If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Tana tuzilishi va gomeostaz haqida takrorlash

Asosiy atamalar

AtamaMazmuni
GomeostazBarqaror, nisbiy doimiy ichki muhitni saqlab turish maqsadida oʻzgarishlarga bardosh berishga intilish
Manfiy qaytar bogʻlanish zanjiriQoʻzgʻatuvchi taʼsirotga qarshi chiqishga qaratilgan qaytar bogʻlanish zanjiri
Musbat qaytar bogʻlanish zanjiriBoshlangʻich signalni kuchaytiruvchi qaytar bogʻlanish zanjiri
HujayraHayotning eng kichik birligi
ToʻqimaOʻziga xos vazifani birgalikda bajaradigan hujayralar guruhidan tuzilgan birlik
OrganMaxsus vazifani amalga oshirish uchun tashkil etilgan, ikki yoki undan ortiq toʻqimalardan tarkib topgan tuzilma
Organlar sistemasiFunksiyasi oʻzaro bogʻliq organlar guruhi

Gomeostazni saqlash

Tana koʻplab omillar gomeostazini saqlab turadi. Ularga tana harorati, qondagi glyukoza miqdori va turli darajadagi pH koʻrsatkichlari kiradi.
Gomeostaz nafaqat tana harorati kabi butun tana darajasida, balki yana koʻplab turli darajalarda saqlab turiladi. Masalan, oshqozon oʻz atrofidagi aʼzolarnikidan farq qiladigan pH koʻrsatkichini saqlaydi va har bir hujayra ham oʻzini oʻrab turgan suyuqlikdagidan farq qiluvchi ionlar konsentratsiyasini saqlab turadi. Har bir darajadagi gomeostazni saqlab turish tana umumiy funksiyalarini bajarishida asos hisoblanadi.

Qaytar bogʻlanish zanjirlari

Gomeostaz odatda turli xususiyatlarning moʻljallangan qiymatlardan chetga chiqishlariga qarshi taʼsir koʻrsatuvchi manfiy qaytar bogʻlanish zanjirlarini oʻz ichiga oladi.
Manfiy qaytar bogʻlanish zanjiriga misol
Tana haroratini ushlab turish manfiy qaytar bogʻlanish zanjiriga misol. Tana harorati koʻtarilsa, uni pasaytiruvchi mexanizmlar ishlaydi va aksincha.
Manfiy qaytar bogʻlanish zanjirlaridan farqli oʻlaroq, musbat qaytar bogʻlanish zanjirlari ularning qoʻzgʻatuvchi taʼsirlarini kuchaytiradi, boshqacha qilib aytganda, ular tizimni boshlangʻich holatidan uzoqlashtiradi.
Musbat qaytar bogʻlanish zanjiriga misol
Mevalarni yetiltirish musbat qaytar bogʻlanish zanjiriga misol boʻladi, yaʼni bunda etilen gazi oʻzi tarqalgan muhitdagi mevaning pishishini tezlashtiradi.

Tana tuzilishi

Tanamizda bir-birining asosida qurilgan tuzilmaviy darajalar mavjud. Hujayralar toʻqimalarni, toʻqimalar organlarni, organlar esa organlar sistemalarini hosil qiladi.
Chapdan oʻngga: yakka mushak hujayrasi, mushak toʻqimasini tashkil etuvchi bir nechta mushak hujayralari, mushak toʻqimasidan iborat organ (siydik pufagi) va buyrak, siydik yoʻli, siydik pufagi va uretradan iborat organ tizimi.
Rasm krediti: Levels of structural organization of the human body OpenStax College, Anatomy & Physiology, CC BY 4.0 tomonidan muvofiqlashtirilgan.
Har bir tashkiliy darajada (hujayralar, toʻqimalar, organlar va organ sistemalari) tuzilish funksiyaga chambarchas bogʻliq.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Manfiy qaytar bogʻlanish tana uchun yomon emas. “Manfiy” soʻzi ishlatilsa ham, bunday qaytar bogʻlanish zanjirlari tana uchun muhim va keraklidir. Bu holatda “manfiy” soʻzi qaytar bogʻlanish zanjiri taʼsir yoki ishoraga qarama-qarshi ishlashini anglatadi, zararli degan mazmunni ifodalamaydi.
  • Gomeostaz faqatgina “jarayonlarni meʼyorda saqlab turadi va tana har doim ham oʻzi uchun eng maʼquli nima ekanini bilmaydi” degani emas. Tana muntazam ravishda oʻz-oʻzini nazorat qiladi va gomeostazni saqlab turish uchun maʼlum mexanizmlar doim ishlab turadi. Ammo baʼzida bu gomeostaz mexanizmlari buzilishi mumkin. Agar zarur shart-sharoitlar tuzatilmasa, kasallik yoki yetishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan, agar tanangizdagi kalsiy miqdori toʻgʻri nazorat qilinmasa va juda kamayib ketsa, sizda gipokalsiemiya rivojlanishi mumkin.