Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Course: Yuqori sinf biologiyasi > Unit 8
Lesson 2: Qon aylanish va nafas olish tizimlariQon aylanish tizimi. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Mazmuni |
---|---|
Qon aylanish tizimi | Qon, oziq moddalar va qoldiq mahsulotlarni tana boʻylab tashuvchi tana sistemasi |
Kardial | Yurakka oid |
Pulmonal | Oʻpkaga oid |
Arteriya | Yurakdan qonni olib ketuvchi qontomir |
Vena | Yurakka qon olib keluvchi qontomir |
Aorta | Katta qon aylanish doirasiga qonni yetkazib beruvchi yirik arteriya |
Kapillyar | Oziq moddalar almashinuvini amalga oshiruvchi kichik qontomir |
Boʻlmacha | Yurakning yuqorigi kamerasi |
Qorincha | Yurakning pastki kamerasi |
Qon aylanish tizimi
Qon aylanish tizimi – qon, qontomirlar va yurakdan tashkil topgan tarmoq. Bu tarmoq tanadagi toʻqimalarni kislorod va oziq moddalar bilan taʼminlaydi, gormonlarni tashiydi va keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlaydi.
Yurak
Yurak maxsus yurak mushak toʻqimasidan tuzilgan boʻlib, u yurakning qon aylanish tizimida nasos kabi ishlashiga imkon beradi.
Inson yuragi toʻrtta kameraga boʻlingan. Yurakning har ikkala tomonida bittadan boʻlmacha va qorincha joylashgan. Boʻlmachalar qonni qabul qiladi, qorinchalar esa qonni haydab chiqaradi.
Odam qon aylanish tizimiga quyidagi doiralar kiradi:
- Kichik qon aylanish doirasi yurak va oʻpkalar orasidagi qon oqimini vujudga keltiradi.
- Katta qon aylanish doirasi odam tanasining barcha qismiga qonning borishini va yurakka qaytib kelishini taʼminlaydi.
- Koronar (tojsimon) doira qatʼiy ravishda yurakni qon bilan taʼminlaydi (quyidagi chizmada koʻrsatilmagan).
Qon va qontomirlar
Yurakdan chiqqan qon butun tanaga qontomirlar orqali tarqatiladi. Arteriyalar qonni yurakdan olib chiqib, kapillyarlarga yetkazadi, shu yoʻl bilan ular toʻqima va hujayralarni kislorod (va boshqa oziq moddalar) bilan taʼminlaydi. Kislorodni yoʻqotgandan soʻng, qon oʻpkaga qaytadi, u yerda kislorodga toʻyinadi va venalar orqali yurakka quyiladi.
Katta qon aylanish doirasining birlamchi arteriyasi aorta boʻlib, u boshqa arteriyalarga shoxlanadi va qonni tananing turli sohalariga yetkazib beradi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Arteriyalar doimo kislorodga boy qonni va venalar doimo kislorodga toʻyinmagan qonni tashiydi. Bu koʻp holatlarda toʻgʻri. Ammo oʻpka arteriyalari va venalari bu qoidadan mustasno. Oʻpka venalari kislorodga toʻyingan qonni yurakka olib boradi, oʻpka arteriyalari esa, aksincha, kislorodga toʻyinmagan qonni yurakdan olib ketadi.
- Qon har doim qizil rangda. Teri orqali qaraganimizda venalar koʻk rangda koʻrinishi mumkin va bunga asoslanib baʼzi kishilar kislorodga toʻyinmagan qon koʻk rangda boʻladi deb oʻylaydi. Biroq bu toʻgʻri emas. Qon faqatgina koʻk rangda koʻrinadi, negaki toʻqimalar yorugʻlikni yutib, bizga ranglarni namoyon etadi. Garchi kislorod qonning yorqinligiga taʼsir koʻrsatsa ham (koʻproq kislorod qon rangi toʻqligini kamaytirib, yorqinroq qizil rangni beradi), qon aslida koʻk rangda emas.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.