Asosiy kontent
Boʻlim: Spirtlar, oddiy efirlar, epoksidlar, sulfidlar
U sizning yaralaringizni tozalashi yoki jigaringizni ishdan chiqarishi mumkin. Baʼzi dinlarda bu man etilgan, boshqalar esa uni oʻzlarining marosimlarida ishlatadi.
Bu boʻlimda Salmon va Jay spirt guruhlari saqlagan molekulalarni qanday nomlashni va ularning xossalarini muhokama qiladi.
Oʻrganish
Bu mavzuda Jay bizga natriy borogidridi, litiy alyuminiy gidrid va grinyar reaktivi yordamida qanday qilib spirtlarni olish mumkinligini koʻrsatib beradi.
Oʻrganish
Bu mavzuda Jay bizga spirtlarni oksidlash jarayonini, Jons reagentidan foydalangan holda oksidlash mexanizmini koʻrsatib beradi, shu bilan birga, spirtlardan nitrat efirlar olish mumkinligini va spirtlardan alkil galogenidlar olish jarayonini namoyish qiladi. Bundan tashqari, biokimyoviy redoks reaksiyalari ham muhokama qilinadi.
Oʻrganish
Bu mavzuda Salmon va Jay efirlarni nomlaydi va ularning fizik xossalarini muhokama qiladi.
Bu mavzuda Jay bizga qanday qilib Vilyamson reaksiyasidan foydalangan holda efirlar olishni va kislotalar efir bogʻlarni qanday qilib parchalashini koʻrsatib oʻtadi.
Ushbu mavzuda Salmon va Jay epoksidlarni nomlaydi. Jay epoksidlarning olinishini va unda sodir boʻluvchi reaksiyalarning fazoviy borishini koʻrsatib beradi.
Bu mavzuda Salmon va Jay epoksidlarning SN1 va SN2 halqa ochilishi bilan boradigan reaksiyalarini koʻrsatib beradi.
Bu mavzuda Jay qanday qilib tiollardan sulfidlar olishni koʻrsatib beradi.