Agar siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, saytimizga tashqi resurslarni yuklashda muammolarga duch kelmoqdamiz.

If you're behind a web filter, please make sure that the domains *.kastatic.org and *.kasandbox.org are unblocked.

Asosiy kontent

Unit 16: Maxsus nisbiylik nazariyasi

Boʻlim haqida

Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.

Maykelson-Morli tarjibasi nisbiylik nazariyasi yaratilishi uchun asosiy eksperimental omillardan biri boʻldi. Ushbu boʻlimda biz Maykelson va Morlining yorugʻlik efirining borligi haqidagi dalillarni topish uchun qilgan tajribalarini tushuntiramiz. (Eʼtiborlisi, ular uni topa olishmagan va bu hammani hayratda qoldirgan.)
Nyuton mexanikasiga asosan, biz koinot boʻylab vaqtning oʻtishini va uzunlikni mutlaq fizik kattaliklar deb hisoblaymiz: ular qanday inersial sanoq sistemasida boʻlishidan qatʼi nazar, vaqt barcha sanoq sistemalarida bir xil oʻtadi va biror sanoq sistemasidagi maʼlum masofa boshqa sanoq sistemasida ham xuddi shunday boʻladi. Bu yorugʻlik tezligini kuzatishga qarama-qarshi boʻlgan yorugʻlik tezligining sanoq sistemasiga nisbiy boʻlishiga olib keladi. Biz mutlaq fazo va vaqt haqidagi farazlarimizni kuzatish natijalari bilan muvofiqlashtiramiz. Bunda Minkovskiy fazo-vaqt diagrammasi qoʻl keladi.
Endi biz maxsus nisbiylik nazariyasiga Lorens almashtirishlari orqali algebraik koʻrinish beramiz. Qizigʻi shundaki, Lorens mazkur almashtirishlarni Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasini ixtiro qilishidan oldin bir necha kuzatishlarni umumlashtirib, kashf qilib boʻlgan edi, lekin nisbiylik nazariyasi unga haqiqiy konseptual ozuqa berdi. Lorens almashtirishlari bizga turli xil sanoq sistemalarida boʻlgan fazo-vaqt koordinatalarini bir-biriga bogʻlash imkonini beradi!
Siz yorugʻlik tezligining yarmiga teng boʻlgan tezlik bilan menga qarab kelyapsiz. Mening doʻstim yorugʻlik tezligining yarmiga teng boʻlgan tezlik bilan mendan uzoqlashmoqda. Ikkovingizning harakatingizga koʻra, siz qanday tezlik bilan bir-biringizga yaqinlashmoqdasiz? Endi yanada qiziqarli boʻladi. Biz turli xil sanoq sistemalaridagi nisbiy tezliklar haqida fikr yuritamiz.