If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Evolyutsiya va tabiiy tanlanish. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TerminMaʼnosi
EvolyutsiyaVaqt oʻtish davomida qadimgi organizmlardan hozirgi organizmlarning kelib chiqish jarayoni
Umumiy ajdodIkki va undan ortiq avlodlar uchun umumiy boʻlgan ajdod
Tabiiy tanlanishEvolyutsion mexanizm boʻlib, oʻz muhitiga yaxshiroq moslashgan individlar, muvaffaqiyatli ravishda yashovchan va koʻpayuvchan boʻladi
OʻzgaruvchanlikBir xil turdagi individlarning xususiyatlari orasidagi farq
MoslashuvchanlikOrganizmlarning oʻz muhitida yashovchanligini va koʻpayuvchanligini oshiruvchi xususiyat
MoslashishOrganizmlarning yashash va koʻpayish qobiliyati
Sunʼiy tanlanishNasllarda kerakli xususiyatlarni hosil qilishga yordam beradigan selektiv koʻpaytirish
Genetik (genlar) dreyfiEvolyutsion mexanizm boʻlib, populyatsiyaning allel chastotalari tasodifiy ravishda avlodlar davomida oʻzgarib turishi

Darvinning evolyutsiya toʻgʻrisidagi nazariyalari

Charlz Darvin umumiy ajdodlarning gʻoyalariga asoslanib, hayotning bir butunligini va xilmaxilligini tushuntirish uchun evolyutsiya nazariyasini yaratdi.

Tabiiy tanlanish

Darvinning nazariyasi tabiiy tanlanish qonuniyatiga asoslangan boʻlib, u vaqt oʻtishi bilan populyatsiyalar atrof-muhitga yaxshiroq moslashib olish uchun qanday qilib rivojlanishi mumkinligini tushuntiradi.
Och rangli sichqon yirtqichlarning koʻziga oson tashlanadi va shuning uchun koʻp ovlanadi. Toʻq rangli sichonlar oʻzlari yashab turgan atrof-muhitga, yirtqichlardan omon qolishga va koʻpayishga yaxshiroq moslashgan boʻladi.
Sichqon populyatsiyasiga vaqt oʻtishi bilan taʼsir qilgan tabiiy tanlanish.
Individlarda irsiyat belgilari boʻyicha juzʼiy oʻzgarishlar mavjud. Baʼzi juzʼiy oʻzgarishlar individlarga oʻzi yashab turgan muhitda yashovchan boʻlishi va koʻpayishi uchun moslashib olishga yordam beradi.
Agar ijobiy taʼsir koʻrsatadigan bunday moslashuvlar (yashovchanlikni oshiradigan va koʻpayishga yordam beradigan irsiy xususiyatlar) kelgusi avlodlarda ham davom etib borsa, ular populyatsiyalar orasida tobora kengroq tarqala boshlaydi.
Populyatsiya faqatgina rivojlanib qolmay (genetik tuzilishidagi va meros qilib oladigan irsiy xususiyatlaridagi oʻzgarishi), balki rivojlanish mobaynida oʻzi yashab turgan muhitga moslashib boradi.

Sunʼiy tanlanish

Hayotda tabiiy tanlanishdan tashqari, boshqa turdagi tanlanishlar ham bor.
Sunʼiy tanlanishda (seleksion koʻpaytirish ham deyiladi) insonlar qishloq xoʻjalik mahsulotlari yoki hayvonlarni istalgan belgilar uchun tanlab olishadi, tabiiy tanlanishda esa turlar inson aralashuvisiz rivojlanib, asta-sekinlik bilan oʻzgarishga uchraydi.
Sunʼiy tanlanish tufayli itlar uzoq vaqt davomida qanday qilib uy hayvoniga aylantirilganligi tasvirlangan vaqt shkalasi.
Insonlarni qiziqtirgan yoki zamonaviy belgilar tanlab olib, itlarni koʻpaytirish sunʼiy tanlanishga yaxshi misol boʻladi. Seleksionerlar oʻziga xos xususiyatlarga (masalan, rangi, oʻlchami, quloqlarining shakli, tumshugʻining uzunligi) ega boʻlgan nasl olish umidida itlarni maqsadlariga muvofiq ravishda chatishtiradi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Evolyutsiya moslashuvchanlik yoki tabiiy tanlanish bilan bir xil emas. Tabiiy tanlanish evolyutsiyaning mexanizmi yoki sababi hisoblanadi. Moslashuvchanlik esa organizmlarning muhit sharoitlariga muvofiqlashtiradigan xulq-atvor yoki jismoniy xususiyatlaridir.
  • Irsiy oʻzgarishlar tasodifiy mutatsiyalar tufayli paydo boʻladi. Tasodifiy mutatsiyalar yangi irsiy xususiyatlar paydo boʻlishining boshlangʻich sababchisidir. Masalan, quyon moʻynasining rangini oʻz ixtiyori bilan boshqacha qila olmaydi. Aksincha, genetik mutatsiya moʻyna rangida farq paydo boʻlishiga olib keladi va bu farq quyonga oʻz muhitida yaxshiroq yashirinishga yordam beradi.
  • Tabiiy tanlanish mavjud boʻlgan irsiy oʻzgarishlarga taʼsir qiladi. Tabiiy tanlanishga baʼzi bir boshlangʻich material kerak, bu boshlangʻich material esa irsiy oʻzgarishdir. Tabiiy tanlanish qaysidir xususiyatga taʼsir qilishi uchun oldindan juzʼiy oʻzgarishlar mavjud boʻlishi va ular nasldan naslga oʻta olishi lozim.
  • Tabiiy tanlanish atrof-muhitga bogʻliq. Tabiiy tanlanish shunchaki irsiy jihatdan kuchli boʻlgan xususiyatni emas, balki oʻsha muhit uchun foydali boʻlgan xususiyatni yuzaga keltirishga moyil boʻladi. Maʼlum bir muhitda foydali boʻlgan xususiyat boshqa bir muhitda zararli boʻlishi mumkin.