Asosiy kontent
Unit 8: Tebranishlar va mexanik toʻlqinlar
Boʻlim haqida
Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.Siz hech oldinga va orqaga harakatlanadigan oʻyinchoq prujinani koʻrganmisiz? Bu garmonik harakatdir (tebranma harakatning maxsus koʻrinishi). Ushbu darsda biz shu kabi hodisalarni modellashtirish va u bilan bogʻliq masalalarni yechishni oʻrganamiz.
Oʻrganish
Ushbu videoda Salmon sodda garmonik harakatda differensial hisobni qanday qoʻllashni tushuntiradi.
Ushbu video va maqolalarda siz toʻlqinning taʼrifini hamda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi farqni bilib olasiz. Shuningdek, siz toʻlqinlarni xarakterlash uchun ishlatiladigan asosiy kattaliklar – amplituda, davr, chastota va toʻlqin uzunligi haqida tushunchaga ega boʻlasiz.
Ushbu video va maqolalarda siz tovush toʻlqinlarining tarqalishini toʻlqin amplitudasi, davri, chastotasi va toʻlqin uzunligini koʻrgazmali ravishda koʻrasiz. Bundan tashqari, tovushning tarqalish tezligi muhitning turiga bogʻliqligini oʻrganasiz. “Max soni” – jismlarning muhitdagi tezligining shu muhitdagi tovush tezligiga nisbati ekanligi koʻrsatiladi. Shuningdek, siz detsibel shkalasi, nima uchun tovushlar ingichkalashishi va ultratovush tekshiruvi qanday ishlashi haqida bilib olasiz.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda siz Doppler effekti harakatlanayotgan tovush manbai yoki harakatlanuvchi tovush detektorining oʻlchangan chastotasini qanday oʻzgartirishini oʻrganasiz. Shuningdek, harakatlanuvchi tovush manbai yoki harakatlanuvchi ovoz detektori bilan ishlaganda, Doppler effekti formulasidan foydalanib, kuzatilgan chastotani qanday hisoblashni bilib olasiz.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda siz turgʻun toʻlqinlar qanday hosil qilinishi va ochiq naychada yoki yopiq naychada hosil qilingan turgʻun toʻlqinlarning chastotasini qanday aniqlash mumkinligini bilib olasiz.