If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Trofik darajalar. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaTaʼrif
Avtotrof (produtsent)Quyosh yoki kimyoviy energiyadan foydalanib oʻz ozuqasini hosil qiluvchi organizmlar
Geterotrof (konsumer)Ozuqa sifatida boshqa organizmlarni isteʼmol qiluvchi organizm
Ozuqa zanjiriBiridan ikkinchisiga energiya oʻtuvchi organizmlar qatori
Ozuqa toʻriOdatda koʻplab ozuqa zanjirlaridan iborat ozuqa tizimi
Trofik darajaOzuqa zanjiri yoki toʻrining har bir zvenosi
BiomassaHar bir trofik darajadagi tirik organizmlarning umumiy miqdori

Avtotroflar va geterotroflar

Organizmlar ikki usuldan biri bilan oziqlanadi.
Avtotroflar (yoki produtsentlar) yorugʻlik yoki kimyoviy energiya yordamida oʻzlariga ozuqa hosil qiladi. Oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim bakteriyalar avtotroflarga misol boʻladi.
Geterotroflar (yoki konsumerlar) organik moddalarni boshqa organizmlar yoki ularning mahsulotlaridan oladi. Hayvonlar, zamburugʻlar va aksariyat bakteriyalar geterotroflardir. Redutsentlar deb ataluvchi ixtisoslashgan geterotroflar oʻlik organik moddalar va chiqindilarni parchalaydi.

Ozuqa zanjirlari va ozuqa toʻrlari

Produtsentlar yorugʻlik yoki kimyoviy energiyani oʻzlashtiradi, ular ozuqa zanjiri yoki toʻrlarining asosini tashkil qilib, qolgan barcha organizmlarni taʼminlaydi. Konsumerlar turli ekologik rollarni bajarishi mumkin, masalan, oʻtxoʻr hasharotlar, yirtqich hayvonlar va redutsent zamburugʻlar.
Ekologiyada ozuqa zanjiri deb bir-birini isteʼmol qiladigan organizmlar qatoriga aytiladi.
Bu misolda eng quyi trofik daraja, yaʼni I daraja yashil suvoʻt produtsent, birinchi tartib konsument esa mollyuskalar yoki shilliqqurtlar, ikkinchi tartib konsument esa “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi mayda baliq, uchinchi tartib va eng yuqori konsument esa Chinuk losos baligʻi hisoblanadi.
Ozuqa zanjiri. Manba: OpenStax, CC BY 4.0.
Yuqoridagi har bir kategoriya trofik daraja deb atalib, organizmning dastlabki energiya manbasi, masalan, yorugʻlikdan qay darajada uzoqdaligini koʻrsatadi. Lekin koʻp ekosistemalarda energiya oqimi oddiy zanjirdan ancha murakkabroq. Ushbu holatda trofik darajalar orasidagi aloqalarni ozuqa toʻri orqali ifodalash mumkin.
Produtsetlardan (plankton) tortib uchlamchi konsumerlardan (dengiz mushugi, pingvinlar, chagʻalaylar) iborat koʻplab trofik darajali suv ozuqa toʻri.

Biomassa va energiyani uzatish

Energiya trofik darajaga kirganda uning maʼlum qismi organizm tanasining bir qismi boʻlib, biomassa koʻrinishida saqlanadi. Biomassa koʻrinishida saqlangan energiyani isteʼmol qilish mumkinligi sababli u keyingi trofik darajaga oʻta oladi.
Sodda qoida sifatida aytish mumkinki, bir trofik darajaning biomassasida saqlangan energiyaning faqat 10% qismi keyingi trofik daraja biomassasiga aylanadi (bir xil vaqt birliklarida olinganda).
Trofik piramidada 10% energiya uzatish qoidasi koʻrsatilgan.
Yorugʻlik energiyasi birinchi tartib produtsentlar tomonidan tutiladi.
Biomassa sifatida zaxiralangan energiya miqdori:
Birlamchi produtsentlar — 20 000kcal bir metr kvadratda bir yilda
Birlamchi konsumerlar — 2 000kcal bir metr kvadratda bir yilda
Ikkilamchi konsumerlar — 200kcal bir metr kvadratda bir yilda
Uchlamchi konsumerlar — 20kcal bir metr kvadratda bir yilda
Toʻrtlamchi konsumerlar — 2kcal bir metr kvadratda bir yilda
Har bir darajada energiya toʻgʻridan toʻgʻri issiqlik sifatida yoki chirituvchi organizmlarga yetib boruvchi qoldiq va oʻlik mahsulotlar koʻrinishida yoʻqotiladi. Natijada chirituvchi organizmlar qoldiq va oʻlik mahsulotlarni metabolizmga uchratadi va oʻzidan issiqlik sifatida ajratadi.
Rasm “Ecological pyramid,” dan oʻzgartirilgan. Muallif: CK-12 Foundation, CC BY-NC 3.0.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Organizm doim ham ozuqa toʻrida ayni bir trofik darajada boʻlmaydi. Organizmlarni trofik darajalarga joylash doim ham aniq va sodda emas. Masalan, odamlar ham oʻsimlik, ham hayvonlarni isteʼmol qiladi. Shu sababli ular birlamchi, ikkilamchi (baʼzan yanada yuqoriroq!) konsumer sanalishi mumkin.
  • Ozuqa toʻridagi koʻrsatkich chiziqlar yirtqichdan oʻljaga emas, balki aksincha joylashgan. Bu noodatiy koʻrinishi mumkin, lekin ozuqa toʻri yoki zanjiridagi koʻrsatkich chiziqlar energiya harakati yoʻnalishini koʻrsatadi.