If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 3: Kuchlar va Nyuton qonunlari

300 possible mastery points

Boʻlim haqida

Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.
Bu darsda siz klassik mexanika asoslari boʻlgan Nyuton qonunlari bilan tanishasiz. Baʼzan ular hissiyotlarimizga mos kelsa, baʼzida buning teskarisi boʻladi. Videoni koʻring va olamga boʻlgan qarashingizni sinovdan oʻtkazing. Videoni koʻrib boʻlganingizdan soʻng, dunyo sizga boshqacharoq koʻrina boshlaydi.
Yuqoridagi koʻnikmalarni egallab,240 tagacha mahorat ballarini toʻplang
It mening boshim ustida bir panjasiga tiralib, muvozanatda turibdi. Boshim itning panjasiga kuch bilan taʼsir qilyaptimi? Bu holda itning gravitatsiya kuchini kompensatsiyalovchi kuch boʻlmasa, it bunday akrobatik holda tura olarmidi? Biz bu muvozanatlovchi kuchni qanday ataymiz? Taʼsir etuvchi kuchning taʼsir tekisligiga perpendikulyar boʻlgan proyeksiyasi uchun umumiy nom bormi? Bu tugʻilishi mumkin boʻlgan odatiy savollardir.
Fizika professorlari shunchaki “kuch” emas, balki “natijaviy kuch” yoki “muvozanatlashmagan kuch” deb gapirishda ehtiyotkor boʻlishlariga guvoh boʻlasiz. Nima uchun? Ushbu dars bu jarayon nega sodir boʻlishi va Nyuton qonunlari haqida koʻproq maʼlumotga eʼtibor qaratadi.
Ushbu qisqa darsda siz Nyuton qonunlarini qay darajada tushunganingizni bilish uchun sayyora sirtida harakatlanayotgan muz boʻlagi haqidagi masala bilan tanishasiz. Video davomida sizga savollar bilan ham murojaat qilamiz.
Yoʻl qatnovi yomonmi? Chaqaloq yigʻlayaptimi? Toʻlash uchun toʻlov qogʻozlari? Tushkunligingizni yengillashtirish uchun ozgina kalgon (suvni yumshatuvchi) bilan choʻmilishni rejalashtiryapsizmi (YouTubeʼdan izlang)? Ushbu darsga bularning hech qanday aloqasi yoʻq. Hozirgacha biz koʻrgan kuchlarning aksariyati “itaruvchi” kuchlardir – chunki atomlar bir-biriga yaqin boʻlishni xohlamaydi. Endi biz “tortish” kuchi yoki oʻzaro taʼsirni oʻrganamiz (mikro darajadagi bogʻlangan atomlar orasidagi tortishish kuchi).
Keyingisi:

Oraliq test

Ushbu boʻlimdagi barcha mahoratingizni oshiring va 300 gacha mohirlik ballarini toʻplang!