Asosiy kontent
Fizika
Course: Fizika > Unit 4
Lesson 2: Markazga intilma kuchMarkazga intilma kuch nima?
Markazga intilma kuch nima ekanini va uni qanday hisoblashni oʻrganing.
Markazga intilma kuch nima?
Markazga intilma kuch – aylanma tekis harakat qilayotgan jismga taʼsir qiluvchi natijaviy kuch.
Markazga intilma tezlanishga doir maqolamizda biz har qanday r radiusli aylana boʻylab v tezlik bilan harakat qilayotgan jism aylana markaziga yoʻnalgan quyidagi tezlanishga ega boʻlishini oʻrganganmiz:
a, equals, start fraction, v, squared, divided by, r, end fraction.
Ammo jism avvalo nega aylanma harakat qilayotganini bilish kerak. Nyutonning birinchi qonuniga koʻra, agar jismga tashqi kuchlar taʼsir etmasa yoki kuchlarning taʼsiri muvozanatlashgan boʻlsa, u toʻgʻri chiziqli tekis harakatini davom ettiradi. Bu yerda tashqi kuch – markazga intilma kuch.
Markazga intilma kuch fundamental kuch emasligini tushunish juda muhim, u shunchaki jismning aylanma harakatiga sabab boʻladigan natijaviy kuchga berilgan nom. Aylanayotgan shar mahkamlangan prujinaning taranglik kuchi va sunʼiy yoʻldoshni orbitada ushlab turuvchi gravitatsiya kuchi markazga intilma kuchga misoldir. Baʼzan aylanma harakatni bir nechta kuchlar yuzaga keltirishi ham mumkin, lekin ularning vektor yigʻindisi radius boʻylab markazga yoʻnalgan boʻlishi kerak.
Nyutonning 2-qonunidan boshlaymiz:
va buni markazga intilma tezlanishga tenglashtiramiz:
Biz markazga intilma kuch F, start subscript, c, end subscript son qiymatga ega ekanini koʻrsatishimiz mumkin:
va u doimo aylana markazi tomon yoʻnalgan. Shuningdek, agar omega burchak tezligi boʻlsa, v, equals, r, omega ekanidan quyidagi formula hosil boʻladi:
Ipga mahkamlangan shar
Markazga intilma kuchni aniq koʻrsatadigan qurilma 1-rasmda koʻrsatilganidek, vanzsiz ipga ulangan (m, start subscript, 1, end subscript) massa va vertikal naycha orqali ipning boshqa uchiga ulangan (m, start subscript, 2, end subscript) massadan tashkil topgan.
1-mashq: Agar m, start subscript, 1, end subscript 1, space, m radius boʻylab aylanma harakat qilayotgan 1, space, k, g massali jism boʻlsa va m, start subscript, 2, end subscript, equals, 4, space, k, g ga teng boʻlsa, m, start subscript, 1, end subscript massali jismning burchak tezligi nimaga teng (ikkala yuk ham vertikal harakatlanmayapti va ip bilan nay orasida ishqalanish mavjud emas)?
Mashinaning burilishi
2-mashq: Mashina 10, start text, space, m, slash, s, end text tezlikda radiusi 15, start text, space, m, end text boʻlgan aylana hosil qilib burilmoqda. Mashina sirpanib ketmasligi uchun uning gʻildiraklari va asfalt orasadagi ishqalanish koeffitsiyenti qanday boʻlishi kerak?
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.