If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Taranglik nima?

Zanjirlar jismlarni koʻtaradi! Shu kabi kuchlar bilan ishlashni oʻrganing.

Taranglik nima?

Bir-biriga tegib turgan ixtiyoriy fizik jismlar orasida taʼsir kuchlari boʻlishi mumkin. Biz bu kuchlarni oʻzaro taʼsir kuchlari deb ataymiz. Agar kuch taʼsir qilayotgan jismlardan biri prujina, rezina, zanjir, ip, arqon, kabel boʻlsa, biz unga taʼsir qilayotgan kuchni taranglik deb ataymiz.
Arqonlar va kabellar kuchlar taʼsirini yetkazish uchun foydalidir, chunki ular kuch taʼsirini sezilarli masofaga (yaʼni arqon uzunligi) samarali ravishda uzata oladi. Masalan, Sibir changʻichilari jamosi chanani arqonlar yordamida itlarga bogʻlashadi bu esa itlarga harakatlanish uchun kattaroq oraliq yaratadi va itlar chanani tortadi, ushbu holat itlar chanani itarganiga qaraganda ancha (bu juda achinarli jamoa boʻlar edi) unumli.
Yodda tuting, taranglik bu tortish kuchi, chunki arqonlar itara olmasligi aniq va ravshan. Arqon bilan itarishga boʻlgan urinish uning tortishda yuzaga kelgan tarangligini yoʻqotishiga sabab boʻladi. Bu juda sodda va ravshan tuyulishi mumkin, ammo koʻp odamlar chizmalarda taranglik kuchining yoʻnalishini notoʻgʻri chizishadi, yodda tuting, taranglik faqat jismni tortishi mumkin.

Taranglik kuchini qanday topamiz?

Afsuski, taranglik kuchini topish uchun maxsus formula yoʻq. Taranglik kuchini topish yoʻli xuddi normal reaksiya kuchini topish usuliga oʻxshaydi. Yaʼni biz jismning harakatini unga taʼsir etuvchi kuchlarga Nyutonning ikkinchi qonuni yordamida bogʻlaymiz. Aniqroq aytganda biz, quyidagi ishlarni bajaramiz:
  1. Jismga taʼsir qilayotgan kuchlarni chizing.
  2. Taranglik hosil boʻlgan yoʻnalish uchun Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi (a=ΣFm) ni yozing.
  3. Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidan a=ΣFm taranglikni toping.
Biz bu yoʻl orqali quyidagi masalalarni yechamiz.

Taranglik kuchi ishtirok etgan masalalar qanday yechiladi?

1-masala: Ip burchak ostida qutini tortmoqda

Silliq stolda ichiga 2.0 kg bodring solingan quti gorizontga θ=60o burchak ostida yoʻnalgan ip bilan tortilmoqda. Ipning tarangligi sababli quti oʻngga qarab 3.0m s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda.
Ipning taranglik kuchi nimaga teng?
Avval, biz qutiga taʼsir qilayotgan barcha kuchlarni chizib olamiz.
Endi Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanamiz. Taranglik ham vertikal ham gorizontal yoʻnalgani sababli qaysi yoʻnalishni tanlash biroz noaniq. Ammo bizga tezlanish gorizontal ekani maʼlum va taranglik gorizontal proyeksiyaga ega boʻlgan yagona kuch boʻlgani sababli biz Nyutonning ikkinchi qonunidan gorizontal yoʻnalish uchun foydalanamiz.
ax=ΣFxm(Gorizontal yoʻnalish uchun Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalaning.)
3.0m s2=Tcos60o2.0 kg(Gorizontal tezlanish, massa va gorizontal kuchlarni keltirib qoʻying.)
Tcos60o=(3.0m s2)(2.0 kg)(T ni bir tomonga oʻtkazing.)
T=(3.0m s2)(2.0 kg)cos60o(Quyidagini topamiz: T)
T=12 N(Hisoblang va nishonlang.)

2-masala: Ikki ipga osilgan quti

Quritilgan shirinliklar toʻldirilgan quti umumiy 0.25 kg massaga ega va u biri devorga, biri uy tomiga mahkamlangan ikkita ipda muvozanatda turibdi. Gorizontga θ=30o burchak ostida turgan ipda taranglik kuchi T2 ga teng.
Iplarda taranglik (T1 va T2) nimaga teng?
Avval biz qutiga taʼsir qiluvchi barcha kuchlarni chizib olamiz.
Endi Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanamiz. Bu yerda ham gorizontal ham vertikal yoʻnalgan taranglik kuchari boʻlgani sababli qaysi yoʻnalishni tanlash biroz mavhum. Ammo ogʻirlik kuchi vertikal yoʻnalgan ekani bizga maʼlum, shu sababli Nyutonning ikkinchi qonunini vertikal yoʻnalish uchun qoʻllaymiz.
ay=ΣFym(Vertikal yoʻnalish uchun Nyutonning ikkinchi qonunini qoʻllang.)
0=T2sin30oFg0.25 kg(Vertikal tezlanish, massa va vertikal kuchlarni keltirib qoʻying.)
T2=Fgsin30o(Quyidagini toping: T2)
T2=mgsin30o(Quyidagidan foydalaning: Fg=mg)
T2=(0.25 kg)(9.8m s2)sin30o=4.9 N(Hisoblang va nishonlang.)
Biz T2 ni topganimizdan soʻng gorizontal yoʻnalish uchun Nyutonning ikkinchi qonunini qoʻllab T1 ni topishimiz mumkin.
ax=ΣFxm(Gorizontal yoʻnalish uchun Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalaning.)
0=T2cos30oT10.25 kg(Gorizontal tezlanish, massa va gorizontal kuchlarni keltirib qoʻying.)
T1=T2cos30o(Quyidagi taranglikni toping:T1)
T1=(4.9 N)cos30o(Biz topgan son qiymatni keltirib qoʻying. T2=4.9 N)
T1=4.2 N(hisoblang va nishonlang)