If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Boʻlim: Koʻpayish va hujayra boʻlinishi

Jinsiy va jinssiz koʻpayish hamda dengiz yulduzi qoʻl-oyoqlarini qanday qilib qayta oʻstirishi haqida bilib oling.
Tasavvur qiling, tirsagingizni tirnab oldingiz. Oh! Biroz noqulay boʻlishidan tashqari, siz bir qancha teri hujayralarini ham yoʻqotdingiz. Qanday qilib tanangiz zarar koʻrgan yoki yoʻqotilganlarini almashtirish uchun yangi hujayralar hosil qiladi? Qolgan hujayralardan ayrimlari yangi, sogʻlom hujayralarni hosil qilish uchun boʻlinishi (mitozga uchrashi) mumkin. Mitoz va hujayralarning qanday boʻlinishi haqida koʻproq bilib oling.
Inson tanasining oddiy hujayralari ikkita toʻliq xromosoma toʻplamiga ega boʻlgan bir vaqtda, urugʻ va tuxum hujayralari faqatgina bitta xromosoma toʻplamiga ega boʻladi. Oddiy tana hujayrasi qanday qilib urugʻ yoki tuxum hujayrasini hosil qiladi? Javob meyoz deb ataluvchi ikki bosqichli boʻlinish jarayoni bilan bogʻliq. Meyoz va u odamlarda (va boshqa jinsiy koʻpayuvchi organizmlarda) genetik oʻzgarishlarga qanday hissa qoʻshishi haqida koʻproq bilib oling.
Qanday qilib tanangiz burningizdagi hid retseptorlaridan tortib jigaringizning detoksifikatsiya qiluvchi hujayralari singari koʻp va xilma-xil hujayralarni oʻzida qamrab oladi? Rivojlanish jarayonida hujayralar qanday ixtisoslashishini bilib oling.
Koʻpayish va hujayra boʻlinishi mavzularni qanday tushunganingizni ushbu 9 savolga javob berib sinab koʻring.

Boʻlim haqida

Barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayralar mitoz yoʻli orqali qanday boʻlinishi, hujayra siklining qay yoʻsinda boshqarilishi va meyoz haqida bilib oling.
Biology is brought to you with support from the Amgen Foundation