If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Xromosoma tuzilishi va uning soni haqida takrorlash

Asosiy atamalar

AtamaMaʼnosi
GenomOrganizm DNKsidagi barcha genetik maʼlumotlar yigʻindisi
XromosomaGenetik maʼlumotni oʻzida saqlovchi DNK va oqsildan iborat ipsimon tuzilma
Gomologik xromosomalarBir xil oʻlcham, shakl va tuzilishga ega xromosomalar
Diploid (2n)Gomologik xromosomalar juftiga ega hujayra
Gaploid (n)Juft genning faqat bittasiga ega hujayra
Jinsiy xromosomaOrganizm jinsini belgilovchi xromosomalar (X yoki Y
AutosomaJinsiy boʻlmagan xromosoma
KariotipDiploid toʻplamli xromosomalarning juft holati tasvirlangan rasm

DNK va xromosomalar

Hujayradagi DNK toʻplami genom deb ataladi. Bitta tur tarkibiga kiruvchi organizmlar oʻxshash genomga ega.
Koʻp prokariotlarda halqasimon DNK uchraydi va u sitoplazmada joylashgan.
Eukariot DNK yuqori darajada tuzilgan boʻlib, xromosomalar shaklida boʻladi. Bu xromosomalar yadroda joylashgan.

Xromosoma soni

Har xil turlar turli xil sondagi xromosoma toʻplamiga ega. Masalan, odam tana hujayralarida diploid (2n) 46 ta xromosoma boʻladi. Bu xromosomalar 23 ta juftlikka boʻlinadi: 22 tasi autosoma va 1 tasi jinsiy xromosoma.
Odamdagi jinsiy hujayralar gaploid(n) boʻlib, har bir gomologik xromosoma juftining bittasiga ega. Shu sababli jinsiy hujayralar urugʻlanish jarayonida qoʻshilib diploid toʻplamli hujayra hosil qiladi.
Organizmdagi barcha xromosomalar toʻplamini hujayra boʻlinayotgan vaqtda tasvirga olish mumkin. Bu tasvirlar keyin kariotip hosil qilish uchun tartiblanadi.
Erkak kariotipining surati, mos ravishda ona va otaning xromosomalari och binafsha va yashil rangga boʻyalgan.
Rasm manbasi: “Kariotip”, the National Institutes of Health (jamiyat mulki).

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Eukariot xromosomalar ikkita qiz xromatidalaridan iborat. Qiz xromatidalar bir-biriga oʻxshash boʻlib, oʻzaro sentomera orqali birikkan boʻladi. Bu hujayra boʻlinish vaqtida xromosomalarning ajralishi uchun muhim hisoblanadi. Qiz xromatidalar sentromera orqali birikkan paytda ular bitta xromosoma deb qaraladi (X tuzilishli). Lekin hujayra boʻlinayotgan vaqtda ular bir-biridan ajralib, mustaqil xromosomalarga aylanadi.
Hujayralar boʻlinishga tayyorgarlik koʻrayotgan davrda xromosomalarda qanday oʻzgarishlar sodir boʻlishi.
  1. Xromosoma bitta xromatidadan iborat va dekondensatsiyalangan koʻrinishda (uzun va zanjirsimon) boʻladi.
  2. DNK nusxasi koʻchiriladi. Xromosoma endi kogezinlar deb ataladigan oqsillar bilan bogʻlangan ikkita qiz xromatidadan iborat.
  3. Xromosoma zichlashadi. U hanuzgacha ikkita qiz xromatidadan tashkil topgan, ammo ular endi uzun va zanjirsimon emas, balki qisqa va ixchamdir. Ular xromosomani ichkariga bukib turuvchi “beli” boʻlgan sentromera qismi orqali zich bogʻlangan.
  4. Xromatidalar ajralib chiqadi. Endi ularning har biri alohida xromosoma deb hisoblanadi.
  • Xromosomalar, DNK, genlar va genom oʻzaro farqli tushunchalardir. Baʼzida bu tushunchalar ajratib boʻlmaydigandek tuyuladi, lekin ular aslida bir xil tushuncha emas. DNK tirik organizmlardagi genetik materialning birligidir. DNKning uzun boʻlagi xromosomani hosil qiladi. Bu xromosomalardagi maxsus oqsillarni kodlaydigan qismlar gen deb ataladi. Organizmdagi barcha xromosomalar uning genomini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, DNKdan gen, gendan xromosoma, xromosomadan esa genom hosil boʻladi.