If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Boʻlim: Magnit kuchlar, magnit maydonlar va Faradey qonuni

Ushbu video va maqolalarda siz magnit kuchining kattaligi zaryadga, tezlikka va magnit maydonga qanday bogʻliqligini bilib olasiz. Shuningdek, magnit kuchning yoʻnalishini aniqlash uchun oʻng qoʻl qoidasidan qanday foydalanishni oʻrganasiz. Nihoyat, toʻgʻri oʻtkazgichdan oqayotgan tok hosil qilingan magnit maydonining qiymatini qanday aniqlashni bilib olasiz.
Ushbu video va maqolalarda siz toʻgʻri oʻtkazgich yordamida hosil qilingan magnit maydoni tok kuchi va masofaga qanday bogʻliqligini bilib olasiz. Bundan tashqari, magnit maydon yoʻnalishini aniqlash uchun oʻng qoʻl qoidasidan qanday foydalanishni oʻrganasiz. Ikkita tokli toʻgʻri oʻtkazgichning oʻzaro taʼsiri, shuningdek, magnit maydon boʻylab harakatlanayotgan oʻtkazgichdagi induksion tok haqida ham tushunchaga ega boʻlasiz.
Ushbu video va maqolalarda siz magnit oqim magnit maydon induksiyasiga, yuzaga va burchakka bogʻliqligini bilib olasiz. Faradey qonunida oʻzgaruvchan magnit oqimi oʻzgaruvchan tokni keltirib chiqarishi haqida tushunchaga ega boʻlasiz. Lens qonuni yordamida induksion tokning yoʻnalishini topish ham koʻrsatiladi. Hamda Faradey va Lens qonunlarining qoʻllanishiga doir masalalar yechiladi.

Boʻlim haqida

Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.