Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 8
Lesson 3: Skelet-mushak tizimi- Skeletning tuzilishi va funksiyasi
- Togʻay
- Boylamlar, paylar va boʻgʻimlar
- Mushaklarning uch turi
- Skelet mushaklarining hujayra tuzilishi
- LeBron soʻradi: basketbol toʻpini otayotganda qaysi mushaklarni ishlatamiz?
- Skelet-mushak tizimi. Takrorlash.
© 2023 Khan AcademyFoydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiCookie Notice
Skelet-mushak tizimi. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Termin | Izoh |
---|---|
Skelet-muskul sistemasi | Tananing tutib turilishi, barqarorligi, shakli va harakatini taʼminlaydi |
Boʻgʻim | Ikki yoki undan ortiq suyaklar birikadigan qism |
Togʻay | Boʻgʻimlar orasida mavjud boʻladigan sof biriktiruvchi toʻqima turi |
Boylamlar | Boʻgʻimlarda suyakni suyakka bogʻlovchi biriktiruvchi toʻqima turi |
Paylar | Muskulni suyakka bogʻlovchi biriktiruvchi toʻqima turi |
Ixtiyoriy muskul | Ongli ravishda harakatlantiriladigan muskul |
Ixtiyorsiz muskul | Avtonom nerv sistemasi tomonidan boshqariladigan muskul (ongli ravishda emas) |
Koʻndalang targʻil muskul | Tolali tarkibi tufayli chiziqli koʻrinishga ega boʻlgan muskul toʻqimasi |
Skelet-muskul sistemasi
Skelet-muskul sistemasida muskul va skelet sistemalari tanani ushlab turish va harakatlantirish vazifalarini bajaradi.
Skelet sistemasining suyaklari tana aʼzolarini himoya qilish, tananing ogʻirligini taʼminlash va tanaga shakl berish uchun xizmat qiladi. Muskullar tizimining mushaklari bu suyaklarga birikib, tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi.
Odam skeleti
Odam skeleti bir nechta asosiy funksiyalarni bajaradi. U ichki organlarni himoya qiladi, tanani ushlab turadi, shakl beradi va harakatlantiradi.
Shuningdek, baʼzi suyaklarning koʻmigi qon hujayralarini ishlab chiqarish joyidir.
Skelet
Odam skeleti ikkita qismga boʻlinadi: aksial va appendikulyar.
Aksial skelet oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- bosh miyani himoya qiluvchi va yuz strukturasini hosil qiluvchi kalla suyagi
- orqa miyani oʻrab turuvchi, himoya qiluvchi va boshni ushlab turuvchi umurtqa pogʻonasi
- koʻkrak ichidagi organlarni (oʻpkalar va yurak) oʻrab turuvchi va himoya qiluvchi koʻkrak qafasi
Appendikulyar skelet oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- yelka kamari
- qoʻl va oyoqning erkin suyaklari
- oyoq kamari (chanoq suyaklari)
Boʻgʻimlar, togʻay, boylamlar va paylar
Muskul-skelet sistemasida tananing tuzilishi va uning harakatlanishini taʼminlaydigan biriktiruvchi tuzilmalar va toʻqimalar mavjud.
Togʻay ishqalanishni kamaytirish uchun amortizator sifatida ishlaydi. Boylamlar boʻgʻimlarni barqarorlashtirishga yordam beradi va uning harakatlanish doirasidan tashqariga chiqishiga toʻsqinlik qiladi. Paylar skelet sistemasini muskul sistemasiga suyaklarni muskullarga biriktirish orqali bogʻlaydi. Muskullar qisqarganda pay suyakka taʼsir qiladi, bu esa harakatga sabab boʻladi.
Boʻgʻimlar ikki yoki undan ortiq suyaklar birikadigan nuqta boʻlib, ular harakatsiz (biriktirilgan), cheklangan harakatli va erkin harakatli boʻlishi mumkin.
Muskullar
Tanada uchta turdagi muskul toʻqimasi mavjud: skelet muskuli, silliq muskul va yurak muskuli.
Skelet muskuli ixtiyoriy harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega hisoblanadi. Bu turdagi muskullar suyaklarga birikadi va ongli harakatni boshqaradi. Silliq muskul beixtiyor harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega emas. U tananing kovak organlarida, masalan, oshqozon, ichak va qontomirlar atrofida boʻladi. Yurak muskuli beixtiyor harakatlanadigan va koʻndalang targʻil tuzilishga ega hisoblanadi. U faqat yurakda joylashgan va butun tanadagi qonni haydashga yordam berishga ixtisoslashgan.
Muskulning qisqarishi
Muskul tolasi nerv sistemasidan signal olganda miozin filamentlari qoʻzgʻalib, aktin filamentlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu tolalar ichidagi sarkomerlarni qisqartiradi, bu esa ularning qisqarishiga olib keladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.