If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Oddiy mexanizmlar va ulardan qanday foydalanish darsi

Oltita oddiy mexanizm mavjud. Ular: richag, blok, chigʻiriq, vint, pona, qiya tekislik. Ushbu darsda ularning dastlabki uchtasini koʻrib oʻtamiz.
Oddiy mexanizmlar sizga mexanik yutuq berishi mumkin, boshqacha aytganda, ular jismni uzoq masofaga siljitish uchun kuchingizni taqsimlash imkonini beradi. Bu degani, siz doimo katta kuch bilan taʼsir qilishingiz shart emas. Oddiy mexanizmlar sizga biron jismni koʻtarish yoki juda ogʻir boʻlgan narsalarni siljitishga imkon beradi.
Biz ushbu darsdan quyidagi tartibda foydalanishni maslahat beramiz:
1.     Ovozsiz videolardagi qurilmalarning har bir qismiga eʼtibor bering.
2.     Nimalar sodir boʻlayotganini qayd qilib boring.
3.     Har bir oddiy mexanizmning qismlarini aniqlang va ular qanday bogʻliqligiga qarang.
4.     Har bir ovozsiz videoga doir savollarga javob bering.
5.     Matematik masalalarni yeching (algebra va trigonometriya bilan tanish talabalar uchun)
6.    Oʻzingizning sodda shaxsiy LEGO mashinangizni yigʻing va ishqalanish kuchi, mexanizmlarning egilishi, ipning choʻzilishi, havo qarshiligi va boshqa omillarning mexanizmingizga taʼsirini tekshiring.

Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?

Ingliz tilini tushunasizmi? Khan Academyʼning inglizcha saytida boʻlayotgan muhokamalarni koʻrish uchun shu yerga bosing.