If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Aktiv transport. Takrorlash.

Asosiy atamalar

TushunchaMaʼnosi
Faol transportEnergiya talab qilinadigan transport turi
Konsentratsiya gradiyentiModdaning konsentratsiyasi oʻzgaradigan boʻshliq hudud
ATFTirik organizmlarda asosiy energiya tashuvchisi boʻlgan adenozin trifosfat

Faol transport

Faol transport paytida moddalar gradiyent konsentratsiyasiga nisbatan past konsentratsiyali zonadan yuqori konsentratsiya zonasiga oʻtadi. Ushbu jarayon “faol”, chunki u energiya sarflashni talab qiladi (odatda ATF shaklida). Bu passiv transportga teskari jarayon.
Grafik material manbasi: OpenStax Biology, Mariana Ruiz Villarealning modifikatsion ishi.
Faol transport ATF gidrolizi kuzatilganda konformatsiyasini oʻzgartiradigan tashuvchi oqsillarning yordamiga muhtoj.

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Faol transport yengillashtirilgan diffuziya bilan bir xil emas. Faol transport va yengillashtirilgan diffuziya transportda yordam berish uchun oqsillardan foydalanadi. Ammo faol transport konsentratsiya gradiyentiga qarshi ishlaydi, moddalarni past konsentratsiyali joylardan yuqori konsentratsiya joylariga oʻtkazadi. Bundan tashqari, ular ishlatadigan oqsil turlari har xil. (Pastga qarang.)
  • Faol transportda kanal oqsillari emas, balki tashuvchi oqsillar ishlatiladi. Ushbu tashuvchi oqsillar yengillashtirilgan diffuziyada foydalaniladigan oqsillardan farq qiladi, chunki ular konformatsiyani oʻzgartirish uchun ATFga muhtoj. Oqsil kanallari faol transportda ishlatilmaydi, chunki moddalar ular orqali faqat konsentratsiya gradiyenti boʻyicha harakatlanadi.