Asosiy kontent
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 4
Lesson 2: Xromosoma strukturasi va uning soniXromosoma tuzilishi va uning soni haqida takrorlash
Asosiy atamalar
Atama | Maʼnosi |
---|---|
Genom | Organizm DNKsidagi barcha genetik maʼlumotlar yigʻindisi |
Xromosoma | Genetik maʼlumotni oʻzida saqlovchi DNK va oqsildan iborat ipsimon tuzilma |
Gomologik xromosomalar | Bir xil oʻlcham, shakl va tuzilishga ega xromosomalar |
Diploid (2n) | Gomologik xromosomalar juftiga ega hujayra |
Gaploid (n) | Juft genning faqat bittasiga ega hujayra |
Jinsiy xromosoma | Organizm jinsini belgilovchi xromosomalar (X yoki Y |
Autosoma | Jinsiy boʻlmagan xromosoma |
Kariotip | Diploid toʻplamli xromosomalarning juft holati tasvirlangan rasm |
DNK va xromosomalar
Hujayradagi DNK toʻplami genom deb ataladi. Bitta tur tarkibiga kiruvchi organizmlar oʻxshash genomga ega.
Koʻp prokariotlarda halqasimon DNK uchraydi va u sitoplazmada joylashgan.
Eukariot DNK yuqori darajada tuzilgan boʻlib, xromosomalar shaklida boʻladi. Bu xromosomalar yadroda joylashgan.
Xromosoma soni
Har xil turlar turli xil sondagi xromosoma toʻplamiga ega. Masalan, odam tana hujayralarida diploid (2n) 46 ta xromosoma boʻladi. Bu xromosomalar 23 ta juftlikka boʻlinadi: 22 tasi autosoma va 1 tasi jinsiy xromosoma.
Odamdagi jinsiy hujayralar gaploid(n) boʻlib, har bir gomologik xromosoma juftining bittasiga ega. Shu sababli jinsiy hujayralar urugʻlanish jarayonida qoʻshilib diploid toʻplamli hujayra hosil qiladi.
Organizmdagi barcha xromosomalar toʻplamini hujayra boʻlinayotgan vaqtda tasvirga olish mumkin. Bu tasvirlar keyin kariotip hosil qilish uchun tartiblanadi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Eukariot xromosomalar ikkita qiz xromatidalaridan iborat. Qiz xromatidalar bir-biriga oʻxshash boʻlib, oʻzaro sentomera orqali birikkan boʻladi. Bu hujayra boʻlinish vaqtida xromosomalarning ajralishi uchun muhim hisoblanadi. Qiz xromatidalar sentromera orqali birikkan paytda ular bitta xromosoma deb qaraladi (X tuzilishli). Lekin hujayra boʻlinayotgan vaqtda ular bir-biridan ajralib, mustaqil xromosomalarga aylanadi.
- Xromosomalar, DNK, genlar va genom oʻzaro farqli tushunchalardir. Baʼzida bu tushunchalar ajratib boʻlmaydigandek tuyuladi, lekin ular aslida bir xil tushuncha emas. DNK tirik organizmlardagi genetik materialning birligidir. DNKning uzun boʻlagi xromosomani hosil qiladi. Bu xromosomalardagi maxsus oqsillarni kodlaydigan qismlar gen deb ataladi. Organizmdagi barcha xromosomalar uning genomini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, DNKdan gen, gendan xromosoma, xromosomadan esa genom hosil boʻladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.