If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Molyarlik

Eritma, erituvchi va erigan moddaning taʼrifi. Erigan moddaning konsentratsiyasini ifodalashda molyarlikdan qanday foydalaniladi? Molyarlikka bogʻliq hisob-kitoblar. 

Asosiy tushunchalar

  • Bir jinsli aralashmalar gomogen aralashmalar yoki eritmalar deb ataladi.
  • Bir jinsli boʻlmagan aralashmalar esa geterogen aralashmalar hisoblanadi.
  • Eritmada eng koʻp miqdorda boʻlgan modda erituvchi, qolgan moddalar esa erigan moddalar deb ataladi.
  • Molyarlik yoki molyar konsentratsiya bir litr eritmada erigan moddaning mol miqdorini koʻrsatadi va uni quyidagi formula boʻyicha hisoblash mumkin:
Molyarlik=erigan moddaning molieritmaning litrdagi hajmi
  • Molyar konsentratsiya eritmaning hajmi orqali erigan moddaning massasini yoki molini topish uchun qoʻllanadi.

Kirish: aralashmalar va eritmalar

Kundalik hayotda koʻpincha turli birikmalarning aralashmalari bilan toʻqnash kelamiz. Aralashmalarga misol qilib inson tanasini keltirishimiz mumkin. Siz inson tanasi massasining taxminan 57% suvdan iborat ekanini bilarmidingiz? Yana unda biologik molekulalar, gazlar va suvda erigan anorganik ionlar ham mavjud. Sizni bilmadim-u, lekin meni bu hayratga soladi!
Okean sohilining fotosurʼati. Sargʻish qum sochiqlari ustida yotgan odamlar bilan qoplangan va yana kimlardir koʻk-yashil okeanda choʻmilishmoqda. Plyaj atrofida kichik shaharchaning uylari joylashgan.
Eʼtibor bersak, plyajdagi insonlar, plyajdagi qum va okean suvi ham aralashmaga misol boʻla oladi! Bondi Plyajining surati Flickrʼdan olingan, muallif: penreyes, CC BY 2.0
Agar moddalar bir-biri bilan aralashib, namunaning barcha qismlarida bir xil tarkibga ega boʻlgan aralashma hosil qilsa, bunday aralashma gomogen aralashma deb ataladi. Aksincha, hosil boʻgan namunaning har xil qismlari turlicha tarkibga ega boʻlsa, bunday namuna geterogen aralashma deyiladi.
Gomogen aralashmalarni, shuningdek, eritmalar deb ham atashadi va eritmalar oʻzida qattiq, suyuq va gaz moddalarni saqlashi mumkin. Biz tez-tez eritmadagi moddalarning miqdorini aniqlashga harakat qilamiz va buni erigan moddalarning konsentratsiyasi deb ataymiz. Quyidagi boʻlimda biz eritmalarni miqdoriy ifodalashni va ushbu maʼlumotlar stexiometrik hisoblashlarda qanday qoʻllanishi mumkinligini koʻrib chiqamiz.

Molyar konsentratsiya

Eritmada eng koʻp miqdorda boʻlgan modda erituvchi deb ataladi. Erituvchida erigan kimyoviy birikmalar erigan moddalar deb ataladi va erigan moddalar gaz, suyuq va qattiq holatda boʻlishi mumkin. Masalan, Yer atmosferasi 78% azot, 21% kislorod, 1% argon, karbonat angidridi va boshqa gazlarning aralashmasi hisoblanadi. Ushbu holatda atmosferani eritma deb qarasak, azot erituvchi, kislorod, argon va karbonat angidridi erigan moddalar boʻlib hisoblanadi.
Erigan moddaning molyarligi yoki molyar konsentratsiyasi bir litr eritmada erigan moddaning mol miqdorini bildiradi (erituvchining bir litrida emas!):
Molyarlik=erigan moddaning molieritmaning litrdagi hajmi
Molyarlikning oʻlchov birligi mollitr, uni qisqartirib molyar yoki M desa ham boʻladi (odatda "molyar" deyiladi). Baʼzida erigan moddaning molyar konsentratsiyasini koʻrsatish uchun erigan moddaning kimyoviy formulasi toʻrtburchak qavsga olinadi. Masalan, eritmadagi xlorid ionlarining molyar konsentratsiyasi [Cl] kabi yozilishi mumkin. Molyar konsentratsiya bizga eritmaning hajmi orqali erigan moddaning molini (yoki massasini) topish imkonini taqdim etadi.
Nazorat savoli: bronza qotishma boʻlib, uni ~88% mis va 12% qalaydan iborat qattiq holatdagi eritma deb qarash mumkin. Bronzada erigan modda va erituvchi nima?

1-masala: erigan moddaning molyar konsentratsiyasini hisoblash

2,355g sulfat kislota suvda eritilib eritma tayyorlandi. Eritmaning umumiy hajmi 50,0ml boʻldi. Sulfat kislotaning molyar konsentratsiyasi, [H2SO4], nimaga teng?
[H2SO4] ni aniqlash uchun eritmadagi sulfat kislotaning mol miqdorini topishimiz kerak. Sulfat kislotaning molekulyar massasi 98,08gmol dan foydalanib uning massasini moliga aylantirishimiz mumkin:
 H2SO4 ning moli=2,355g H2SO4×1mol98,08g=0,02401mol H2SO4
Ana endi sulfat kislotaning mol miqdorini va eritmaning umumiy hajmini molyarlikni aniqlash tenglamasiga qoʻyib, sulfat kislotaning molyar konsentratsiyasini hisoblaymiz:
[H2SO4]=erigan moddaning molieritmaning hajmi litrda=0.02401mol0.050l=0.48M
Nazorat savoli: 4,8M H2SO4 eritmasidagi H+ ionlarining molyar konsentratsiyasi qanday?

2-masala: muayyan konsentratsiyali eritma tayyorlash

Baʼzida konsentratsiyasi va hajmi aniq eritma tayyorlashimiz uchun erigan moddadan qancha olishimiz kerakligini bilishimiz zarur. Bunday hollarda molyarlikni hisoblash tenglamasini erigan moddaning molini topish uchun moslashtiramiz.
Erigan moddaning moli=Molyarlik×eritmaning hajmi litrda
Masalan, [NaCl]=0,800M konsentratsiyali 0.250 l suvli eritma tayyorlamoqchimiz. Ushbu eritmani tayyorlash uchun qanday massadagi erigan modda, yaʼni NaCl kerak boʻladi?
Muayyan konsentratsiyali va aniq hajmdagi eritmani tayyorlashga kerak boʻladigan NaCl molini hisoblash uchun moslashtirilgan molyarlik tenglamasidan foydalanamiz:
NaCl ning moli=[NaCl]×eritmaning hajmi litrda=0,800moll×0,250l=0,200mol NaCl
Endi NaCl ning molidan uning massasini topish uchun natriy xloridining molekulyar massasi 58,44gmol dan foydalanamiz:
NaCl ning massasi=0,200mol×58,44g1mol=11,7g NaCl
Amaliyotda ushbu natijadan foydalanib, quyidagicha bizga zarur boʻlgan eritmani tayyorlaymiz:
1bosqich. 11,7g natriy xloridni tarozida tortib oling.
2bosqich. Natriy xloridini toza, quruq kolbaga soling.
3bosqich. NaCl ga eritmaning umumiy hajmi 250ml boʻlgunga qadar suv qoʻshing.
4bosqich. NaCl toʻliq erib ketgunicha aralashtiring.
Tayyorlangan eritma molyar konsentratsiyasining aniqlik darajasi tanlagan kolbamiz va erigan moddani tortish uchun ishlatgan tarozimizning aniqlik darajasiga bogʻliq. Kolbamiz eritma hajmining aniqligini belgilaydi. Agar aniqlik talab qilinmasa, eritma tayyorlash uchun Erlenmeyer kolbasini ishlatishimiz mumkin. Agar biz oʻta aniq ishlashimiz kerak boʻlsa, masalan, analitik kimyoda tajriba uchun standart eritma tayyorlaganimizda erigan modda va erituvchini oʻlchov kolbasida aralashtirishimiz kerak (quyidagi rasmga qarang).
Oʻlchov kolbasining surati, u keng noksimon asos va yuqori qismida ingichka toʻgʻri boʻyin qismlariga ega. Kolbaga boʻyin sohasini chala toʻldiradigan darajada toʻq koʻk eritma solingan.
Metilen koʻki eritmasi solingan oʻlchov kolbasi. Rasm flickr da Amanda Slater tomonidan taqdim etildi, CC BY-SA 2.0

Xulosa

  • Bir jinsli aralashmalar gomogen eritmalar deb ataladi.
  • Bir jinsli boʻlmagan aralashmalar geterogen aralashmalardir.
  • Aralashmada eng koʻp miqdorda boʻlgan kimyoviy modda erituvchi deb, qolganlari esa erigan moddalar deb ataladi.
  • Molyarlik yoki molyar konsentratsiya bir litr eritmada erigan moddaning mol miqdorini bildiradi, uni quyidagi tenglama boʻyicha hisoblasa boʻladi:
Molyarlik=erigan moddaning molieritmaning litrdagi hajmi
  • Molyar konsentratsiya eritmaning hajmi orqali erigan moddaning massasini yoki molini topish uchun qoʻllanadi.

Urinib koʻring: choʻkma tushish reaksiyasining stexiometriyasi

Molyarlik eritmalardagi reaksiyalar, masalan, choʻkma tushishi va neytrallanish reaksiyalari uchun stexiometrik hisoblashlarni bajarganda qoʻl keladi. Masalan, Pb(NO3)2(s.e) va KI(s.e) oʻrtasidagi choʻkma tushish reaksiyasini koʻrib chiqaylik. Agar ikkala eritmani aralashtirsak, yorqin sariq rangdagi PbI2(q) choʻkmaga tushadi. Ushbu reaksiya tenglamasi quyidagicha boʻladi:
Pb(NO3)2(s.e)+2KI(s.e)PbI2(q)+2KNO3(s.e)
Agar bizda 0.1litr 0,10M Pb(NO3)2 eritmasi mavjud boʻlsa, barcha Pb(NO3)2(s.e) bilan toʻliq reaksiyaga kirishishi uchun 0,10M KI(s.e) eritmasidan qancha hajm qoʻshish kerak?
Bitta javobni tanlang: