If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 1: Struktura va bogʻlanish

Boʻlim haqida

Keling, kimyoviy bogʻlarning asosini, shuningdek, nuqtaviy strukturalar, gibridlanish, skelet tuzilish, elektromanfiylik va qutblilikni koʻrib chiqamiz. Shuningdek, biz bogʻlar va molekulalararo taʼsir kuchlari qaynash harorati kabi fizik xossalarga qanday taʼsir etishini muhokama qilamiz.
Nuqtachalarni chizishga urinyapsizmi? Bu borada xavotirga umuman oʻrin yoʻq! Ushbu darsda siz sodda organik nuqtaviy strukturalar boʻyicha bir qancha tushunchalarni oʻrganasiz.
Ularni bogʻlar deb nomlang. Kovalent bogʻlar. Aqlli kimyogarlarga eritmalarni aralashtirishga (va chayqatishga) vaqt kerak boʻladi. Bu darsda kimyogarlar qanday qilib uglerod va vodorod belgilaridan foydalanmasdan, organik molekulalarning skelet tuzilishlarini hosil qilishlarini tushuntiramiz. Siz ham doktor Bilagʻon boʻlishingiz uchun ushbu mavzuni yaxshilab oʻrganing.
Oʻquvchilar uchun organik kimyoda eng yoqimli tushuncha qaysi? Hozirgi vaqtda ularning koʻpchiligi bu mavzuda qarama-qarshi fikrga ega, ammo hech kim elektromanfiylik degan javobga qarshi boʻlmasa kerak. Bu darsda biz elektromanfiylik va uning qutblilikka, molekulalararo taʼsir kuchiga va xossalariga qanday taʼsir etishini bilib olamiz.