If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Oʻsimlik va hayvon hujayrasi. Takrorlash.

Oʻsimlik va hayvon hujayralari bir-biridan qanday farq qiladi?

Oʻsimlik hujayrasi ham, hayvon hujayrasi ham eukariot boʻlib, membranali yadro va mitoxondriyaga ega.
Ammo oʻsimlik va hayvon hujayralari ehtiyojlari jihatidan har xil boʻlgani uchun ularning koʻrinishi va tarkibidagi baʼzi organoidlari bilan farq qiladi. Masalan, oʻsimlik hujayralarida fotosintezni amalga oshiruvchi xloroplastlar bor, lekin ular hayvon hujayrasida uchramaydi.
Hayvon hujayrasining tuzilishi:
Tarkibiy qismlari nomlari bilan koʻrsatilgan hayvon hujayrasi rasmi:
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Oddiy oʻsimlik hujayrasining tuzilishi:
Tarkibiy qismlari nomlari bilan koʻrsatilgan oʻsimlik hujayrasi rasmi:
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
  • Oʻsimlik hujayrasi ham, hayvon hujayrasi ham mitoxondriyaga ega, lekin faqat oʻsimlik hujayrasida xloroplast uchraydi. Oʻsimliklar ozigʻi tarkibidan uglevod olmagani sababli ularni quyosh nuri orqali oʻzi sintez qiladi. Bu jarayon (fotosintez) xloroplastlarda amalga oshadi. Uglevodlar paydo boʻlganidan soʻng energiya hosil qilish uchun ular mitoxondriyalarda parchalanadi. Lekin hayvonlar ozigʻi tarkibida uglevod boʻlgani uchun ularga xloroplast shart emas, mitoxondriyaning oʻzi kifoya.
  • Oʻsimlik hujayrasi ham, hayvon hujayralari ham vakoulaga ega. Oʻsimliklarda organizmning tana shaklini belgilovchi va ozuqa moddalar toʻplanuvchi bitta yirik vakoula uchrasa, hayvonlarda koʻproq va kichikroq vakoulalar uchraydi.
  • Oʻsimliklarda hujayra membranasi bilan birga hujayra qobigʻi ham mavjud. Oʻsimliklarda hujayra qobigʻi hujayra membranasini oʻrab turadi. Bu narsa oʻsimlik hujayrasining doimiy toʻrtburchak shaklini taʼminlaydi. Hayvon hujayralarida faqat hujayra membranasi mavjud, lekin hujayra qobigʻi uchramaydi.