If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Kinetik energiya nima?

Kinetik energiya nimaligi va ishga qanday bogʻliq ekanini oʻrganing.

Kinetik energiya nima?

Kinetik energiya bu jismlarning harakat tufayli ega boʻlgan energiyasi.
Agar biz jismga tezlanish bermoqchi boʻlsak, unga kuch bilan taʼsir qilishimiz kerak. Kuch taʼsir qilish bizdan ish bajarishni talab qiladi. Ish bajarib boʻlinganidan soʻng energiya jismga oʻtadi va u oʻzgarmas tezlik bilan harakat qiladi. Jism olgan energiya kinetik energiya deb ataladi va u jismning massasi va erishgan tezligiga bogʻliq.
Kinetik energiya bir jismdan boshqasiga oʻtishi va bit turdan boshqa energiya turiga aylanishi mumkin. Masalan, uchar olmaxon tinch turgan olasichqon bilan toʻqnashishi mumkin. Toʻqnashuvdan soʻng uchar olmaxonning dastlabki kinetik energiyasining bir qismi olasichqonga oʻtishi yoki boshqa energiyaga aylanishi mumkin.

Kinetik energiya qanday topiladi?

Kinetik energiyani topish uchun biz yuqoridagi qoidalarga koʻra sodda masalada bajarilgan ish Wni kuch F orqali topamiz. m massali quti tekislikka parallel kuch bilan d masofaga surilgan holatni qaraylik. Biz yuqorida oʻrgangandek,
W=Fd=m·a·d
Kinematik formulalarni yodga olsak, agar bizga boshlangʻich vi va oxirgi tezlik vf maʼlum boʻlsa, biz tezlanishni ular orqali topishimiz mumkin, albatta, masofa ham zarur.
W=mdvf2vi22d=mvf2vi22=12mvf212mvi2
Demak, ish bajarilgandan soʻng 12mv2 kattalikning qiymati oʻzgaradi, biz bu kattalikni kinetik energiya K deb ataymiz.
Kinetik energiya: K=12mv2
Demak, kinetik energiyadagi oʻzgarish jism yoki jismlar sistemasi ustida bajarilgan ishga teng.
Wnet=ΔK
Yuqoridagi natija ish-energiya teoremasi deb ataladi va u ancha keng koʻlamda qoʻllanadi, hattoki kuchning yoʻnalishi va qiymati oʻzgarganda ham. Bu energiyaning saqlanish qonuni va konservativ kuchlarni oʻrganishda qoʻl keladi.

Kinetik energiyaning nimasi qiziq?

Biz formuladan kinetik energiya haqida ayrim qiziqarli narsalarni koʻrishimiz mumkin.
  • Kinetik energiya jism tezligining kvadratiga toʻgʻri proporsional. Bu jismning tezligi ikki marta ortganda uning kinetik energiyasi toʻrt marta ortishini bildiradi. 60 mph tezlikda harakatlanayotgan mashina xuddi shunday 30 mph tezlikda harakatlanayotgan mashinaga nisbatan toʻrt marotaba koʻp kinetik energiyaga ega, shuningdek, halokatda vayron boʻlish ehtimoli ham shuncha marta katta.
  • Kinetik energiya doimo musbat yoki nolga teng boʻladi. Tezlikning qiymati musbat yoki manfiy boʻlishi mumkin, ammo uning kvadrati doimo musbat boʻladi.
  • Kinetik energiya vektor kattalik emas. Demak, oʻngga qarab 5 m/s tezlik bilan otilgan tennis toʻpi xuddi shunday chapga qarab 5 m/s tezlik bilan otilgan koptok bilan bir xil kinetik energiyaga ega.
1a-mashq: Afrika fili (massasi = 6000 kg, tezligi = 10 m/s) dam olayotgan joyda notoʻgʻri vaqtda boʻlib qolish sizning kuninggizni yomon tomonga burib yuborishi mumkin. Xuddi shunday kinetik energiyaga ega 1 kg massali zambarak oʻqi qanday tezlikda harakatlanadi?
1b-mashq: Agar fil va zambarak oʻqi alohida devorlarga urilsa, devorga yetkazilgan shikast bir-biridan qanday farq qiladi?
2-mashq: Gidrazin yonilgʻisining energiya zichligi Ed 1.6MJkg ga teng. 100 kg (mr) massali raketaga 1000 kg (mp) gidrazin yuklangan deb oling. Raketa qanday tezlikka erisha oladi? Masala soddaroq boʻlishi uchun gidrazin bir onda yonib tugaydi va raketaga tashqi kuchlar taʼsir qilmayapti deb hisoblang.