If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Oʻrta chiziq, amplituda va davr atamalarini takrorlash

Sinusoidal funksiyaning asosiy atamalarini takrorlash: oʻrta chiziq, amplituda va davr.

Oʻrta chiziq, amplituda va davr nima?

Oʻrta chiziq, amplituda va davr sinusoidaning uchta koʻrsatkichidir.
Oʻrta chiziq bu grafikning maksimum va minimum nuqtalari oʻrtasidan oʻtuvchi gorizontal chiziqdir.
Amplituda bu oʻrta chiziq va grafikning eng yuqori va pastki nuqtalaridan biri orasidagi vertikal masofadir.
Davr bu ikki ketma-ket maksimum nuqtalar yoki ikki ketma-ket minimum nuqtalar orasidagi masofadir (bu masofalar teng boʻlishi kerak).
Oʻrta chiziq, amplituda va davr haqida batafsil oʻrganishni xohlaysizmi? Ushbu video ni koʻring.

Grafikdan koʻrsatkichlarni topish

Sinusoida berilgan boʻlsa biz uning oʻrta chiziq, amplituda va davrini topish uchun tahlil qilamiz. Jumladan, quyidagi grafik berilgan boʻlsin:
Uning maksimum nuqtasi (1,7), minimum nuqtasi (3,3), keyin boshqa maksimum nuqtasi (5,7) koordinataga ega.
y=7 (maksimum qiymat) va y=3 (minimum qiymat) oʻrtasidan oʻtuvchi gorizontal chiziq y=5, shu bois u oʻrta chiziqdir.
Oʻrta chiziq va ekstremal nuqtalardan biri orasidagi vertikal masofa 2, shu bois u amplitudadir.
Ikki ketma-ket maksimum nuqtalar orasidagi masofa 4, shu bois u davrdir.
1-masala
Oʻrta chiziq tenglamasini toping
y=
  • Javobingiz quyidagicha boʻlishi kerak:
  • 6 kabi butun son
  • 3/5 kabi soddalashtirilga toʻgʻri kasr
  • 7/4 kabi soddalashtirilgan notoʻgʻri kasr
  • 1 3/4 kabi aralash son
  • 0.75 kabi aniq oʻnli kasr
  • 12 pi yoki 2/3 pi kabi pi ning karralisi

Bu kabi misollarni yana oʻrganishni xohlaysizmi? Bu misollarni yechib koʻring: