Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 8
Lesson 2: Qon aylanish va nafas olish tizimlariNafas olish sistemasi. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Mazmuni |
---|---|
Nafas tizimi | Tana va tashqi muhit orasidagi gaz almashinuviga javobgar tizim |
Halqum (tomoq) | Ogʻiz/burunni qiziloʻngachga tutashtiruvchi nay |
Hiqildoq (ovoz apparati) | Halqum va kekirdak (traxeya) orasida yoʻl hosil qiluvchi nay |
Traxeya | Hiqildoqni oʻpka bronxlariga tutashtiruvchi nay |
Bronxlar | Traxeyadan ajraladigan toʻqima shoxlari |
Bronxiola | Bronxdan hosil boʻluvchi havo yoʻli |
Alveolalar | Oʻpkaning gaz almashinuvi sodir boʻluvchi tuzilmalari |
Diafragma | Oʻpkalar ostida yotgan, nafas olish/chiqarishda ishtirok etuvchi koʻkrak muskuli |
Nafas olish tizimi
Fiziologik nafas olish jarayoni ikkita yirik qismdan: tashqi nafas olish va ichki nafas olishdan iborat. Tashqi nafas olish oʻpkaga havoni soʻrib olish (nafas olish) va havoni tashqariga chiqarish (nafas chiqarish)ni oʻz ichiga oladi. Ichki nafas olish davomida qontomirlar va hujayralar orasida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi yuz beradi.
Nafas olish jarayonida kislorodga boy havo burun yoki ogʻizdan boshlanib, halqum, hiqildoq va traxeyaga oʻtkaziladi. Traxeya oʻpka ichida shoxlanadigan ikkita bronxga boʻlinib ketadi. Har bir bronx maydaroq bronxlarga va yanada kichikroq naychalar – bronxiolalarga shoxlanadi. Bronxiolalar oxirida alveolalar deb nomlangan havo xaltachalari bor. Ularda gaz almashinadi.
Nafas tizimining muhim tuzilmasi – bu diafragma. Diafragma qisqarganda u tekislanadi va oʻpkalar kengayib, ularning ichiga havo kiradi. U boʻshashganida havo sizib chiqadi, oʻpkalar puchayadi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Fiziologik nafas va hujayra nafasi bir xil emas. Baʼzan “nafas olish” atamasi uglevodlar energiyaga aylantiriladigan hujayra nafasiga nisbatan qoʻllanadi. Bu ikkala jarayon bir-biriga aloqador, ammo ular boshqa-boshqa tushunchalar.
- Biz faqatgina kislorodni yutmaymiz yoki faqatgina uglerod dioksidni ajratib chiqarmaymiz. Baʼzida “kislorod” va “havo” atamalari bir-birining oʻrnida qoʻllanadi. Shunisi maʼlumki, biz nafas oladigan havodagi kislorod biz chiqaradigan havodagi kisloroddan koʻproq boʻladi, karbonat angidridda teskarisi: nafas bilan chiqarilgan havoda uning miqdori olingan havodagidan koʻproq. Biroq biz nafas oladigan havoda kislorod aniqlangan gazlardan bittasi, xolos. (Aslida havoda kisloroddan koʻra azot koʻproq!)
- Nafas olish tizimi kislorodning tana boʻylab tashilishida yolgʻiz oʻzi faoliyat yuritmaydi. Nafas olish tizimi tanani kislorod bilan taʼminlashda qon aylanish tizimi bilan bevosita bogʻliqlikda ishlaydi. Nafas tizimidan olingan kislorod kislorodga boy qontomirlarda toʻqima va hujayralarga yetkaziladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.