Asosiy kontent
Boʻlim: Elektr zaryad, maydon va potensial
Boʻlim haqida
Bu fizikaning boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Videolarni, maqolalarni va mashqlarni koʻrib chiqing.Ushbu video va maqolalarda elektr zaryadining taʼrifi, zaryadning saqlanish qonuni haqida fikr yuritamiz. Kulon qonuni yordamida oʻzaro elektr taʼsirlashuv kuchining zaryad va masofa bilan qanday bogʻlanganini bilib olasiz. Elektr tokini oʻtkazadigan va oʻtkazmaydigan materiallar orasidagi farqni ham muhokama qilamiz.
Ushbu video va maqolalarda siz elektr maydon nima ekanligini hamda nuqtaviy zaryad va zaryadlangan cheksiz yassi tekislik uchun elektr maydonining qiymatini qanday aniqlashni bilib olasiz.
Oʻrganish
Ushbu video va maqolalarda elektr maydon potensial energiyasi, maydon potensiali hamda kuchlanish orasidagi farqni oʻrganasiz. Siz fazoning biror nuqtasidagi potensialni hisoblashni, ikkita zaryadning oʻzaro taʼsirlashish potensial energiyasini topishni va fazoning ikki nuqtasi orasidagi kuchlanishni topishni oʻrganasiz.