Bu dars sizning kinematikani (jismlar harakatini) tushunishingiz uchun asos hisoblanadi. Siz Yoʻl=Tezlik*Vaqt ekanini bilsangiz kerak. Bu darsning asosiy maqsadi vektor kattalik nima ekanligini tushunish hisoblanadi. Shunday ekan, darslarga kirishamiz: fundamental fizika boʻylab sayohatimizga tayyorlaning.
Kuchlar oʻzaro muvozanatlashmagan holatda (bu holatni Nyuton qonunlari mavzusida chuqurroq va kengroq oʻrganamiz) jismlar tezlanishga ega boʻladi (biror vaqt intervalida tezlikning oʻzgarishi). Siz “Porsche” mashinasi 180 km/h tezlikka erishish uchun yoki samolyot havoga koʻtarilish tezligiga erishishi uchun qancha vaqt zarurligi haqida oʻylagan boʻlsangiz, bu dars shu savollarga javob topishingizda siz uchun foydali boʻladi.
Biz formulalarni shunchaki yodlab olishga targʻib qilmaymiz va sizdan ham buni talab qilmaymiz (agar hayotingizni haqiqiy potensialingizning soyasi sifatida yashashni xohlamasangiz). Bu darsda biz koʻchish, tezlik va tezlanish haqidagi bilimlarimizni kinematikaga oid masalalarni yechish uchun qoʻllaymiz (shu bilan birga, gorizontga burchak ostida otilgan jism haqidagi masalalarda ham). Bunda biz fizika kitoblaringizda koʻrishingiz mumkin boʻlgan formulalardan foydalanamiz.
Ushbu darsda Sal tomonidan 2007-yilda tayyorlangan eski videolar oʻrin olgan. Ushbu tarkib boshqa joylarda yoritilgan, ammo baʼzi odamlar ushbu dastlabki darslarning (va erkaklik) soddaligini yaxshi koʻradi (Sal “erkaklik” haqida ozgina qoʻshimcha qildi).