If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Prokariotlar va eukariotlar. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaMaʼnosi
Endosimbioz nazariyasiUshbu nazariyaga koʻra, eukariot hujayralar prokariot hujayralarning oʻzaro simbioz aloqalari natijasida paydo boʻlgan

Eukariot va prokariot hujayralar bir-biridan qanday farq qiladi?

ProkariotlarEukariotlar
Genetik maʼlumotDNK halqasimon boʻlib, sitoplazmada joylashganDNK chiziqli boʻlib, yadroda joylashgan
OrganoidlarYadro yoki boshqa membranali organoidlarga ega emasYadro va membaranali organoidlarga ega (masalan: mitoxondriya, xloroplast, Golji apparati, endoplazmatik toʻr)
OʻlchamiKichik (1–5 mikrometr)Kattaroq (10–100 mikrometr)
OrganizmlarBakteriya/koʻk yashil suvoʻtlarhayvonlar, oʻsimliklar, zamburugʻlar va sodda hayvonlar
Hujayra tuzilishiDoimo bir hujayraliBir yoki koʻp hujayrali boʻlishi mumkin

Endosimbioz nazariyasi nima?

Eukariot hujayralar tuzilishidagi murakkablikni tushuntiruvchi nazariyalardan biri endosimbioz nazariyasidir.
Yuqoridagi nazariyaga koʻra, mitoxondriya va xloroplastlar dastlab erkin yashovchi prokariotlar boʻlib, keyinchalik xoʻjayin hujayrada birgalikda yashay boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan bir-birisiz yashay olmasligi tufayli ular birgalikda rivojlangan.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Eukariotlar bir hujayrali ham boʻlishi mumkin. Aksariyat odamlar eukariotlarni koʻp hujayrali deb oʻylaydi, lekin har doim ham bu holat kuzatilmaydi. Prokariotlar har doim bir hujayrali boʻlsa-da, eukariotlar ham bir hujayrali, ham koʻp hujayrali boʻlishi mumkin. Masalan, sodda hayvonlarning koʻpchiligi bir hujayralidir!
  • Prokariot hujayralar yadroga ega boʻlmasa-da, ularda genetik maʼlumot mavjud. Koʻpincha prokariotlarda genetik maʼlumot halqasimon koʻrinishdagi xromosomalarda joylashadi.