Asosiy kontent
Unit 9: Suyuqlik va gazlar
Boʻlim haqida
Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.Ushbu video va maqolalarda siz zichlik va solishtirma ogʻirlik bilan tanishasiz. Shuningdek, siz bosimning taʼrifini, uning kuch va yuzaga qanday bogʻliqligini va suyuqlik ichidagi bosimni qanday topishni oʻrganasiz. Mutlaq va manometrik bosim oʻrtasidagi farq ham muhokama qilinadi.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda siz bosimlarning farqi suvga botirilgan jismga taʼsir qiluvchi Arximed kuchini hosil qilishini va uni hisoblashni oʻrganasiz. Shuningdek, Arximed qonunining mohiyati bilan tanishasiz.
Harakatlanayotgan suyuqliklarning tabiati tinch turgan suyuqliklardan farq qiladi. Ushbu maqolalar va videodarslarda hajmiy oqim va oqimning uzluksizlik tenglamasi haqida tushunchaga ega boʻlasiz. Shuningdek, siz Bernulli qonuni va Bernulli tenglamasi orqali suyuqlikning bosimi va tezligi orasidagi munosabatni bilib olasiz. Turbulentlik va qovushoqlik ham muhokama qilinadi.