If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Fizikani oʻrganishga tayyorlanish

Fizikani oʻrganishni boshlash uchun nima qilish kerak?

Fizikada muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarni bilishim kerak?

Fizika ni oʻrganish murakkab boʻlishi mumkin. Odamlar, koʻpincha, fizikani oʻrganishni boshlash uchun zarur shart-sharoitlar haqida bilishni xohlashadi. Quyida fizika darslarini boshlashdan oldin bilishingiz kerak boʻlgan eng asosiy tushuncha va mavzular sanab oʻtilgan.

Konseptual Fizika uchun:

Sizning yangi gʻoyalarni qabul qilishga va oʻrganishga boʻlgan intilishingiz hamda siz shu paytga qadar olam haqida toʻgʻri deb bilgan 90% fikringiz xato boʻlishi mumkinligini qabul qilishga tayyor boʻlish.

Boshlangʻich Fizika uchun:

AP1 Fizika uchun:

AP2 Fizika uchun:

  1. AP2 Fizikada AP1 Fizikadagi barcha qonunlarni bilish talab etiladi.
Algebra va trigonometriyada har qanday matematik gʻoyani bilishingiz shart emas, ularning koʻpini yoʻl-yoʻlakay oʻrganishingiz mumkin, ammo sizga matematika qanchalik notanish boʻlsa, fizika matematik afsungarlik kabi koʻrinishi ehtimoli shunchalik koʻp.
Yodingizda boʻlsin, matematika odamlarning tushunmasligi uchun qandaydir intellektual toʻsiq sifatida xizmat qilishi kerak emas. Bu yerda matematikaning oʻrni fizikadagi tushunchalarni aniq va ravshan bayon qilishdir. Matematika sodda fizik tushunchani sizdan yashirishiga yoʻl qoʻymang.
Mavjud matematik bilimlardan koʻra muhimroq narsa sizning ongingizdir. Qancha tayyorgarlik koʻrsangiz ham toʻsiqlarga duch kelasiz. Muvaffaqiyatli boʻlishning siri - bu siz koʻp mehnat qilishingiz va oxir-oqibatda bu toʻsiqlarni yengishingiz mumkinligini bilishingizdir!