If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Urugʻlanish va rivojlanish haqida takrorlash

Asosiy atamalar

AtamaTaʼrif
GametaJinsiy hujayralar. Erkaklarda spermatozoidlar; ayollarda tuxum hujayra
UrugʻlanishErkak va urgʻochi gameta qoʻshilib, yangi hujayra hosil qilishi bilan kechadigan jinsiy koʻpayish jarayoni
ZigotaUrugʻlanishdan hosil boʻlgan hujayra
Diploid (2n)Bir juft gomologik xromosomalar toʻplamiga ega boʻlgan hujayra
Gaploid (n)Faqat bir guruh genlar toʻplamiga ega boʻlgan hujayra
ApoptozDasturlashtirilgan hujayra oʻlimi
DifferensiatsiyaHujayralarning tuzilish va funksiya jihatdan ixtisoslashish jarayoni

Odamlarda urugʻlanish va rivojlanish

Urugʻlanish bu gaploid hujayralarning qoʻshilib, zigota deb ataluvchi diploid hujayra hosil qilish jarayonidir. Har bir zigotadagi xromosomalar soni toʻgʻri miqdorda boʻlishi uchun bitta tuxum hujayrasi bilan faqat bitta spermatozoid qoʻshila oladi.

Odamning rivojlanish bosqichlari

  1. Zigota bosqichi: zigota erkak gametasi (spermatozoid) va ayol gametasi (tuxum hujayra) oʻzaro qoʻshilganda hosil boʻladi.
  2. Blastosista bosqichi: bir hujayrali zigota boʻlinib, zich hujayralar toʻplamiga aylana boshlaydi. Keyin u ichi boʻsh blastosistaga aylana boshlaydi va ona bachadoniga yopishadi.
  3. Embrional bosqich: asosiy ichki aʼzolar va tashqi belgilar shakllana boshlaydi va embrion hosil boʻladi. Ushbu bosqichda yurak, miya va umurtqa pogʻonasi koʻrina boshlaydi, oyoq va qoʻllar rivojlanadi.
  4. Xomila bosqichi: embrionning asosiy aʼzolari hosil boʻlib, oʻsa boshlagach u homila deb ataladi. Tuzilmalarning differensiatsiyasi va ixtisoslashishi ushbu bosqichda sodir boʻladi.
Zigotaning blastosista, embrion va homila bosqichlarida rivojlanishini koʻrsatuvchi sxema.

Differensiatsiya va apoptoz

Rivojlanish mobaynida boʻlinish natijasida hujayralar soni ortib boradi va shuning hisobiga tana oʻqlari, toʻqimalari, organlari va boshqa tarkibiy qismlari shakllanib boradi. Hujayra differensiatsiyasi orqali individual hujayralar oʻz tarkib va vazifalarida ixtisoslashib boradi.
Muhim tuzilmalar rivojlanishi uchun keraksiz hujayralar yoʻq qilinishi ham zarur. Bu hodisa apoptoz jarayonida kechadi. Misol uchun, odam qoʻli eshkaksimon tuzilma shaklida paydo boʻladi. Soʻngra rivojlanayotgan barmoqlar orasidagi hujayralar apoptoz natijasida oʻla boshlaydi va barmoqlar “oʻyish” yoʻli bilan hosil boʻladi.
Rivojlanayotgan sichqon panjasi tasvirlangan rasm. Barmoqlar orasidagi apoptozga uchragan hujayralar alohida belgilangan.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Odamlarda urugʻlanish fallopiy naychalari (bachadon naylari)da kechadi. Koʻpchilik urugʻlanish qinda kechadi deb oʻylaydi, lekin bu fikr notoʻgʻri. Spermatozoid qinga tushgach, u bachadon boʻyni boʻylab bachadonga tushadi va fallopiy naychasiga boradi. Agar spermatozoid tuxum hujayrani teshib kira olsa, urugʻlanish sodir boʻladi.
  • Rivojlanish oldindan belgilangan. Odamlar rivojlanishining erta bosqichi barchada bir xil kechsa-da, keyinroq paydo boʻladigan belgilar ham genlar tomonidan belgilangan. Misol uchun, xomilaning jinsi, garchi jinsiy belgilar kechroq rivojlansa-da, uning jinsi allaqachon ota-onasidan bittadan X xromosoma yoki onasidan X va otasidan Y xromosoma olganiga qarab belgilanib boʻlgan boʻladi.