Siklogeksatrienning boshqa nomi “yoqimli hidli” ekanini bilasizmi? Bu mavzuda Salmon va Jay benzol hosilalarini qanday nomlashni oʻrgatadi, baʼzi xushboʻy hidli siklik birikmalar pirotexnika vositalari va plastiklarni ishlab chiqarishda ham qoʻllanadi.
Bu mavzuda Salmon va Jay aromatik barqarorlik nazariyasini tushuntiradi va birikma yoki ionda aromatiklik xususiyati bor yoki yoʻqligini qanday qilib aniqlashni koʻrsatib beradi. MO nazariyasidan foydalangan holda.
Bu mavzuda Jay bizga benzol halqasidagi oʻrinbosarlarning yoʻnaltirish qoidasini koʻrsatib beradi. Buning uchun u elektrofil aromatik almashinish reaksiyasidan foydalanadi.
Bu mavzuda Jay benzol hosilalarining bir qancha reaksiyalari haqida aytib beradi hamda benzol halqasida almashinish natijasida hosil boʻladigan birikmalarni qanday sintez qilishni koʻrsatib beradi.
Aromatik birikmalardagi elektron tuzilishning oʻziga xosligi unga oʻzgacha reaksion qobiliyatni beradi! Biz ushbu mavzuda benzol hosilalarining nomlanishini, aromatik birikmalarning barqarorligini, aromatik elektrofil oʻrin almashinish va aromatik nukleofil oʻrin almashinishni koʻrib chiqamiz.