If you're seeing this message, it means we're having trouble loading external resources on our website.

Agar veb-filtrlardan foydalanayotgan boʻlsangiz *.kastatic.org va *.kasandbox.org domenlariga ruxsat berilganligini tekshirib koʻring.

Asosiy kontent

Osmos va toniklik. Takrorlash.

Asosiy atamalar

AtamaTaʼrif
Passiv transportKechishi uchun energiya talab qilmaydigan transport turi
OsmosSuvning yarimoʻtkazuvchi membrana orqali konsentratsiyasi past eritmadan konsentratsiyasi baland eritma tomon harakatlanishi
TaranglikOsmos yoʻli orqali hujayra tashqarisidagi suyuqlikning suvni hujayra ichiga va hujayradan tashqariga harakatlantirish qobiliyati

Osmos

Osmos passiv transport jarayoni boʻlib, unda suv yarimoʻtkazuvchi membrana orqali konsentratsiyasi past eritmadan konsentratsiyasi baland eritma tomon harakatlanadi.
Osmos jarayoni tasviri. Idish yarimoʻtkazuvchan membrana yordamida ikkiga ajratiladi. Chapda (boshlangʻich rasmda) suv sathi ikkala tomonda ham teng, ammo chapdagi muhitda erigan modda zarralari oʻng tomondagi muhitda mavjud erigan modda zarralariga nisbatan kamroq. Oʻng tomonda (yakuniy natija keltirilgan rasm), eritma konsentratsiyasi kam boʻlgan muhitdan eritma konsentratsiyasi yuqori muhitga tomon suvning harakatlangani keltirilgan. Endi chapdagi suv sathi oʻngdagi suv sathidan pastroq, ikki qismdagi erigan konsentratsiyalari esa teng.
Manba: OpenStax Biology

Toniklik va hujayralar

Eritmaning tonikligiEritmaning konsentratsiyasiSuv harakatlanadi...
GipertonikHujayradan koʻra yuqoriroq konsentratsiyaga egaHujayradan tashqariga
IzotonikHujayra konsentratsiyaga tengBir vaqtning oʻzida hujayra ichiga va hujayradan tashqariga
GipotonikHujayradan koʻra pastroq konsentratsiyaga egaHujayra ichiga
Qizil qon tanachasining gipertonik eritmadagi (burushgan), izotonik eritmadagi (normal) va gipotonik eritmadagi (shishgan) koʻrinishi tasvirlangan diagramma.
Manba: Mariana Ruiz Villarreal

Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar

  • Osmosda suyuqlik past konsentratsiyadan yuqori konsentratsiya tomon harakatlanadi. Ammo toʻxtang! Axir osmos passiv jarayon emasmi? Toʻgʻri! Suv konsentratsiya farqi asosida harakatlanadi. Osonroq tushunish uchun suv oʻzining konsentratsiyasi baland tomondan (suyulgan eritma) suv konsentratsiyasi past tomonga (konsentrlangan eritma) harakatlanadi deb aytish mumkin.
  • Gipertonik va gipotonik eritmalar bitta narsa emas. Agar hujayra gipertonik eritmaga solinsa, hujayradan suv chiqib ketadi. Eslab qolish uchun “giperharakatchan” bolalarni koʻz oldingizga keltiring. Aksincha, hujayra gipotonik eritmaga solinsa, suv hujayra ichiga harakatlanadi. Eslab qolish uchun usul: hujayra shishadi va gipodagi “o“ shakliga kirib qoladi.