Agar siz ushbu xabarni oʻqiyotgan boʻlsangiz, demak, saytimizga tashqi resurslarni yuklashda muammolarga duch kelmoqdamiz.

If you're behind a web filter, please make sure that the domains *.kastatic.org and *.kasandbox.org are unblocked.

Asosiy kontent

Fotosintez. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TushunchaMaʼnosi
FotosintezOʻsimliklar, suv oʻtlari va baʼzi bakteriyalar yorugʻlik energiyasini shakar shaklida kimyoviy energiyaga aylantiradigan jarayon
FotoavtotrofYorugʻlik energiyasidan foydalangan holda oʻzi uchun ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqaradigan organizmlar (oʻsimliklar kabi)
ATFTirik organizmlarda asosiy energiya tashuvchisi boʻlgan adenozin trifosfat
XloroplastFotosintez jarayoni sodir boʻladigan oʻsimlik hujayra tuzilmalari
TilakoidXloroplast ichidagi diskka oʻxshash tuzilmalar boʻlib, yorugʻlikni absorbsiyalashga yordam beradi
GranaXloroplastdagi tilakoidlarning taxlamlari
XlorofillYorugʻlik energiyasini oʻzlashtiradigan va uglevodlarni hosil qiladigan tilakoid tarkibidagi pigment
StromaGrana atrofidagi suyuqlik bilan toʻlgan boʻshliq

Fotosintez reaksiyasi

Fotosintez jarayonida fotoavtotroflar glyukoza va kislorod hosil qilish uchun quyosh energiyasidan, karbonat angidriddan va suvdan foydalanadi.
Fotosintezning umumiy tenglamasi quyidagicha:

Fotosintez bosqichlari

Fotosintezda ikkita asosiy bosqich mavjud: yorugʻlikka bogʻliq reaksiyalar va Kalvin sikli (qorongʻilik bosqichi).
BosqichJoylashuvHodisalarQuyosh nuri kerakmi?
Yorugʻlikka bogʻliq reaksiyalarTilakoid membranasiYorugʻlik energiyasi xloroplastlar tomonidan ushlanib, ATF shaklida saqlanadiHa
Kalvin sikliStromaATF oʻsimlik oʻsishi va hayoti uchun ishlatadigan shakarni hosil qilishga sarflanadiYoʻq
Manba: OpenStax College, Biology CC BY 3.0ʼning “Overview of photosynthesis: Figure 6” (Fotosintez haqida umumiy maʼlumotlar: 6-rasm) nomli grafik materiali moslashtirib olindi.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Fotosintez va hujayraviy nafas olish deyarli qarama-qarshi jarayonlardir. Ularning tenglamalariga nazar tashlaydigan boʻlsak, ular faqat yutiladigan yoki chiqarilayotgan energiya shaklida farqlanadi. Biroq ular shunchaki bir-birining teskari shakli emas, chunki har biri oʻzining alohida bosqichlarida amalga oshadi.
  • Oʻsimliklar yashil rangga ega, chunki xlorofill yashil nurni aks ettiradi. Koʻpchilik xlorofillni yashil deb biladi, chunki u yashil nurni yutadi va undan foydalanadi. Biroq bu unday emas. Biz koʻrgan rang aslida aks ettirilgan nurning rangidir. Shuning uchun xlorofil qizil va koʻk nurni oʻzlashtirganda ham yashil nurni aks ettiradi.