If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Magnit kuch nima?

Magnit kuch nima ekani va uni qanday hisoblashni oʻrganing.

Magnit kuchi nima?

Magnit kuchlar tabiatdagi toʻrtta asosiy kuchlardan biri boʻlgan elektromagnit kuchlar natijasidir va ular zaryadlarning harakati tufayli hosil boʻladi. Zaryadlangan va bir xil yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan ikki jism oʻzaro magnit tortishish kuchiga ega. Xuddi shu kabi zaryadlangan va turli yoʻnalishda harakatlanayotgan jismlar oʻzaro magnit itarish kuchiga ega.
Magnit maydonlar haqidagi maqolamizda biz harakatlanayotgan zaryadli zarra oʻz atrofida magnit maydon hosil qilishini oʻrgangan edik.

Magnit kuch qanday topiladi?

Ikkita harakatlanayotgan zaryadlangan jism orasidagi magnit kuchning qiymati ularning zaryadlari qanchalik harakatda ekani va jismlar orasidagi masofaga bogʻliq. Kuchning yoʻnalishi har doim zaryadlarning oʻzaro harakat yoʻnalishiga bogʻliq.
Magnit kuchni aniqlashda oʻzgarmas B magnit induksiyaga ega maydonda doimiy v tezlikda harakatlanuvchi q zaryad andazasidan foydalaniladi. Agar bizga magnit maydon kattaligi berilmagan boʻlsa, unda ushbu usuldan foydalanishimiz mumkin, chunki koʻpincha magnit maydonni toʻgʻri tokkacha boʻlgan masofa orqali hisoblash mumkin.
Magnit kuchini Lorens kuchi va qonuni yordamida tavsiflash mumkin:
F=qv×B
Ushbu holda u vektor koʻpaytma shaklida yozilgan. Vektor koʻpaytmani yoyish orqali magnit kuchning qiymatini topishimiz mumkin. Formula tezlik vektori va magnit maydon vektori oʻrtasidagi burchak θ ning (<180) ixtiyoriy qiymatida yozilgan.
F=qvBsinθ
Kuch yoʻnalishini chap qoʻl qoidasi yordamida topish mumkin. Ushbu qoidaga koʻra, toʻrt barmogʻimizni magnit maydon induksiyasi yoʻnalishida qoʻysak, kaftimizga tik kiruvchi chiziqlar magnit kuch yoʻnalishini koʻrsatadi. Bosh barmogʻimiz esa musbat zarra harakat yoʻnalishida boʻladi. Agar harakatlanadigan zarra manfiy zaryadlangan boʻlsa (masalan, elektron), unda bosh barmogʻimiz yoʻnalishini qarama-qarshisiga oʻzgartirishimiz kerak, chunki kuch teskari yoʻnalishda boʻladi. Shu bilan bir qatorda, manfiy zaryadlangan zarra harakati uchun chap qoʻlimizni ishlatishimiz mumkin.
Magnit maydonda harakatlanayotgan musbat zaryadli zarra uchun magnit kuchni aniqlash.
1-rasm: musbat zaryadli zarra hosil qilgan magnit kuchning yoʻnalishini topishda oʻng qoʻl qoidasidan foydalanish.
Baʼzida bizdan I tok oqayotgan oʻtkazgichdagi magnit kuchni topish soʻraladi. Buni dastlabki formulamizni biroz soddalashtirish orqali bajarishimiz mumkin. Agar biz tezlikni masofa / vaqt deb olsak va oʻtkazgich L uzunlikka ega boʻlsa
qv=qLt
hamda tok kuchi oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligida oʻtayotgan zaryad ekani bois
qv=IL
bundan
F=BILsinθ

Oʻtkazgichdagi magnit kuch

1a-mashq:
2-rasm: oʻtkazgichdagi magnit kuch
2-rasm: oʻtkazgichdagi magnit kuch.
Ikkinchi rasmda taqasimon magnitning shimoliy va janubiy qutblari orasiga joylashtirilgan oʻtkazgich koʻrsatilgan. Oʻtkazgichga ulangan batareya koʻrsatilgan yoʻnalishda 5 A tok oqishiga sabab boʻlmoqda. Agar magnit qutblari orasidagi magnit maydon induksiyasi 0,2 T boʻlsa, qutblar orasidagi oʻtkazgichning 10 mm uzunlikdagi qismiga qanday kuch taʼsir qiladi?
1b-mashq:
Aytaylik, magnit chapga biroz siljitildi, shunda oʻtkazgich magnitning janubiy qutbiga yaqinroq boʻlib qoladi. Simdagi magnit kuch oʻzgaradimi?
1c-mashq:
Aytaylik, magnit kuchning qiymati nomaʼlum edi. Magnit kuchni oʻlchash uchun ushbu tajribani qanday oʻzgartirish kerak? Sizda chizgʻich, ip va bir nechta aniq vaznga ega yuklar bor deylik.

Katod nur trubkasida elektronlarning ogʻishi

Katod nur trubkasi – bu evakuatsion trubka, uning bir uchida elektron chiqaruvchi miltiq, boshqa uchida esa fosforli ekran joylashgan. Elektronlar “miltiq”dan yuqori tezlikda chiqariladi va ularning fosfor bilan taʼsiri natijasida yorugʻlik paydo boʻladi.
Elektronlar zaryadlangani sababli ularning harakat trayektoriyasini elektr yoki magnit kuch bilan ogʻdirish mumkin. Ogʻishni boshqarish yorugʻ joyni ekran atrofida harakatlantirishga imkon beradi. Eski “elektron trubkali” televizorlarda bu qonundan tezkor ravishda skanerlash orqali tasvirlarni hosil qilish uchun foydalanilgan.
2a-mashq:
3-rasmda katod nur trubkasi tajribasi koʻrsatilgan. Bir juft solenoidlar katod nur trubkasining tashqarisiga joylashtiriladi va naycha boʻylab bir jinsli magnit maydon hosil boʻladi (rasmda koʻrsatilmagan). Maydonga javoban elektronlar ogʻadi va rasmda koʻrsatilgandek aylananing kesimi boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi. Magnit maydonning yoʻnalishi qanday?
3-rasm: katod nur trubkasi tajribasi.
3-rasm: katod nur trubkasi tajribasi.
2b-mashq:
Agar elektronlar “miltiq”dan gorizontal ravishda v 2107 m/s tezlik bilan chiqarilsa, magnit maydon kuchi qancha? Aylanma yoʻlning radiusini L2/2d deb olish mumkin, bu yerda L – trubaning uzunligi va d – gorizontal ogʻish.