If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Skelet-mushak tizimi. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TerminIzoh
Skelet-muskul sistemasiTananing tutib turilishi, barqarorligi, shakli va harakatini taʼminlaydi
BoʻgʻimIkki yoki undan ortiq suyaklar birikadigan qism
TogʻayBoʻgʻimlar orasida mavjud boʻladigan sof biriktiruvchi toʻqima turi
BoylamlarBoʻgʻimlarda suyakni suyakka bogʻlovchi biriktiruvchi toʻqima turi
PaylarMuskulni suyakka bogʻlovchi biriktiruvchi toʻqima turi
Ixtiyoriy muskulOngli ravishda harakatlantiriladigan muskul
Ixtiyorsiz muskulAvtonom nerv sistemasi tomonidan boshqariladigan muskul (ongli ravishda emas)
Koʻndalang targʻil muskulTolali tarkibi tufayli chiziqli koʻrinishga ega boʻlgan muskul toʻqimasi

Skelet-muskul sistemasi

Skelet-muskul sistemasida muskul va skelet sistemalari tanani ushlab turish va harakatlantirish vazifalarini bajaradi.
Skelet sistemasining suyaklari tana aʼzolarini himoya qilish, tananing ogʻirligini taʼminlash va tanaga shakl berish uchun xizmat qiladi. Muskullar tizimining mushaklari bu suyaklarga birikib, tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi.

Odam skeleti

Odam skeleti bir nechta asosiy funksiyalarni bajaradi. U ichki organlarni himoya qiladi, tanani ushlab turadi, shakl beradi va harakatlantiradi. Shuningdek, baʼzi suyaklarning koʻmigi qon hujayralarini ishlab chiqarish joyidir.

Skelet

Odam skeleti ikkita qismga boʻlinadi: aksial va appendikulyar.
Odam tanasidagi tayanch skelet va qoʻshimcha (appendikulyar) skeletni tasvirlovchi diagramma
Rasm olingan manba: OpenStax, CC BY 4.0
Aksial skelet oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
  • bosh miyani himoya qiluvchi va yuz strukturasini hosil qiluvchi kalla suyagi
  • orqa miyani oʻrab turuvchi, himoya qiluvchi va boshni ushlab turuvchi umurtqa pogʻonasi
  • koʻkrak ichidagi organlarni (oʻpkalar va yurak) oʻrab turuvchi va himoya qiluvchi koʻkrak qafasi
Appendikulyar skelet oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
  • yelka kamari
  • qoʻl va oyoqning erkin suyaklari
  • oyoq kamari (chanoq suyaklari)

Boʻgʻimlar, togʻay, boylamlar va paylar

Turli biriktiruvchi toʻqimalar (paylar, boylamlar, togʻay)ni tasvirlovchi sinovial boʻgʻim diagrammasi.
Sinovial boʻgʻim. Rasm Wikimedia, CC BY-SA 3.0 dan olingan.
Muskul-skelet sistemasida tananing tuzilishi va uning harakatlanishini taʼminlaydigan biriktiruvchi tuzilmalar va toʻqimalar mavjud.
Togʻay ishqalanishni kamaytirish uchun amortizator sifatida ishlaydi. Boylamlar boʻgʻimlarni barqarorlashtirishga yordam beradi va uning harakatlanish doirasidan tashqariga chiqishiga toʻsqinlik qiladi. Paylar skelet sistemasini muskul sistemasiga suyaklarni muskullarga biriktirish orqali bogʻlaydi. Muskullar qisqarganda pay suyakka taʼsir qiladi, bu esa harakatga sabab boʻladi.
Uchta turdagi boʻgʻimlarni taqqoslash: kalla suyagidagi chokli (biriktirilgan) boʻgʻim, togʻayli umurtqalararo disklar (cheklangan harakatli) va sinovial boʻgʻim (erkin harakatli)
(a) Chokli boʻgʻim – harakatsiz; (b) umurtqalararo disklar – cheklangan harakatli; (c) sinovial boʻgʻim – erkin harakatli. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan olingan.
Boʻgʻimlar ikki yoki undan ortiq suyaklar birikadigan nuqta boʻlib, ular harakatsiz (biriktirilgan), cheklangan harakatli va erkin harakatli boʻlishi mumkin.

Muskullar

Tanada uchta turdagi muskul toʻqimasi mavjud: skelet muskuli, silliq muskul va yurak muskuli.
Uch turdagi muskullarni taqqoslash – skelet, silliq va yurak muskullari
(a) Skelet muskuli; (b) silliq muskul; (c) yurak muskuli. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan olingan.
Skelet muskuli ixtiyoriy harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega hisoblanadi. Bu turdagi muskullar suyaklarga birikadi va ongli harakatni boshqaradi. Silliq muskul beixtiyor harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega emas. U tananing kovak organlarida, masalan, oshqozon, ichak va qontomirlar atrofida boʻladi. Yurak muskuli beixtiyor harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega hisoblanadi. U faqat yurakda joylashgan va butun tanadagi qonni haydashga yordam berishga ixtisoslashgan.

Muskulning qisqarishi

Muskul tolasi nerv sistemasidan signal olganda miozin filamentlari qoʻzgʻalib, aktin filamentlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu tolalar ichidagi sarkomerlarni qisqartiradi, bu esa ularning qisqarishiga olib keladi.