Asosiy kontent
Unit 5: Ish va energiya
Boʻlim haqida
Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.Siz oʻzingiz bilmagan holda juda ham koʻp ish bajarib qoʻyasiz (lekin uning koʻp qismi uchun sizga haq toʻlanmaydi). Bu dars sizga dunyoni ish va energiya nuqtayi nazaridan koʻrishingizga koʻmaklashadi (bu siz tasavvur qilganingizdan koʻra qiziqarliroq).
Oʻrganish
Turli xil mashinalarda siqish yoki choʻzish uchun maʼlum miqdordagi kuch talab qilinadigan prujinalar ishlatiladi. Guk qonuni bizga jismlarning vaznini prujina orqali aniqlash imkonini beradi!
Oʻrganish
Agar biror-bir mexanizmdan (shu jumladan, tanangizdagi suyaklardan) foydalangan boʻlsangiz, siz kuch yoki koʻchishdan yutgansiz. Yuk mashinasidan qiya tekislik yordamida yuk tushirsangiz ham yoki bolgʻaning orqasidan foydalanib mixni sugʻurib olsangiz ham, mexanik yutish dunyosi bizni oʻrab turadi.