If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Passiv transport. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TushunchaMaʼnosi
Passiv transportEnergiya talab qilinmaydigan transport turi
Konsentratsiya gradiyentiModdaning konsentratsiyasi oʻzgaradigan borliq qismi
OʻtkazuvchanlikModdaning u orqali oʻtishiga imkon beradigan membrana xususiyati
MuvozanatBir moddaning borliqda teng ravishda taqsimlanishi

Passiv transport turlari

Diffuziya

Diffuziya paytida moddalar yuqori konsentratsiyali joydan past konsentratsiyali joyga umumiy konsentratsiya teng boʻlgunga qadar harakatlanadi.
Rasmda plazmatik membranadagi diffuziya hodisasi koʻrsatilgan. Dastlab molekulalarning konsentratsiyasi plazmatik membrananing tashqi tomonida yuqori boʻladi. Plazmatik membrananing ikkala tarafida molekulalar konsentratsiyasi tenglashmagunga qadar molekulalarning tashqaridan ichkariga natijaviy harakati sodir boʻladi.
Rasm manbasi: OpenStax Biology, Mariana Ruiz Villarealning modifikatsion ishi.
Bu hujayralarga kiradigan va hujayradan chiqadigan baʼzi moddalar uchun ham amal qiladi. Hujayra membranasi yarimoʻtkazuvchan boʻlganligi sababli u orqali karbonat angidrid va kislorod kabi kichik, zaryadlanmagan molekulalar osonlikcha harakatlanishi mumkin. Zaryadlangan ionlar yoki katta molekulalar har xil transport turlarini talab qiladi.

Yengillashtirilgan diffuziya

Gazlar hujayra membranasining fosfolipidlari orasida oson tarqalishiga qaramay, koʻpgina qutbli yoki zaryadlangan moddalar (masalan, xlorid) diffuziya boʻlishi uchun membrana oqsillarining yordamiga muhtoj boʻladi. Membrana oqsillari oqsil kanallari yoki tashuvchi oqsillar boʻlishi mumkin.
Ushbu moddalar uchun konsentratsiya gradiyenti mavjud boʻlsa ham, ularning zaryadlanishi yoki qutblanishi hujayra membranasining gidrofobik markazidan oʻtishga imkon bermaydi. Yengillashtirilgan diffuziya orqali tashiladigan moddalar konsentratsiya gradiyenti boʻyicha harakat qiladi, ammo transport oqsillari ular orqali oʻtayotganda ularni gidrofob sohadan himoya qiladi.
Chap tomonda: maʼlum bir molekula membranani kesib oʻtishga imkon beradigan tunnelni tashkil etadigan oqsil kanalining tasviri (konsentratsiya gradiyentidan pastga).
Tashuvchi oqsilning olib oʻtilishi kerak boʻlgan molekulaga birikishi, shaklini oʻzgartirishi va membrananing narigi tomoniga ushbu moddani olib oʻtib, uni oʻzidan ajratishini koʻrsatuvchi surat.
Grafik material Maria Ruiz Villarealning “Hujayra membranasidagi qulaylashtirilgan diffuziya sxemasi”dan oʻzgartirilib olindi (ommaviy domen).

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Hamma narsa ham passiv transport orqali hujayraga kirmaydi. Faqat suv, karbonat angidrid va kislorod kabi eng kichik molekulalar hujayra membranalari orqali erkin harakatlanishi mumkin. Katta molekulalar yoki zaryadlangan molekulalar koʻpincha hujayraga kirishi uchun energiya talab qiladi.
  • Hatto muvozanat yuzaga kelsa ham, zarrachalar hujayra membranasi boʻylab harakat qilishni toʻxtatmaydi. Garchi konsentratsiyalar oʻzgarmasa-da, deyarli bir xil miqdordagi zarralar membranani ikkala yoʻnalishda kesib oʻtadi. Bu moddalar konsentratsiyasida aniq oʻzgarishlar boʻlmasligini anglatadi.