Asosiy kontent
Yuqori sinf biologiyasi
Unit 3: Lesson 1
Moddalar almashinuvi (metabolizm)ga kirishModdalar almashinuviga kirish. Takrorlash.
Asosiy atamalar
Atama | Taʼrif |
---|---|
Metabolizm | Hujayra ichida kechadigan barcha kimyoviy reaksiyalar yigʻindisi |
Anabolizm | Oddiy molekulalardan murakkab molekulalar sintezlanishi |
Katabolizm | Murakkab molekulalarning oddiy molekulalarga parchalanishi |
Ekzergonik reaksiya | Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiya |
Endergonik reaksiya | Issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiya |
ATF | Adenozin trifosfat, tirik organizmlarning eng asosiy energiya tashuvchisi |
Metabolizm
Metabolizm oʻzaro bogʻliq kimyoviy reaksiyalar guruhidir. U organizmdagi molekulalarni qurish va parchalash oʻrtasidagi muvozanatdir.
Metabolizm turi | Jarayon | Energetik natija | Misol |
---|---|---|---|
Anabolizm | Oddiy molekulalardan murakkab molekulalarning sintezlanishi | Endergonik | Tanada yangi toʻqimalarning hosil boʻlishi |
Katabolizm | Murakkab molekulalarning oddiy molekulalarga parchalanishi | Ekzergonik | Ovqat hazm boʻlishi |
Misollar
Katabolizm: hujayraning nafas olishi
Hujayraviy nafas olish glyukozaning parchalanib, hujayra uchun kerakli energiya ajralishi bilan boradigan katabolik jarayondir.
Hujayraviy nafas olish uchun umumiy tenglama quyidagicha:
start text, C, end text, start subscript, 6, end subscript, start text, H, end text, start subscript, 12, end subscript, start text, O, end text, start subscript, 6, end subscript + 6, start text, O, end text, start subscript, 2, end subscript → 6, start text, C, O, end text, start subscript, 2, end subscript + 6, start text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text + start text, e, n, e, r, g, i, y, a, end text
Barcha katabolik jarayonlar kabi hujayra nafas olishida ham energiya ajralib chiqadi va bu energiyadan hujayradagi boshqa reaksiyalar uchun foydalaniladi.
Anabolizm: fotosintez
Fotosintez oʻsimlik hujayrasida karbonat angidrid va suvdan quyosh nuri yordamida shakar molekulasi ishlab chiqariladigan anabolik jarayondir.
Fotosintezning umumiy tenglamasi quyidagicha:
6, start text, C, O, end text, start subscript, 2, end subscript + 6, start text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text + start text, e, n, e, r, g, i, y, a, end text → start text, C, end text, start subscript, 6, end subscript, start text, H, end text, start subscript, 12, end subscript, start text, O, end text, start subscript, 6, end subscript + 6, start text, O, end text, start subscript, 2, end subscript
Fotosintez jarayonida boshqa anabolik jarayonlar kabi energiya yutiladi va glyukoza sintezlanadi. Hosil boʻlgan glyukozaning bir qismi oʻsimlik ehtiyojlariga sarflanadi, qolgani esa boshqa organizmlar uchun ozuqa boʻlib xizmat qiladi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
- Koʻplab metabolik jarayonlar bir vaqtda kechadi. Tanangizda hozir minglab reaksiyalar bir vaqtning oʻzida kechmoqda. Ular organizm normal hayot kechirishi uchun bir-biri bilan koordinatsiyalanadi va doimiy nazoratda boʻladi.
Muhokamaga qoʻshilmoqchimisiz?
Hozircha izohlar yoʻq.