Asosiy kontent
Unit 2: Rezonans va kislota-asos kimyosi
Boʻlim haqida
Keling, birgalikda formal zaryad, oksidlanish darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va rezonans strukturalar yordamida elektronni qanday kuzatish mumkinligini koʻrib chiqamiz. Shuningdek, biz kislota-asos kimyosi tamoyillari bilan ham tanishamiz.Kimyoni oʻrganishni boshlayotganlar elektronlarni sanashni bilishlari lozim. Bu qobiliyatsiz sizning kimyogar sifatidagi kelajagingiz yoʻq. Bu darsda siz formal zaryad va oksidlanish darajalarini aniqlash uchun elektronlarni qanday sanash kerakligini oʻrganasiz. Bu “elektron buxgalteriya” usullari organik reaksiyalar uchun oʻta muhim tushunchalardan hisoblanadi.
Oʻrganish
Zig-zag struktura yordamida rezonansni tasavvur qila olmayapsizmi? Elektron zichlikning taqsimlanishini toʻliq ifodalash uchun baʼzida bitta strukturaning ifodasi kamlik qiladi. Bu darsda ikkita yoki undan koʻp rezonansli strukturalar bizga yagona tushunchani (rezonans gibrid) berish uchun qanday birlashishini bilib olamiz.
Oʻrganish
Kislota-asos kimyosining asoslari yodingizdami? Agar sizning javobingiz neytral boʻlsa, unda bu darslikni koʻrib chiqib, umumiy kimyoning ushbu muhim tushunchasini bilib olishingiz mumkin.