni bildiradi. Sababini aniqlash uchun quyidagi sekundiga 6 metr tezlikda 5 sekund harakat qilgan jism tezlik grafigini kuzating.
Bu vaqt oraligʻidagi koʻchishni topish uchun biz quyidagi formuladan foydalanamiz:
Δx=vΔt=(6 m/s)(5 s)=30 m
natijada koʻchish 30 m ga teng boʻladi.
Endi biz natija tezlik grafigi ostidagi yuzaga tengligini koʻrsatamiz. Grafik ostidagi toʻrtburchak yuzasini hisoblang.
Toʻrtburchak yuzasini uning eni va balandligini koʻpaytirib topishimiz mumkin: balandlik 6 m/s, eni 5 s, natija
 yuza=balandlik×en=6 m/s×5 s=30 m
Bu natija koʻchishning qiymatiga teng. Tezlik chizigʻi ostidagi yuza shaklidan qatʼi nazar, hisoblangan vaqt momentidagi koʻchishga teng boʻladi.
grafik ostidagi yuza=koʻchish

Tezlik-vaqt grafigiga doir yechilgan masalalar qanday boʻladi?

1-masala: vindsyorfingda tezlik oʻzgarishi

Syorfingchi toʻgʻri chiziq boʻylab sayohat qiladi va uning harakati quyida keltirilgan tezlik grafigi boʻyicha berilgan.
Syorfingchi tezligi va tezlanishi haqida toʻgʻri keladigan barcha fikrlarni tanlang.
(A) Tezlik ortmoqda.
(B) Tezlanish ortmoqda.
(C) Tezlik kamaymoqda.
(D) Tezlanish kamaymoqda.
Variantlar: A – tezlik oshyapti va D – tezlanish kamayyapti, ikkalasi ham toʻgʻri.
Tezlik grafigining burchak koeffitsiyenti – bu tezlanish. Egri chiziqning qiyaligi kamayib, yotiqroq boʻlayotgani tezlanish kamayishini anglatadi.
Intuitsiyaga zid tuyulishi mumkin, ammo syorfingchi butun grafik davomida tezlashmoqda. Tezlikni aks ettiruvchi grafikning qiymati koʻrsatilgan barcha harakat uchun ortib bormoqda, ammo har sekundda oʻsish miqdori kamayib bormoqda. Dastlabki 4,5 sekundda tezlik 0 m/s dan 5 m/s gacha oshdi, lekin ikkinchi 4,5 sekundda tezlik 5 m/s dan atigi 7 m/s gacha oshdi.

2-masala: kartning tezlanishi

Kartning harakati uchun tezlik-vaqt grafigi tasvirlangan.
A. t=4 s da kartning tezlanishi qanday?
B. t=0 s va t=7 s vaqt oraligʻida kartning koʻchishi qanday?

A. Kartning t=4 s da tezlanishini topish

Biz t=4 s da tezlikni t=4 s dagi burchak koeffitsiyentini topish orqali hisoblashimiz mumkin.
burchak koeffitsiyenti=vertikal proyeksiyagorizontal proyeksiya
Biz 3 s,6 m/s nuqtani boshlangʻich va 7 s,0 m/s nuqtani oxirgi nuqta deb olamiz. Bu ikki nuqtani burchak koeffitsiyenti formulasiga qoʻysak,
burchak koeffitsiyenti=v2v1t2t1=0 m/s6 m/s7 s3 s=6 m/s4 s=1,5ms2
tezlanish=1,5ms2

B. Kartning t=0 s va t=7 s orasidagi koʻchishini topish

Kartning koʻchishini grafik ostidagi yuzani topish orqali hisoblashimiz mumkin. Grafikni t=0 s va t=3 s orasida toʻgʻri toʻrtburchak hamda t=3 s va t=7 s orasida uchburchak deb qarash mumkin. Bu shakllar yuzasini topib qoʻshsak, umumiy koʻchishni topgan boʻlamiz.
Toʻgʻri toʻrtburchak yuzasi quyidagicha:
yuza=h×w=6 m/s×3 s=18 m
Uchburchak yuzasi quyidagicha:
yuza=12bh=12(4 s)(6 m/s)=12 m
Bu ikki yuzani qoʻshish umumiy koʻchishni beradi.
Umumiy yuza=18 m+12 m=30 m
Umumiy koʻchish=30 m