Asosiy kontent
Boʻlim: Termodinamika
Boʻlim haqida
Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.Ushbu video va maqolalarda Selsiy va Kelvin harorat shkalalari haqida bilib olasiz. Moddaning “mol” oʻlchoviga taʼrif beriladi. Shuningdek, ideal gaz qonuni, gazning bosimi, hajmi va harorati oʻzaro qanday bogʻlanishini bilib olasiz. Nihoyat, siz Maksvell-Bolsman tezlik taqsimoti, gaz molekulasini maʼlum bir tezlikda harakat qilish ehtimolini qanday aniqlashni bilib olasiz.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda siz issiqlik sigʻimi va qaynash issiqligining taʼrifi va ulardan masalalarni yechishda qanday foydalanishni bilib olasiz. Shuningdek, siz issiqlik uzatishning 3 ta turini oʻrganasiz: issiqlik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish. Nihoyat, biz jism orqali issiqlik oʻtish tezligi moddaning qalinligi, issiqlik oʻtkazuvchanlik doimiysi, yuzasi va harorat farqiga bogʻliqligini chuqurroq koʻrib chiqamiz.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda siz termodinamikaning birinchi qonuni gazning ichki energiyasi oʻzgarishi, gaz oladigan issiqlik va gaz ustida bajarilgan ish bilan qanday bogʻliqligini bilib olasiz. Izobarik, izoxorik/izovolumetrik, izotermik va adiabatik jarayonlar bilan bir qatorda PV grafiklar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, siz termodinamikaning ikkinchi qonuni entropiyaning oʻzgarishi mikroholatlarning koʻpayishi va makroholat tizimlariga kiradigan issiqlik bilan qanday bogʻliqligi haqida ham bilib olasiz. Issiqlik dvigatelining samaradorligi ham tushuntiriladi.