If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Unit 7: Spirtlar, oddiy efirlar, epoksidlar, sulfidlar

Boʻlim haqida

Spirtli va tiol guruhlari fermentlash reaksiyalaridan boshlab to egiluvchan kontakt linzalarini ishlab chiqarishgacha boʻlgan sohalarda qoʻllanadigan muhim funksional guruhlardan hisoblanadi. Biz kislorodli va oltingugurtli birikmalarning nomlarini koʻrib chiqamiz. Shundan soʻng spirtlar, oddiy efirlar, epoksidlar, tiollar va sulfidlarning reagent va mahsulot sifatida ishtirok etadigan reaksiyalarini oʻrganishga tayyor boʻlamiz.
U sizning yaralaringizni tozalashi yoki jigaringizni ishdan chiqarishi mumkin. Baʼzi dinlarda bu man etilgan, boshqalar esa uni oʻzlarining marosimlarida ishlatadi. Bu boʻlimda Salmon va Jay spirt guruhlari saqlagan molekulalarni qanday nomlashni va ularning xossalarini muhokama qiladi.
Bu mavzuda Jay bizga qanday qilib Vilyamson reaksiyasidan foydalangan holda efirlar olishni va kislotalar efir bogʻlarni qanday qilib parchalashini koʻrsatib oʻtadi.
Bu mavzuda Jay qanday qilib tiollardan sulfidlar olishni koʻrsatib beradi.