Agar siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, saytimizga tashqi resurslarni yuklashda muammolarga duch kelmoqdamiz.

If you're behind a web filter, please make sure that the domains *.kastatic.org and *.kasandbox.org are unblocked.

Asosiy kontent

Filogeniya. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaTaʼrif
FilogeniyaTur yoki turlar guruhining evolyutsion ajdodlarini oʻrganish
Umumiy ajdodIkki yoki undan ortiq avlod turlar kelib chiqqan umumiy ajdod
Filogenetik daraxt (kladogramma)Organizmlar orasidagi evolyutsion aloqani koʻrsatuvchi diagramma

Filogeniya

Filogeniya olimlarga tur yoki boshqa guruhlarning umumiy ajdodlardan qanday qilib rivojlanganini tushunish va ifodalashga yordam beradi.

Filogenetik daraxtlar

Filogenetik daraxt yoki kladogrammada turlar yoki bizni qiziqtirgan boshqa guruhlar daraxt shoxining uchidan topiladi.
Misol uchun, quyidagi filogenetik daraxtda beshta tur A, B, C, D va E oʻrtasidagi aloqalarni koʻrsatib, ular shoxlarning uchlarida joylashtirilgan:
Filogenetik daraxt. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan oʻzgartirilgan.
Daraxt shoxlarining joylashishi ushbu turlarning umumiy ajdodlar orqali qanday kelib chiqqanligi haqidagi tushunchalarimizni ifodalaydi. Har bir shoxlanish joyida shu shoxlar uchida joylashgan turlarning eng soʻnggi umumiy ajdodi joylashgan.
Filogenetik daraxt va eng soʻnggi umumiy ajdodlar. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan oʻzgartirilgan.
Masalan, A va B turlar kelib chiqqan shoxlanish sohasida ikkala turning eng soʻnggi umumiy ajdodini topishimiz mumkin. Eng chapdagi shoxlanish nuqtasida esa barcha keltirilgan turlarning eng soʻnggi umumiy ajdodini koʻrishimiz mumkin.
Barcha filogenetik daraxtlar bir xil emas. Xuddi pastda chap tomonda keltirilgandek, ayrimlari bloksimon tuzilgan. Boshqalari esa oʻng tomonda keltirilgan kabi diagonal tuzilgan. Bloksimon daraxtda keltirilganidek, filogenetik daraxtlar vertikal yoki gorizontal joylashgan boʻlishi mumkin. Filogenetik daraxtning yoʻnalishi undagi maʼlumotni oʻzgartirmaydi.
Filogenetik daraxt turlari. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan oʻzgartirilgan.

Qarindoshlik

Filogenetik daraxtdagi turlar qanchalik koʻp umumiy ajdodga ega boʻlsa, ular shunchalik yaqin qarindosh, qanchalik kamroq umumiy ajdodga ega boʻlsa, shunchalik uzoq qarindosh boʻladi.
Har qanday bir juft tur yoki guruhning yaqin yagona ajdodini topish uchun ikkita tur tugagan shoxdan “orqaga qarab yuriladi” va shu ikki turni birlashtiruvchi chiziq toʻqnashadigan nuqtani topguncha davom etiladi.
Filogenetik daraxtdan foydalanib qarindoshlik darajasini solishtirish. Rasm OpenStax, CC BY 4.0 dan oʻzgartirilgan.
Masalan, A va B turlar B va C turlardan koʻra yaqin qarindosh ekanini aniqlash uchun ikkala juftlikning chiziqlari boʻylab orqaga qarab yura boshlaymiz. A va B birinchi boʻlib uchrashadi, bu esa ularning B va C juftlikdan koʻra yaqinroq qarindosh ekanini koʻrsatadi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Filogenetik daraxtlar qarindoshlik haqidagi gipotezalardir. Hozir mavjud organizmlar qadimgi ajdodlardan kelib chiqqanini bilsak-da, ular qaysi tartibda kelib chiqqanligini faqat mavjud maʼlumotlar asosida taxmin qila olamiz. Maʼlum organizmlar guruhi haqida qanchalik koʻp maʼlumot toʻplasak, ularning filogenetik daraxtlari shunchalik aniqlashib boradi.
  • Filogenetik daraxtlar faqatgina jismoniy belgilarga asoslangan emas. Filogenetik daraxtni tuzish uchun olimlar ikkita tur yoki boshqa organizm guruhlarining koʻplab belgilarini solishtirib, tahlil qiladi. Ushbu belgilar tashqi va ichki jismoniy belgilarni oʻz ichiga olsa-da, ularga xulq-atvor va DNK ketma-ketligi ham kiradi.