Asosiy kontent
Unit 4: Stereokimyo
Boʻlim haqida
Sizning oʻng poyabzalingiz chap oyogʻingizga mos boʻlmagani kabi, molekulalar ham oʻzining koʻzgudagi ifodasi bilan mos boʻlmasligi mumkin! Bu xususiyat xirallik deb nomlanadi. Biz molekulani nima xiral qilishini, stereoizomerlar va R/S sistema yordamida ulardagi konfiguratsiyalarni, optik faollik va Fisher proyeksiyalarini koʻrib chiqamiz.Siz oʻnaqaymisiz yoki chapaqay? Qachondir oʻzingiz oynada koʻringaningizdek maftunkor emasligingizni oʻylab koʻrganmisiz? Xirallik dunyosiga xush kelibsiz!
Oʻrganish
Bu darsda oʻzaro bir xil tarkib va bogʻlarga ega boʻlgan, ammo tuzilishi jihatidan bir-birining aksi boʻlgan birikmalarni – enantiomerlarni oʻrganamiz (masalan, Tomaks va Ksamot – GI Joning Krimson qoʻriqchilari).
Oʻrganish
Aytgin-chi menga oyna... eng goʻzal stereoizomer qaysi dunyoda? Bu darsda biz turli stereoizomerlar orasidagi aloqalarni koʻrib chiqamiz.